Mavzu: Xodimlarni boshqarish bo'yicha xorijiy tajriba
Jahon bozoriga kirib borish
Download 0.75 Mb.
|
Xodimlarni boshqarish bo\'yicha xorijiy tajriba
Jahon bozoriga kirib borish
Urush nihoyasiga yetgach, dastlabki yillarda “Toyoda” kompaniyasi oyoqqa turish uchun harakat qiladi. Urushdan keyingi Yaponiyada boshlangan iqtisodiy inqirozdan so‘ng mahalliy aholi “Toyoda” mashinalarini xarid qilishi amri mahol edi. Bularni inobatga olgan Kichiro Toyoda o‘z mashinalarini urushda katta daromad ko‘rgan davlatga, ya'ni Amerika bozoriga olib kirishni rejalashtiradi. Ammo qanday? Kichiro ayyorona usuldan foydalanadi. U Amerikada eng ommalashgan mashinalarni sinchikovlik bilan kuzatadi va ulardagi qulaylikni o‘z mashinalarida joriy etishni boshlaydi. Bu orada kompaniyada kichik o‘zgarish bo‘ladi, aniqrog‘i kompaniya nomidagi “D” harfi “T” harfiga o‘zgartiriladi. Bunga “Toyoda” nomining jarangdorligi, yaponchada yozilishi ham “Toyota”chalik ko‘rimli emasligi sabab bo‘lgan. “Toyota” nomini Yaponiyadagi Katakana alifbosida 8 ta chiziq bilan yozish mumkin edi, 8 raqami esa yaponlarda baxt va omadni bildiradi. Kichironing o‘zi rebrendingni shunday izohlagan. 1956 yilda ishlab chiqarilgan Toyota Crown – Amerikaga eksport qilingan eng birinchi yapon mashinasi bo‘ldi. Amerikadan keyin Braziliya, sekin-asta Yevropa davlatlari ham Toyota mashinalarini xarid qila boshladi. Buning ortidan Toyota kompaniyasi xalqaro mashhurlikka erishib, Yaponiya iqtisodiyotiga katta foyda keltira boshladi. 1959 yilda kompaniya joylashgan Koroma shahri mamlakatning eng muvaffaqiyatli biznesi sharafiga Toyota deb o‘zgartirildi. Kompaniya yillar mobaynida rivojlanib, dunyoning turli davlatlarida o‘z filiallarini, mashinalar savdosiga mas'ul bo‘limlari va bir qancha kichik kompaniyalarini ochib, korporatsiya darajasiga yetdi. 1989 yilda Toyota Motor Corporation hozirgi kunda barchamiz bilgan yangi logotipini e'lon qildi. Ko‘pchilik bu logotipda Toyota nomining barcha harflari aks etgan deb hisoblaydi. Ammo aslida unday emas. Unda korporatsiyaning kelib chiqish tarixiga asoslanib, to‘qimachilik ramzi bo‘lgan igna va ip timsollari tasvirlangan. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling