Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja


MAVZU: OTA-AQL, ONA-IDROK


Download 436 Kb.
bet5/42
Sana05.05.2023
Hajmi436 Kb.
#1427246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili

MAVZU: OTA-AQL, ONA-IDROK


REJA:

  1. Otalar – donolik ramzlari, onalar – mehr chiroqlari.

  2. Ota-onaga izzat –xurmat va munosabat.

  3. Ota-ona va farzand o‘rtasidagi burchlar.

Otalarning nuroniy chexralarida donolikni, oppoq sochlarida purviqorlikni, g‘adir-budir qo‘llarida zaxmatkashlikni, muloyim boquvchi ko‘zlarida sabr-qanoatni ko‘rasiz. Otaning oiladagi salmog‘i juda katta. Otasizlik - bu so‘z oilada erkakning bolalar tarbiyasiga ta’siri yo‘qligini anglatadi. Shuning uchun donishmandlar, bitta ota yuz nafar o‘qituvchidan ustun turishi mumkin, deb bekorga aytmaganlar. Zero, yaxshi otalarsiz yaxshi tarbiya bo‘lmaydi. Xalqimizda shunday naql bor: toy kishnaydi, ammo aravani ot tortadi. Har bir ota farzandlar siymosida - o‘z xayotining davomchilari, o‘zi boshlagan ishini oxiriga yetkazuvchi vorislari, o‘zining chinakam merosxo‘rlarini ko‘rmog‘i lozim. Otalarning birdan-bir istagi - o‘zlari egallamagan cho‘qqilarga farzandlarim erishadi, degan umiddir. Bolaning esli-xushli, aqlu-idrokli, yaxshi xulk-odobli bo‘lishi faqat yolg‘iz otasining emas, balki o‘z yurti, o‘z xalqining asl farzandi bo‘lganligidan dalolat beradi. Farzand otaning suyangan tog‘i, ishonchi, umidi. Ota tarbiyasini olib, uning duosiga sazovor bo‘lgan farzand kam bo‘lmaydi. Ota duosidan ham ulug‘ nehmat yo‘q, bu dunyoda. Farzandlar kamolini, el oldidagi obro‘yini ko‘rish ota-ona uchun katta baxt. El nazari tushgan boladan ota ham obro‘ topadi. Xuddi shu ma’noda «Otangga raxmat!» degan duo- fotiha bekorga aytilmaydi.


Ona! Bu so‘z hayot kabi abadiy. Ona borki, olam bor, ona borki, odam bor, ona borki, Vatan bor. Zero, ona kabi muqaddas va tabarruk, aziz va mo‘tabar, xokisor va munisa, beg‘araz va beminnat inson bu yorug‘ olamda topilmaydi. Ona allasi! Unda juda katta sexr kuchi bor. Chunki, u onalarning dil rozi. Lekin uni har bir ona o‘z dardidan kelib chiqib aytadi. Beshik tebratib aytilgan allaning mazmuni har xil bo‘lsa ham, ularning barchasini umumiy tomoni bor. Ularda onaning farzandiga bo‘lgan mexr-muxabbati, o‘zining orzu-umidlari eng yaxshi tilaklari bilan qo‘shilib ketadi, farzandlari kamoli madx etiladi. Odamazod borki, allaning maftunkor ohangidan baxramand bo‘lib kelganlar. Allalar ham avloddan avlodga o‘tib yurgan. Ona avlodlar davomchisi, naslni poklovchisi va buyuk tarbiyachidir. Shunga ko‘ra, onalarga yaratilayotgan barcha imkoniyatlarning maqsadi bitta — u ham bo‘lsa oqil, bilimdon, iqtidorli farzandlarni voyaga yetkazish. Ona uchun buyuk baxt farzandlarining kamol topishini ko’rishdir. Zotan, ona hayotning tog‘dek yukini ko‘tara oladi, faqat unga farzandlar tayanch bo‘lsa, bas. Yaxshi yoki yomon odamlar bo‘lishi mumkin. Ammo, farzandlar uchun yomon ona hech qachon bo‘lmaydi. Ayollar ko‘p-u, biroq ona yagona degan gap shu ma’noda aytilgan bo‘lsa kerak. Onalar haqida qanchadan-qancha iliq so‘zlar yozilmagan deysiz?! Dunyoda biron-bir shoir yo‘qki, onaga atab she’r to‘qimagan bo‘lsa, biron-bir xonanda yo‘qki, uni kuylamagan bo‘lsin. Chaqaloqning birinchi bor aytgan so‘zi ham «ona»dir. Odam bolasining boshiga mushkul ish tushib, najot yo‘lini izlab yurganda ham u shu tabarruk so‘zni aytib nido qiladi. Ona - har doim biz uchun eng yaqin, eng mehribon va hamdard inson. Onalarimiz uchun biz har doim bolamiz, uning mehriga, erkalashiga zormiz. Buni ularning o‘zlari ham sezib turadilar. Mutafakkirlar ta’kidlaganidek, dunyoda ona muhabbatidan ham mukammal va beg‘araz tuyg’u yo‘q: har qanday jo‘shqin tuyg‘u ona mehriga qaraganda anchagina kuchsizdir. Farzand baxtini, rohatini ko‘rish har bir otaning orzu-umidi. Ana shu umidni ota qalbi to‘rida yillar davomida avaylab asraydi. Ozgina quvonchdan tortib, dunyo qadar saodatni farzandiga ilinadi. Bu umid guli yillarning ayozli nafasiga chidamasa-chi! Unda ota-onaning nolalarini kim tinglaydi, deysiz. Gohida azbaroyi o‘zining maishati, o‘z xuzuri yoki xavaslari uchun bolalarni tirik etim qilib, tashlab ketgan otalarni ham uchratish mumkin. Bunday kishilarda na otalik mashuliyati bor, na insoniy burch! Bundaylar haqida «uni farzand ko‘r qilsin» deydi xalqimiz. Oila inson uchun muqaddas va ulug‘ dargohdir. Inson ana shu dargohda tug‘iladi, o‘sadi, unadi, voyaga etadi. Oilani mamlakatning kichik bir mo‘tabar parchasi deb qiyoslash mumkin. Butun bir mamlakatning o‘ziga xos ishlab chiqarish xo‘jaligi, iqtisodiy va siyosiy hayoti bo‘lganidek, oilada ham hayot serqirrali. Oilada bu hayotni tashkil qilish oila boshlig‘i rahbarligida olib boriladi. Inson bolalikdan voyaga yetgunga qadar ota-ona yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs tarbiyasida bo‘ladi. Bola voyaga yetgach, o‘zi mustaqil oila quradi. Odam qaysi oilada bo‘lishidan qat’i nazar, unga sadoqatli bo‘lib qolishi zarur. Ayniqsa, oila a’zolarining o‘z xonadoniga sodiq bo‘lib qolishi bilan bir qatorda, shu oilaning or-nomusi uchun kurashmog‘i, sha’niga dog‘ tushirmay yashamog‘i zarur. Inson o‘z hayotida hamma vaqt oilaga, vatanga, do‘st-birodarlariga sodiq bo‘lib yashashi kerak. Oilaga sodiq bo‘lmaslik odamni shu xonadondan, qarindosh-urug‘laridan uzoqlashtiradi. Bunday odam darbadar, vataniga ham, do‘stlariga ham munofiq bo‘lib yetishadi. Do‘stlariga sodiq bo‘lmagan insonni beqadr, bevafo deb ataydi, xalqimiz. Inson bolalikdan boshlanadi va asta-sekin voyaga yetib boradi, mustaqil oila quradi. Har bir ota-ona o‘z farzandini voyaga yetishishi, uning uyli-joyli bo‘lib, mustaqil oila qurishini orzu qiladi. «Bola aziz — odobi undan aziz» deydilar. Bolaligidan odobli bo‘lgan kishilar katta bo‘lganlaridan keyin hurmat-e’tiborga erishadilar, el-yurtga manzur bo‘lib yetishadilar. Keyinchalik ulg‘ayib kasb-korli bo‘lib, oila qurib mustaqil hayot kechirganda, inson o‘z fikri, hayot tajribalariga suyanib ish ko‘rishi lozim, turmushdagi muammolarini hal qilishi, qiyinchiliklarni bartaraf etish yo‘lini topishi va muammoli qoidalarini o‘rganishi kerak. Insonning kim bo‘lib shakllanishi va voyaga yetishishi, uning bolalak yillariga, bolalikdagi odob-ikromi, bilimi, orttirayotgan tajribasiga bog‘liq. Yoshlik yillarida hamma bolalar mustaqil fikr yuritish, o‘z kelajagi uchun qayg‘urishni unchalik bilavermaydilar. Ko‘proq o‘yinqaroq bo‘ladilar. Kattalarning qilgan nasihatlarini hamma bolalar mag‘zini chaqavermaydi. Ayrim bolalar ko‘pincha ozgina ko‘ngil ochish uchun biror o‘yinda ishtirok etmoqni yoki biror qiziqarli narsani tomosha qilishni har qanday foydali ishdan ortiq ko‘radilar. Tabiiyki, bolalikdagi mana shu o‘ta erkinlik va o‘yinqaroqlikdan o‘zini tiya oladigan, fikru zikri o‘ziga yorqin kelajak bunyod etishni o‘ylaydigan bolalar ham borki, ular doimo o‘qishni, biror foydali ish bilan shug‘ullanishni afzal ko‘radilar. Bunday bolalarning kelajagi porloqdir.Har bir bola ota-onasi oldida baxtli yashashni, kelajagining shirin bo‘lishini, umuman, yaxshi odamlarday turmush kechirishni orzu qiladi. Agar o‘zingizni kelajakda baxtli inson bo‘lishingizni orzu qilsangiz, ota-onangizga mehribon bo‘ling, ularning izzat-hurmatlarini o‘rniga qo‘ying. Ota-onangiz buyurgan ishni pishiq-puxta bajaring va muloyim so‘z bo‘ling. Ota-ona tayinlagan topshiriqni bajargach, darhol natijasini shirinsuxanlik bilan ularga yetkazib qo‘ying. Shunda ota-onangiz sizdan nihoyatda quvonadilar va sizning haqingizga duo qiladilar. Xalqimizda «Oltin olma, duo ol» degan naql bor. Siz bunga amal qilnng. Avvalo ota-ona, qolaversa el-elatning hurmatiga sazovor bo‘lmoq kerak. Shunda oltindan qimmat duo keladi. Kattalarning pandu nasihatlarini diqqat-e’tibor bilan tinglash va unga amal qilish kerak. Kitob o‘qish va bizdan oldin yashagan ota-bobolarimizning bizgacha yetib kelgan hikmatli so‘zlari, axloq-odob to‘g‘risidagi qimmatli fikrlaridan saboq olish lozim. Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz asta-sekin, bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotnga o‘tib borayotgan ekan, ota-ona bolani oilada ishbilarmon qilib tarbiyalashi umumiy maqsadga muvofiqdir. Bu borada ota-ona, maktabda muallimlar, donolar fikr-mulohazalari yaxshi. Biroq bolalarni oilada ham, maktabda ham amaliy ishga jalb etish zarur. Tarbiyaning bu shakli ko‘proq foyda keltiradi, samarasi sezilarli bo‘ladi. Ota-onaga hurmat iison faoliyati tasvirlangan hayot kitobining birinchi bobidir. Chunki ota-ona shu insonning dunyoga kelishiga birinchi va asosiy sababchilardir. Shuning uchun farzand bir umr ota-ona oldida qarzdordir. Dunyodagi barcha odamlar orasida inson uchun ota-onadan aziz va mehribon kishi yo‘q. Ota-ona hamma vaqt farzand uchun hech narsani ayamaydi. Ayniqsa, bolajon o‘zbek xalqining milliy fazilatlaridan biri uning nihoyatda farzandsevar ko‘p bolalik xususnyatidir. Demak, ota-onaga hamma vaqt izzat-hurmatda bo‘lish farzand uchun farzdir. Ota va onaning hurmatini joyiga qo‘ygan, ularning pandu nasihatlariga quloq solgan farzandni xalqimiz boodob deb aytadi, bunday farzandlar el orasida doimo obro‘-e’tiborga egadir. Aksincha, o‘z ota-onasini hurmat qilmaydigan, ularning o‘gitiga, pandu nasihatlariga quloq solmay, ularni norozi qiladigan farzandni xalqimiz beodob deydi va bunday kishilarning el orasida hurmati bo‘lmaydi. Hamma bunday insonlarga nafrat bilan qaraydy. Agar farzand ona ko‘zlariga boqib, ulardagi tashvish va halovatni, surur va hayajonni ko‘rishga o‘rganmagan ekan, bir umrga axloqiy jihatdan nogiron bo‘lib qoladi. Dunyoda ikki toifa ota-ona bor. Biriychi toifa — baxtli ota-onalar bo‘lib, ularning farzandlari ota-onaning tirikligida ham, olamdan o‘tgandan keyin ham «ota-onangga rahmat» degan eng qimmatli olqish olib beradilar. Qobil farzand ota-onaning hurmatini bir umr joyiga qo‘yib, duosini olib, ularni rozi qiladi. Ota-onaning nuroniy keksaliklarini baxtli o‘tishini tahminlaydi. "Bunday ota-onalarning el-yurtda obro‘-e’tibori baland. Hamma inson shulardek qarishni orzu qiladi. Butun mahalla-ko‘y bunday nuroniy keksalarni tavof aylaydi. Ota-ona o‘z farzaidlariga yomonlikni ravo ko‘rmaganidek, hech bir farzand ham o‘z ota-onasiga yomonlikni ravo ko‘rmaydi. Ammo baxtsiz ota-onalar qaerdan kelib chiqadi? Hamma narsa shundaki, ota-onasini baxtli bo‘lishini orzu qilish bilangina maqsadga erishib bo‘lmaydi. Buning uchun inson o‘z orzu-umidlariga, maqsadiga faqat mehnat bilan erishadi. Mehnatsiz rohat bo‘lmaganidek, mehnatsiz orzuga ham erishilmaydi. Agar ota-onam baxtli bo‘lsin desangiz, eng avvalo siz bolalik davringizdan boshlaboq ularning hurmatini joyiga qo‘ying, so‘ziga quloq soling. El orasida «beodob» degan nom olishdan saqlaning. Ota-onadan, o‘z xalqingiz, o‘z vataningizdan qarzingiz — a’lo o‘qish, a’lo xulqdir. Agar siz shunga erishsangiz, demak, kelajakda o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadingizga erishasiz, baxtli bo‘lasiz. Sizning baxtdi bo‘lishingiz, hech shubhasiz, ota-onangizni baxtli bo‘lganidir.

Download 436 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling