Mavzu: Xodimlarni motivatsiyalash Reja: I. Kiriah II. Asosiy qism
Xodimlarni bo`sh vaqt bilan qiziqtirish usullari
Download 164.17 Kb.
|
Xodimlarni rag‘batlantirish va motivatsiyalash usullari
Xodimlarni bo`sh vaqt bilan qiziqtirish usullari
Bo`sh vaqt bilan qiziqtirishdan ko`zlangan maqsad ish joyida alohida sharoit yaratish orqali mehnat unumdorligini oshirganlik va muvaffaqiyatga erishganlik uchun xodimlarni rag`batlantirishdir. Mehnat faoliyatini motivlashni va qiziqtirishni boshqarish – xodimlarning faoliyat sharoitini o`zgartirish, mehnatga undovchi qiziqtirish vositalari va motivlaridan foydalanish yo`li bilan ularning fe`l-atvoriga muttasil ta`sir qilib turish demakdir. Mehnat faoliyatini motivlash va stimullashni boshqarish jarayoni quyidagi umumiy vazifalarni o`z ichiga oladigan jarayondir: prognozlash va rejalash; tashkil etish; stimullash; muvofiqlashtirish va tartibga solish; nazorat, hisob-kitob, tahlil. Maxsus funksiyalar ham mavjud, chunonchi: mehnatni motivlash va stimullash tizimini tashxislash; tashkilotning xodimlarni motivlash va stimullash sohasidagi strategiyasi maqsadlari va qoidalarini ishlab chiqish; xodimlarni sttmullashsh tizimining mazmunini belgilash; moddiy pulli va pulsiz mukofotlash tizimini ishlab chiqish; moddiy rag`batlantirish tizimini ishlab chiqish; xodimlarni motivlash va stimullashni tartibga soluvchi ichki me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqish; xodimlarni motivlash va stimullashsh tizimi samaradorligi monitoringi. Mehnatni motivlash va unga qiziqtirishni boshqarishda quyidagi qoidalarga rioya etilishi lozim: mehnatni baholash va unga haq to`lashda xodim hissasini tashkil etuvchi hamma jihatlarni hisobga olish; xodimlarga innovatsiya faoliyatida qatnashish imkoniyatini berish; xodimlarning har bir guruhiga mehnatga haq to`lash va stimullashning barcha turlaridan bahramand bo`lish imkonini berish; -hayot yo`lining hamma bosqichlarida xodimlar turmushini ta`minlashda tashkilotning ishtirok etishi; -xodimni tashkilotda saqlab qolish; -tashkilotning ta`sir doirasiga xodimdan tashqari uning oila a`zolarini ham jalb qilish. Xulosa Xodimlarni jalb qilish va saqlab qolish orqali tashkilot maqsadlariga erishishni ta`minlash – xodimlar mehnatini motivlash va stimullash tizimini shakllantirishning va faoliyat yuritishning asosiy maqsadidir. Qo`shimcha sifatida quyidagi maqsadlarni ham aytib o`tish mumkin: -xodimlarni tashkilotga jalb qilish, ularni uyushtirish; -xodimlarning mehnat ulushini odilona baholash; -unumdorlikni stimullash; -moddiy qiziqtirishga va ijtimoiy himoya tadbirlariga qilingan harajatlarning eng maqbul nisbati; -tashkilotni samarali rivojlantirish. Korxona xodimlarini motivlash va stimullash tizimi mahalliy ma`muriy hujjatlarda belgilab qo`yilishi kerak. Bu hujjatlar: -umumiy xarakterda (jamoaviy shartnoma, mehnat shartnomasi, ichki tartib-qoidalar, bo`linma to`g`risida nizom, qo`shimcha reglament, shtat jadvali va h.k.); -moddiy stimullashshni tartibga soluvchi (mehnatga haq to`lash va moddiy qiziqtirish to`g`risida nizom, ijtimoiy to`lovlar va imtiyozlar – ijtimoiy paket to`g`risida nizom va b.sh.q.); -bevosita stimullashshni tartibga soluvchi (tashkilotning axloq kodeksi, xodimlarni attestatsiyadan o`tkazish to`g`risida nizom, rahbarlar va mutaxassislarni saralash asosida tanlab olish to`g`risida nizom va h.k.) hujjatlardir. Download 164.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling