Mavzu: Xodimlarni motivatsiyalash Reja: I. Kiriah II. Asosiy qism
Mehnat faoliyatini rag`batlantirish
Download 164.17 Kb.
|
Xodimlarni rag‘batlantirish va motivatsiyalash usullari
Mehnat faoliyatini rag`batlantirishTashkilot xodimlarining mehnatini rag`batlantirish tizimi, avvalo, moddiy rag`batlantirishni o`z ichiga oladi. U professional mehnat vositasi bilan tashkilot faoliyatining natijalariga yakka tartibda yoki jamoat tarkibida qo`shilgan hissa uchun beriladigan va odob-axloq qoidalarida talab qilingan moddiy ne`matlar majmuasidan iborat bo`ladi. Moddiy rag`batlantirish vositalari tarkibiga tashkilotda qo`llaniladigan pul to`lovlarining hamma turlari va pulsiz moddiy mukofotlarning barcha shakllari kiritiladi. Amaliyotda moddiy rag`batlarning quyidagi turlari: doimiy va o`zgaruvchan ish haqi, qo`shimcha haqlar, ustama haqlar, mukofotlar, bonuslar, qo`shimcha to`lovlar, foydadagi ishtirok ulushi, muddati kechiktirilgan to`lovlar, kompaniya sarmoyasida va mol-mulkidagi ishtiroki, ijtimoiy imtiyozlar va ijtimoiy paketlardan foydalaniladi (6.2-rasm). Bular orasida ish haqi alohida rol o`ynaydi. Ko`pchilik uchun u asosiy daromad manbai, mexnat natijadorligini boshqarishning kuchli vositasi hisoblanadi. Mehnat haqi harajatlari quyidagilarni o`z ichiga oladi: asosiy ish haqi – belgilangan mehnat me`yorlariga muvofiq bajarilgan ish uchun to`lovlar; qo`shimcha ish haqi – belgilangan me`yordan tashqari qilingan mehnat uchun, mehnatdagi muvaffaqiyatlar, ixtirochilik, alohida sharoitlarda qilingan mehnat va shu kabilar uchun to`langan haq; boshqa rag`batlantirish va kompensatsiya to`lovlari — yillik ish yakunlari yuzasidan to`lanadigan haq, ijtimoiy ahvol uchun mukofotlar, kompensatsiya hamda boshqa tarzdagi pul va moddiy to`lovlar. 2-rasm. Mehnatni moddiy rag`batlantirish tuzilmasi.
Shuni aytish kerakki, ish haqi darajasi yuqori bo`lsa, u xodimning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo`lsa, nomoddiy qiziqtirish vositalari samara beradi. Ana shunday darajaga erishilgan taqdirda iqtisodiy stimullash vositalarini boshqa vositalar bilan almashtirish kerak bo`ladi. Xodimlarni nomoddiy qiziqtirish yo`nalishlari: ma`naviy qiziqtirish, tashkiliy qiziqtirish va bo`sh vaqt bilan qiziqtirishdan iborat. Mehnatni ma`naviy stimullash – xodimlarning ijtimoiy tan olinishi va obro`sini oshirishni ifodalovchi buyumlar va hodisalar asosida ularning fe`l-atvorini tartibga solishdir. Fe`l-atvorni tartibga solish xodimlarning natijalari, yutuqlari va xizmatlari to`g`risidagi axborotni eshittirish va ommalashtirishga asoslanadi. Xodimlarni ma`naviy qiziqtirish usullari 2. jadvalda ko`rsatilgan. Tashkiliy (mehnat orqali) motivlash, xodimning fe`l-atvorini tartibga solish mehnatdan qanoatlanish tuyg`usini o`zgartirishga asoslangan. Bunda mehnatdan qanoatlanishning barcha omillari kompleks tarzda ko`rib chiqilishi lozim, chunki shu omillardan birontasi tadqiqot tarkibidan tushirib qoldirilsa, tahlil natijalari buzilishiga olib boradi. Ayni vaqtda tashkiliy muhitning barcha omillari - xodimning moddiy qoniqishi, ahvol-ruhiyatining yaxshiligi va mehnat sharoitlaridan mamnunligi motivatsiya ta`sirini hisobga oluvchi eng muhim, umumlashma natija hisoblanadi. 2-jadval. Download 164.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling