Mavzu: Xoʼjalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy resurslari Bajardi: Raxmatov A
Download 53.53 Kb.
|
RAXMATOV ABDURAZOQHOJA
MAVZU: Xoʼjalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy resurslariBajardi: Raxmatov ATekshirdi: Chinqulov QXo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy resurslari va kapitali
Pulga sotib olinganligiga qaramasdan ishlab chiqarish vositalari (yuqorida qayd etilgan dastgohlar, mashinalar, xomashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo’ljallangan binolar va shunga o’xshashlar) haqiqatda pul emas va pul hisoblanmaydi. Ishlab chiqarish fondlarini qaytadan pul shakliga aylantirish uchun, avvalo, ularni sotish kerak. Bu holda esa, o’z navbatida, mol-mulkning balansda aks ettirilgan qiymat jihatidan baholari emas, balki amal- dagi bozor baholari harakat (ish)ga tushadi. Moliyaviy qiyinchiliklar va bankrotlik xavfi ostida vujudga keladigan bunday vaziyatlar XYuSni yomon oqibatlarga, xususan, mablag’lar va resurslarni yo’qotib qo’yishiga olib kelishi mumkin. Holbuki, xalqaro amaliyotdagi ma’lumot-larga ko’ra, bankrotga uchragan XYuS tugatilayotgan paytda unga tegishli bo’lgan aktivlar qiymatining 40%dan ortiq bo’lmagan qismini olishga muvaffaq bo’lish mumkin, xolos. Shu munosabat bilan hatto, sog’lom bozor aylanmasida, ya’ni talabga ega bo’lgan tayyor mahsulot realizatsiya qilinganda ham u faqat sotilganidan so’ng pul mablag’iga aylanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivoj- lantirishga mo’ljallangan XYuSning moliyaviy resurslari bu pul shaklidagi uning kapitalidir. Mehnat vositalari, predmetlari va natijalariga aylangan moddiy-buyumlashgan kapital, ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining jismoniy va intellektual qobiliyat-laridan iborat bo’lgan inson kapitali kapital mavjudligi va harakatining boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi. Printsip jihatidan, takror ishlab chiqarish jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va uning egasiga daromad keltiruvchi har qanday mulkiy va intellektual boylik kapital bo’lishi mumkin.
Tijoriy XYuSlarning moliyaviy resurslari dastlab (birlamchi holda) ular ta’sis kapitalining bir qismini pul shaklida qo’yish va, shuningdek, boshqa shaxslar va tashki-lotlardan maqsadli moliyalashtirish va subsidiyalar ko’rinishida kelib tushgan pul mablag’lari qismi hisobidan shakllantiriladi. Ta’sis kapitalining pul shaklida bo’lmagan qismi (sanoat va intellektual mulk ob’ektlari, ulardan foydalanish huquqlari va boshqalar) esa, xuddi maqsadli tushilmalar singari, agar ular pul ko’rinishida qo’yilmagan bo’lsa, ularni XYuSning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas. Download 53.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling