Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja


MAVZU: BUYUK AJDODLARIMIZ …


Download 436 Kb.
bet3/42
Sana05.05.2023
Hajmi436 Kb.
#1427246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili

MAVZU: BUYUK AJDODLARIMIZ …
REJA:

  1. Buyuk ajdodlarimizning ma’naviyatimizda tutgan o‘rni.

  2. Ma’naviyat va ajdodlarning ustivorligi.

  3. Ma’naviy shakllanish va ajdodlar merosi

  4. Buyuk ajdodlarimizning ma’naviyatimizda tutgan o‘rni

Istiqlol nuri bilan qadriyatlarimizga o‘zgacha yondoshish boshlandi. Uni haqqoniy baholash, hayotimizga joriy etish imkoniyatlariga ega bo‘ldik. Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz ma’naviy zug‘umlaridan ozod bo‘ldi, erkin fikrga, milliy tafakkurga, milliy tiklanishga yo‘l ochildi. Milliy tiklanish o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Buning uchun xalq dunyoqarashini milliy istiqlol ruhida isloh qilish zarur. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ma’naviy islohotlarning ahamiyati haqida gapirib shunday degan edi; - "Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o‘z yo‘liga, ularni hal etish mumkin, xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin, ammo ma’naviy islohotlar - qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo‘lish, qadni baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklash, ularga munosib voris bo‘lishdan og‘irroq va bundan sharafliroq vazifa yo‘q bu dunyoda".


O‘tmish ma’naviy merosini tiklash va rivojlantirish to‘g‘risida fikr yuritilganda yaqin o‘tmishimizda unga bo‘lgan munosabatni ham tilga olib o‘tish o‘rinlidir:
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab chor Rossiyasi hozirgi yashab turgan hududimizni bosib olib o‘z mustamlakasiga aylantirdi. Ular qanchadan-qancha boyliklarimizni taladilar, ma’naviy merosimizni oyog‘osti qilishdi. Milliy madaniyatimizning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishdi.
Sho‘rolar hukmronligi davrida ham moddiy va ma’naviy qadriyatlarni bir tomonlama talqin qilish, ularga siyosiy va sinfiy tus berib, umuminsoniy va milliy asoslaridan uzib olib, quruq so‘z va dabdabali shiorlar ostida ma’lum bir dunyoqarash nuqtai-nazaridan bo‘yab va buzib ko‘rsatish odat tusiga kirgan edi. Bunday olib borilgan siyosat fuqarolar ongiga, hattoki kundalik xulq- odobiga ham singdirilgan edi.
Milliy madaniyatimiz, ayniqsa ,tilimiz va dinimiz juda katta talofat ko‘rdi. Necha asrlardan beri xalqimiz madaniyatimiz durdonasi bo‘lib kelgan madrasalar, ma’muriy binolar va masjidlar qarovsiz tashlandiqlarga aylantirildi.
Istiqlolning dastlabki yillaridanoq ma’naviy hayotimizda uyg‘onish yuz berdi. Mustaqillikka erishilgan 1991- yilda Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Bu to‘yga butun mamlakat bo‘ylab katta tayyorgarlik ko‘rildi va u xalqning yuksak madaniyat bayramiga aylandi. Avvalo buyuk shoirning 20 jildlik mukammal asarlar to‘plami nashrga tayyorlashdi. Bundan tashqari, "Lison ut-tayr", "Sabhai sayyor", "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Hayrat-ul abror" singari shoh asarlari alohida-alohida bir necha ming nusxada chop etildi. Bir necha ilmiy ommabop asarlar sovg‘a sifatida bosmadan chiqarildi.
Hukumat qarori bilan 1994- yilning "Ulug‘bek yili" deb e’lon qilinishi, uning 600 yilligining O‘zbekistonda va jahon miqyosida keng nishonlanishi ham buyuk alloma qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga aylanganligi nishonasidir.
Mustaqillik davri tom ma’noda buyuk davlat arbobi Amir Temurning qayta tug‘ilish davri bo‘ldi. Amir Temurga bo‘lgan munosabat uning tarixiy xizmatini munosib baholashga shaxsan prezidentning o‘zi tashabbuskor bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994- yil 29- dekabrdagi "Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risidagi" qarori. O‘zbekiston Prezidentining 1996- yilni - "Amir Temur yili" deb e’lon qilish to‘g‘risidagi farmoni Amir Temur qadriyatini tiklashda muhim ahamiyat kasb etadi.Shu munosabat bilan birinchi yurtboshimiz Islom Karimovning 1998- yilda tarixchi olimlar va jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatiga diqqatingizni qaratmoqchimiz. - "Biz o‘zbeklarni ulug‘, bunyodkor xalq deb dunyoga tarannum etayapmiz va aslida ham shunday. YUNESKOning Parijdagi qarorgohida Amir Temur bobomizning to‘ylarini o‘tkazishdan maqsad nima edi? Komil insonning, eng avvalo, buyuk davlat asoschisi, buyuk bunyodkor, ijodkor shaxs bo‘lgani, fan, madaniyatga homiylik qilib, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shganini olam ahliga bildirish edi"
1998- yil 24- oktyabrda xalqimizning yana bir buyuk o‘g‘loni, qomusiy olim Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik to‘yi nafaqat yurtimizda, YUNESKO qarori bilan xalqaro miqyosda keng nishonlanishi uning ilmiy merosini o‘rganish borasidagi yangi-yangi tadqiqotlarga asos bo‘ladi.
Mustaqillik yillarida Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Mirzo Bobur va boshqalarning milliy madaniyatimizni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissalari xalqimizga yetkazilib , milliy iftixorga aylandi.2500 yillik yubileylari o‘tkazilgan ko‘hna Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari butun insoniyat uchun muqaddas ziyoratgohlarga aylandi.
Mustaqillik yillarida Cho‘lpon, Fitrat, Behbudiy, Fayzulla Xo‘jaev va boshqa jamoat arboblarining yubileylarini o‘tkazish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar ham ma’naviy hayotdagi muhim qadamlardandir. Xususan, shu davrda Behbudiyning "Padarkush" asari, Fitratning "Qiyomat" qissasi, "Abulfayzxon" tarixiy dramasi nashr qilindi. Cho‘lponning ko‘pgina she’rlari "Guliston" jurnalida, "Kecha va kunduz" asari esa "Sharq yulduzi" jurnalida xalqimizga yetkazildi. Hozirgi kunda ko‘pgina shoir va yozuvchilarimizning she’rlari va asarlari ko‘plab nushada nashr etilmoqda.
Mustaqillikning o‘tgan o‘n yili islom olamining zabardast allomalari Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahovuddin Naqshbandning 675 yilligi, Xoja Ahror Valiyning 600 yilligi va mashhur muhaddis Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi keng qo‘lamda nishonlanishi yurtimizda iymon, din-u diyonatning qaytadan yuksalayotganidan darak beradi. Bu aziz va ulug‘ zotlarning boy ma’naviy merosi qayta joylantirilib, bebaho asarlari chop etildi, nomlari abadiylashtirildi.
Ushbu ma’noda Sharq mutafakkirlarining asarlari, nasihat va maslahatlari bundan mustasno emas. Biz buyuk ajdodlarimiz Amir Temur, Abu Nasr Farobiy, Al – Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Yassaviy, Xusayn Voiz Koshifiy, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ahmad Donish, Abdulla Avloniy kabilarning asarlarini misol qilib keltirishimiz mumkin.
Insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan ushbu asarlarda rahbarlik, boshqaruvning maqsadi, vazifalari, usullari atroflicha yoritilgan va ular hozir ham o‘z qiymatini yo‘qotgan emas.
Buyuk sarkarda Amir Temur ham katta bir saltanatning asoschisi rahbari sifatida boshqarish, rahbarlik masalalariga oid kuchli bir tamoyillarni yaratib, o‘z tuzuklarida davrining ijtimoiy voqeligiga xos bo‘lgan «stratometrik» turlanishini keltirib o‘tadi va ushbu turlanishning asosini tabaqalarning ijtimoiy voqelikka nisbatan munosabatlari va xulq –atvorlari tashkil etadi.
Allomalarimiz asarlarini tahlil qilish mobaynida biz ikki yo‘nalishni kurishimiz mumkin. Birinchi – jamoa, guruh yoki davlatni boshqaruvchi rahbar shaxsi uchun lozim bo‘lgan bo‘lgan sifatlarning ta’rifi va ahamiyati haqidagi fikrlar. Ikkinchi yo‘nalish esa odamlar nafsi (ruhiyati) va uni boshqara olish darajasiga ega bo‘lgan odamlar birikmasiga taalluqli ijtimoiy voqelikning ta’rifi. Bunda ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy jarayonlar odamlarning o‘z ruhiyatini idora qilish darajasiga ko‘ra izohlanadi. Havas, mehr – oqibat, ezgulik, qanoat va ulardan kelib chiquvchi burch, adolatparvarlik kabilar ijtimoiy hayotni harakatlantiruvchi hamda odamlar birikmasini tashkillashtiruvchi yetakchi omillar sifatida tahlil qilingan. Shuning uchun ham biz ularning tadqiq va tahlillarini ijtimoiy- psixologik yondashuvga asoslangan deb e’tirof etishimiz mumkin. Bizning bunday e’tiroflarimiz yorqin dalili sifatida Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri» va uni tashkil qilgan aholining psixologik va ahloqiy – ma’naviy xususiyatlari haqidagi fikrlari misol bo‘la oladi. Hozirgi zamon ijtimoiy psixologiya fani tili bilan aytganda, Abu Nasr Farobiy shahar aholisining stratometrik turlanishini ishlab chiqadi.
Bunda jamiyat a’zolarining o‘zlarini boshqarishlari jamiyatning o‘zini – o‘zi boshqarishiga olib kelishi lozim, lekin bu bilan bir vaqtning o‘zida har bir a’zoning ruhiy- ma’naviy kamoloti usul hamda yo‘nalishiga ko‘ra individual holda mavjud bo‘ladi. «Shularning hammasini, - deb yozadi Farobiy, - ikki yo‘l bilan olish mumkin. Birinchidan, yuqoridagi xodisalar aslida qanday mavjud bo‘lsa, inson qalbiga, ko‘ngliga o‘shanday o‘rnashib qolsa, boshqalarning ko‘nglida bu bilimlar qiyosiy yohud taqlid asosida vujudga keladi. Ba’zi odamlar o‘sha narsalarni o‘zlari his etishlari tufayli ko‘ngillarida shu bilimlar vujudga keladi.
Ikkinchidan, ushbu sifatlarga ega bo‘lmagan odamlar birikmasi esa shaharning adashgan va jaholatdagi aholisini tashkil qiladi. Fikrlashlari g‘azab, hasad, nafratga asoslangan bunday shahar aholisi doimo bir – birlariga qarshi kurashib, bir – birlariga dushmanlik qiladilar. Eng kuchlilari boshqalarga nisbatan mukammalroq tuzilgan bo‘ladi. G‘olib kelganlar ham bir – birlarini yo‘qotishga urinadilar, go‘yo boshqa mavjudotlar nomukammalday, ularning mavjudligi bularga zarar keltiradiganday, yohud boshqalar ularga faqat (qulday) xizmat qilish uchun yaratilganday, barchasi bir – birini ezib ishlatishga intilishadi».
Umuman, biz haqli ravishda buyuk bobokalonlarimiz bilan faxrlanishimiz mumkin.Oldimizdagi vazifamiz esa ajdodlarimiz izidan borish.

Download 436 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling