Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja
MAVZU : TIL QALB KO’ZGUSI
Download 436 Kb.
|
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili
MAVZU : TIL QALB KO’ZGUSI
Reja: 1. Dunyo tillari haqida ma’lumot 2. O’zbek tili va uning taraqqiyot bosqichi 3. O’zbek tiliga davlat tili maqomini berilishi 2019-yilda yer yuzi aholisi 6,7 mlrd. ga yetdi. Mana shuncha aholi 2979 xil tilda gaplashadi. Ayrim darslik va qo‘llanmalarda, tillarning miqdori 3000 dan ortiq deb ko‘rsatiladi. Shundan 200 tilning har birida 1 mln. dan ortiq, 70 tilning har birida 5 mln. dan ortiq kishi so‘zlashadi. Qolganlarning har birida esa 1 mln. dan kam kishi gaplashadi. Kavkaz tog‘larida joylashgan Dog‘istonda 1 mln.dan ortiq aholi bo‘lib, ular 40 ga yaqin tilda so‘zlashadi. Yer yuzidagi bir-biriga yaqin bo‘lgan, umumiy tomonlari ko‘p bo‘lgan tillar qarindosh tillar deb yuritiladi. Buning teskarisi hisoblangan xususiyatlarga ega bo‘lgan tillar esa qarindosh bo‘lmagan tillar hisoblanadi. Dunyoda tillar kelib chiqishi, lug‘aviy va grammatik jihatdan yaqinligiga qarab bir necha til oilalariga bo‘linadi. Yer yuzida 20 ga yaqin til oilasi bor. Til oilalari navbatida til turkumlariga bo‘linadi. Hind-yevropa oilasi quyidagi til turkumlarini ichiga oladi: hind turkumi (hind, urdu, bengal, panjob, gujarat va h.), eron turkumi (fors, afg‘on, osetin, kurd, tojik va h.), slavyan turkumi (rus, ukrain, belorus, chex, slovak, polyak, serb, makedon, bolgar, xorvat, sloven), boltiq turkumi (litva, latish, latgal), kelt turkumi (irland, shotland, breton, uels), anatoliy turkumi (o‘lik), tohar turkumi (o‘lik). Grek, alban, arman tillari birorta turkumga mansub bo‘lmasdan, shu til oilasiga kiradi. Oltoy tillar oilasiga quyidagi turkumlar kiradi: turkiy tillar (o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turk, turkman va boshqa jami 24 ta til), mo‘g’ul, manchjur, yapon, koreys turkumlari kiradi. Ayrim darsliklarda turkiy tillar oilasi degan atama qo‘llanadi. Fin-ugor tillar oilasiga fin guruhi (fin, eston, karel, komiziryan, komi-permyak, udmurt, mariy, mordva tillari), ugor guruhi (venger, mansiy, xantiy tillari) mansubdir. Som-xom tillari oilasiga semit guruhi (arab, axmar, xarari, oysor, ivrit tillari), qushit guruhi (galla, somali, saho, beja tillari), berber guruhi (kobil, shilx, rif, tamazist tillari), chad-xom guruhi (xuase, kotoko, angas, karekare, sura, chuzgu, mubi tillari), arab guruhi (qadimgi arab) kiradi. Kavkaz oilasiga g‘arbiy guruh (abxaz, abazin, adigey, kabardin, ibix tillari), nax guruhi (chechen, ingush, badbi tillari), dog‘iston guruhi (avar, darg‘in, lezgin, lak, karatin, gunzib tillari), janubiy guruh (megrel, chan, gruzin, kartaliy, svan, guriy) kiradi. Xitoy-tibet oilasiga tay-xitoy guruhi (xitoy, dungun, tay, laos, chjuan, vyetnam tillari), tibet-birma guruhi (tibet, birma tillari) kiradi. Bulardan tashqari, yana dravid, malay-polinez, avstraliya, papua, afrika til oilalari ham bor. Hozirgi turkiy tillar uchun qadimgi turkiy til asos bo’lib hizmat qilgan. O’zbek tili oltoy tillar oilasining turkiy turkum, qarluq guruhiga mansub. O’zbek tili XI asrdan boshlab mustaqili til sifatida shakillana boshlagan. XIV asrga kelib mustaqili adabiy til sifatida shakillangan. 1989-yil 21-oktabrda O'zbe-kiston SSR Oliy Kengashining birinchi chaqiriq birinchi ses-siyasida "Davlat tili haqida"gi Qonun qabul qilindi.Siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha sohalarida o'zbek tili to'la amal qilishi qonunlashtirildi. Bu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo'ldi. Download 436 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling