Mavzu: Xorijda va O’zbekistondagi aholi daromadi va iste’mol savati


Download 148.37 Kb.
bet3/7
Sana15.06.2023
Hajmi148.37 Kb.
#1486666
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xorijda va O’zbekistondagi aholi daromadi va iste’mol savati

Pensiya

  • Pensiya daromadning maxsus turi bo’lib, u qarilik yoki nogironlik tufayli ishga yaramay qolganlarga davlat va firmalar tomonidan to’lanadi. Qarilik pensiyasi ishlab topilgan, lekin berilishi kechiktirilgan daromadga kiritiladi. Har bir kishi ishlagan kezlarida topgan pulining bir qismini pensiya jamg’armasiga o’tkazib boradi, bu pul xodim pensiyaga chiqqach, unga ma’lum me’yorda qaytariladi. Nogironlik pensiyasi ishlab topilgan pul bo’lmay, o’zini-o’zi boqa olmaydigan kishilarni moddiy ta’minlab turish uchun jamiyat tomonidan ajratilgan puldir. Pensiyalar miqdori xodim ishlagan kezlarida olgan pul daromadiga, hamda, ishga yaroqsizlarning qobiliyatini qay darajada yo’qotganligiga qarab tabaqalashadi.

Nafaqa. Stipendiya. Foyda

  • Nafaqa daromadning maxsus turi bo’lib, ijtimoiy yordamga muhtojlarga, odatda kambag’allarga bir yo’la yoki muqim ravishda davlat, firmalar yoki xayriya tashkilotlari beradigan puldan iboratdir. Nafaqaning miqdori moddiy imkoniyatlarga bog’liq.
  • Stipendiya ham daromad turi bo’lib, uni talabalar oladi, amalda bu yordam puli bo’lib, ularning kelajakda jamiyatga naf keltirishi e’tiborga olib beriladi. Stipendiyani davlat yoki firmalar to’laydi.
  • Foyda tadbirkorlarning pul sarflab tavakkaliga ish qilib, xavf-xatarni zimmasiga olgani uchun ularga tegadigan pul daromadi hisoblanadi. Tadbirkorning foydaga ega bo’lishi yoki uni boy berishi boshlagan ishining natijasiga bog’liq. Ish yurishib ketsa, yaxshi foyda ko’riladi, agar ish o’ngidan kelmasa, foyda o’rniga zarar ko’rish mumkin. Tabiatan foyda kafolatlanmagan daromad bo’lib, tez-tez o’zgarib turadi. Aholi daromadlari tarkibida foydaning hissasi katta bo’lmaydi, chunki tadbirkorlik bilan g’oyat ozchilik shug’ullanadi. Masalan, AQShda foydaning aholi daromadlaridagi hissasi taxminan 15-18 foizni tashkil etadi.

Divident. Foiz. Renta

  • Divident foydaning aktsiyadorlarga ulush sifatida tegadigan qismi. Divident aktsiya chiqargan korxonaning rentabel ishlashiga bog’liq. Shu sababdan, turli firmalarning aktsiyasiga har xil divident beriladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan sari dividentning daromaddagi hissasi ortib boradi, chunki aholining tobora ko’proq qismi aktsiyadorlarga aylanadi.
  • Foiz-pul egasi o’z pulini o’zgalarga qarzga bergani uchun oladigan daromadi. Foiz darajasi kreditga (qarzga) bo’lgan talabga va uning taklifiga bog’liq bo’ladi. Talab oshsa, foiz qarzga berilgan pul summasiga nisbatan ulush darajasida belgilanadi. Masalan, foiz qarz puliga nisbatan yuzdan o’n hissa (10%) bo’lsa, uning egasi har bir so’m puli uchun 10 tiyin oladi, agar yuzdan o’n besh hissa (15%) bo’lsa, 15 tiyin bo’ladi. Ko’pgina mamlakatlarda banklar aholidan pulni qarzga oladilar va foiz to’laydilar. Foizning daromadlardagi hissasi ortib boradi, chunki aholi pulining bir qismi xarajatlardan ortib qolib, daromad ko’rish uchun banka qo’yiladi.
  • Renta ko’chmas mulk egalarining o’z mulkini muqobil ishlatishdan olgan daromadi. Yer, imorat, kvartira, uy va boshqalar ijaraga berilib, undan daromad ko’riladi. Masalan, uyni ijaraga berib, har oyda 1000 so’m daromad ko’riladi. Uyga talabgorlar ko’payganda, uni yangidan 1200 so’mga ijaraga beriladi. Oldingi va keyingi pul tushumi orasidagi farq 200 so’m renta hisoblanadi. Renta shaklidagi ortiqcha daromad avtomashina, stanok, kema kabilarni muqobil ishlatishdan olinib, ularning egasiga tegadi.

Download 148.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling