Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja


MAVZU: QUR’ONI KARIM VA HADISLARDA ILM OLISH HAQIDA


Download 436 Kb.
bet9/42
Sana05.05.2023
Hajmi436 Kb.
#1427246
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
Bog'liq
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili

MAVZU: QUR’ONI KARIM VA HADISLARDA ILM OLISH HAQIDA.


REJA:
1. Quroni Karimda ilm olishga da’vat.
2. Hadisi sharifda ilm olish va uni boshqalarga o‘rgatmoq zarurligi haqida.
3. Ilm olishning bugungi kundagi ahamiyati.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida ilm so‘ziga shunday ta’rif berilgan: ilm – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, 1) o‘qish, o‘rganish hamda hayotiy tajriba asosida orttirilgan bilim va malakalar majmui; 2) fan.


Demak ilm, bu - o‘qimoq, yo‘zmoqni bilmoq, har bir kerakli narsalarni o‘rganmoqlikdir. Ilm dunyoning izzati. U inson uchun g‘oyat oily va muqaddas bir fazilat. Zeroki, ilm insonlarga o‘zining o‘tmishini, bugungi kunini tushuntirib beradi, kelajakning istiqbolini, taraqqiyot uchun yo‘lni belgilab beradi. Ilmsiz inson mevasiz daraxtga o‘xshaydi.Ilm insonlarni jaholat qorong‘uligidan qutqaradi.
Madaniyat insonga ma’rifat dunyosini tanitadi. Insonlarni yomon fe’llardan, buzuq ishalardan qaytaradi. Islom dunyosining muqaddas kitobi Qur’oni Karim Payg‘ambarimiz muhtaram Muhammad (s.a.v) janobimizga dastlab “Iqra”-“O‘qi”murojaati bilan nozil bo‘lishni boshlagan ekan.Yana muqaddas kitobimizning ko‘p joylarida insonlarni bilim olishga da’vatni uchratishimiz mumkin.
Hadisi sharifda ilm, ilm olmoqlik haqida quyidagi juda ajoyib bitiklarni o‘qiymiz:
“Beshikdan to qabrgacha ilm o‘rgan”.
“Ilm talab qilishlik har bir musulmon uchun farzdir. Ilm tolibi uchun hamma narsa, hatto dengizdagi baliqlar ham gunohini so‘rab istig‘for aytadi”.
“Bir soatgina ilm o‘rganish bir kechalik ibodatdan yaxshidir, bir kunlik dars olish esa uch oy tutilgan nafl ro‘zadan afzaldi”.
“Ilmga nisbatan go`yo cho`pon kabi posbon bo`linglar”.
“Ilmni o`rganib,so`ng uni boshqalarga o`rgatmaslik go`yoki molu dunyoni yig`ib, uni sarf qilmay ko`mib qo`yish bilan barobardir”.
Garchi Chinu Mochinda (Xitoyda) bo`lsa ham ilmni izlanglar”.
“Ilm egallang! –Ilm sahroda do`st , hayot yo`llarida tayanch, yolg`iz damlarda yo`ldosh , baxtiyor daqiqalarda raxbar, qayg`uli onlarda madadkor, odamlar orasida – zebu ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir”.
Ilm olmoqqa intilish har bir muslim, muslima uchun qarzu farzdir”.
“Kimki ilm izlab qadam qo`ysa Alloh taolo unga jannat yo`ini oson qilg`aydur”.
Boshliq bo`lmasingizdan avval ilmni chuqur o`rganing”.
Uyalgan kishi ilm ololmaydur”.
Ikki narsadan o`zgasiga hasad qilmoqlik joiz emas, biri- kishiga Alloh taolo halol mol-dunyo bersa-yu, Haq yo`lida sarflayotgan bo`lsa, ikkinchisi – hkishiga Alloh taolo ilmu hikmat ato etsa-yu, u shu ilmga asosan hukm chiqarayotgan va odamga bilganini o`rgatayotgan bo`lsa”.
Ilmning foydasi ochko`zlik bilan oltin- kumush to`plash uchun bo`lmay, balki u orqali inson uchun foydali narsalarga ega bo`lishdir”.


RIVOYAT
“Qadim zamonda Misrda aka-uka yashar ekanlar. Biri ilm o`rgandi, biri esa boylik orttirdi. Ilm o`rgangan aka zamonasining eng buyuk olimi bo`ldi. Boylik to`plagan uka esa Misrning eng badavlat kishisi bo`ldi. Boy uka faqir bo`lib qolgan ilmli akasini mensimasdi, uni doim kamsitardi:
- Men boy bo`ldim. Sen esa faqir va yo`qsilsan.
Akasi dedi:
- Ey, o`zini bilmagan qarindoshim!Tushunmasdan og`zingga kelgan so`zni gapirma! Men Janobi Haqqa qancha shukronalar qilsam arziydi. Mening nazarimda ilmdan buyuk, fazilatliroq boshqa narsa yo`qdir. Sen esa Firavnning, Xomonning va Qorunning merosiga ega bo`lding. Sen mol to`plading. “Molimning boshida cho`ponlik qilayin, qo`riqlayin”, deb umring besamar ketdi . O`lganingdan keyin hatto eski sopolni ham olib ketolmaysan.Men oyoq ostida chirqiragan bir qushcha kabi xokisorman.Sen esa ignang bilan hammani chaqadigan, ozor beradigan qizil qovoqari kabisan.Menga insonlarga azob beradigan quvvat bermagani uchun Janobi Haqqa qanchalar shukrona qilsam kamdir.”Bu rivoyat tagida ulkan haqiqat, hikmat yashiringan.
Barcha fozillar ilmni ulug`lab kelganlar, o`zlari esa uning sarchashmalaridan bahramand bo`lishga intilganlar. Turonning buyuk allomalari – Farobiy, Qoshg`ariy, Abu- Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Yugnakiy, Farg`oniy, Amir Temur, Ulug`bek, Bobur Mirzo, Navoiy va boshqa muborak zotlarning hayot yo`li bu fikrimizning dalilidir. Ul zotlar ilmning cho`qqisiga osonlikcha chiqqan emaslar. Chunki ilm-fanda to`ppa-to`g`ri yo`l bo`lmaydi. Ilm- fanning metin qoyalariga mashaqqatdan qo`rqmay tirmashib chiqqan kishilargina uning nurli cho`qqilarini zabt etishlari mumkin.
Ilm kishi zehnini o`tkir qiladi. Ilmsiz inson mevasiz daraxtga o`xshaydi. Ilm esa daraxt mevasi singari har shaxsga ozuqa beradi.Kishilik jamiyati hayotidagi muammolarni hal etishning yo`lini ko`rsatuvchi yo`lchi yulduz – bu ilmdir.
Bugungi kunda O`zbekiston rahbariyati jamiyatimiz taraqqiyoti uchun ilmli insonlarning nechog`lik zarur ekanligini nazarda tutib, 1997-yilda to`g`risida”gi yangi qonun va ayni paytda bu qonunning amalda ijro etilishini ta’minlashga xizmat qiluvchi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“ qabul qilindi. Bugungi kunda mazkur Qonun va Milliy dasturni bajarish yo`lida sa’yi- harakatlar qilinmoqda.
Hadisi sharifda ilm olmoq uchun dunyo kezish zarurligi masalasi ham ifodasini topgan. O`zbekiston yoshlarining chet ellarda bilim olayotganligi Hadisi sharif ko`rsatmalarining bugungi kunda ham ahamiyatini qayta topgani ifodasidir. O`zbekiston Prezidenti va hukumat esa yoshlarning chet ellarda ta’lim olishiga xizmat qiluvchi jamg`armasini tashkil etganligi kelajak avlodning bilim saviyasini ko`tarish yo`lida nechog‘lik xayrli harakatlar qilayotganini ko`rsatadi.
HIKMATLAR:
Bor ilmi va bilimini yozib qoldirgan olim avlodlar hurmatiga sazovordir.
Odamlarni qul qilish, davlatlarni bosib olish mumkin, lekin kishilarni ilmdan mahrum qilishga hech kimning kuchi yetmaydi.
Olim-u fuzalolari, shoir-u donolari bor xalq nihonatda baxtlidir.
Insonlarni ilmdan bahramand qilish savob ishdir. Demak, kimki kitob chiqarish yo‘lida riyozat cheksa u jannatidir.
Hayot va turmush kitobini o‘qish va undan olingan saboqlarni o‘ziga tadbiq etish saodatdur.
Donolar ilm olishning ahamiyati haqida g‘oyat purhikmat fikrlarni aytib ketishgan, mana ulardan ayrimlari:
1.Biliming osmonga yetgan bo‘lsa ham,
O‘zgalar ilmiga quloq sol har dam. Abu Shukur Balxiy.
2. Taqdir yomonlikni ko‘rganda ravo,
Saboq ol undan, ham topa ol ziyo. Abulqosim Firdavsiy.

3.Odamdan yuqori turarkan olam,


Bilim oshirmoqqa muhtojdir odam. Abu Abdullo Rudakiy.

4. Bilim boyligiga to‘ymaydi odam,


Kamaymas boshqaga qancha bersa ham.
Olamda bilimdir ganji bebaho,
Kim bilim egasi – o‘sha podsho.
Asadiy Tusiy.

5.Dilim ilmlardan mahrum bo‘lmabdi,


Bir sir qolmadiki, mavhum bo‘lmabdi.
Tun-u kun o‘yladim – yetmish ikki yil,
Angladim – hech narsa ma’lum bo‘lmabdi. Umar Xayyom.

Download 436 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling