Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja
MAVZU: BAXTINI MEHNATDAN TOPGANLAR
Download 436 Kb.
|
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili
MAVZU: BAXTINI MEHNATDAN TOPGANLAR
REJA: 1. Ilm, hunar, kasb egallashning ahamiyati. 2. Davlat mukofotlari. 3. Qahramonlar - yurt faxri. Hayot taraqqiyotida ilmga ahamiyat berish ham farz, ham qarz hisoblangan. Ma’naviyatda madaniyatning asosiy belgilaridan biri - savodxonlik va ilmdir. Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu aylayhi vasallam “Beshikdan qabrgacha ilm o‘rganingiz” deya marhamat qilganlar va muborak hadisda har bir musulmon ayol va erkakning ilm olmog‘i farzdir, deyilgan. Bugun va kelajakda yoshlarimiz hur fikrli, mustaqil, baquvvat bo‘lsalargina buyuk isteododlar maydonida o‘zlarini ko‘rsata oladilar, ular zamonaviy bilim sohibi bo‘lganlaridagina, dunyoning rivojlangan mamlakatlari yoshlari bilan xayoliy baxslasha oladidar. Insonning kamoloti, ma’naviy - yuksaklikka ko‘tarilishi, oliy axloqiy fazilatlar, ilm-fanni egallash orqaligina amalga oshishi mumkin.Fikr bilim nuri bilan nurlanmasa, inson nodonlik qorong‘uligida qoladi. Ruh ilm-u ma’rifat bilan komil bo‘ladi Hatto ilm-u ma’rifatning o‘zini hayot deb aytish ham mumkin. Dunyodagi har qanday yovuzlik nodonlikdan tug‘iladi. Baxtning ham, rohatning ham, boylikning ham negizi, asosi ilm-u ma`rifatdir. “Ilm martabasi martabalarning eng degan so‘z eng so‘zdir. Buyuk olim Arastu ham “Izzat ehtiromga loyiq bo‘lay, nomim abadiy qolsin desang ilm orttir” deb bejiz aytmagan. Ilm aqlli odamning aqlini oshiradi.. Ilmsiz odam mevasiz daraxtga o‘xshaydi. Ilm daraxti mevalardek har shaxsga ozuqa berib, madaniyat, insoniyat, ma’rifat dunyosiga olib kiradi. Ilm yomon odamlarni buzuq ishlardan qaytaradi. Ilm orqali yaxshi- yomonni, halol-haromni farqiga borish, do‘stlik va qarindosh - urug‘larining fazilatlarini anglash, haq-huquqlarini bilish mumkin. Ilmli, hunarli insongina go‘zal xulq, yuksak odob egasi bo‘la oladi. Ilm - ummonga qiyoslanadi.Katta mashaqqatlar bilan bu ummonni ichiga tushib terilgan fan javohirlari inson qiyofasiga go‘zallik baxsh etadi. Odob-axloq, go‘zal xulq ham ilm ummonidagi ziynatlardandir.Bu ziynatlarni qo‘lga kiritmoq uchun ummonning tub-tubiga sho‘ng‘imoq lozim. Ilm olish, hunar o‘rganish shu qadar mashaqqatliki, insondan yuksak matonat, sabot va metin iroda talab qilinadi. Zero “Ilm olmoq nina bilan quduq qazimoq” deb dono xalqimiz bejiz aytmagan. Ilm olish uchun astoydil uringan kishi yo‘lda uchraydigan har qanday mashaqqatni yengib o‘tadi, natijada ilmga yetishadi. Ilmli insonlarning ortidan yaxshi nom qoladi. Mol-davlat yig‘ib, so‘ng dunyodan o‘tgan insonlar ortidan ko‘proq yomon nom qoladi. Ilmli insonga hamma havas qilsa, badavlat insonga ko‘proq hasad qilinadi. Ilm hech qachon o‘lmaydi, u abadiy yashaydi. Hunarli kishi barcha insonlarning mushkulini oson qiladi. Hunarsizlik bu aqlsizlik bilan tengdir. Chunki hunar o‘rganib, mehnat qilish badanni yalqovlik, ya’ni bekorchilikdan qutqaradi, bekorchilik esa badanning fasod va bemorligiga sabab bo‘ladi. Hunar egallashda o‘rganish va eshitishdan nomus qilmaslik kerak ,shunda hijolat va pushaymonlikdan qutulasan. Hunarni donodan o‘rganiladi, ammo nodondan ham hunar o‘rgansa bo‘ladi, chunki nodonga ko‘ngil ko‘zi va aql nazari bilan qarab, uning nopisanda ishlarini ko‘rib, undan o‘zingizni tortasiz. Suqrot aytgan ekan: “Hunardin yaxshiroq narsa yo‘qtur va donishdan ulug‘roq narsa yo‘qtur, sharmdan yaxshiroq zevar yo‘qtur va badxo‘ylikdan yomonroq dushman yo‘qtur”. Hunarmand kishi hunari sababli qadr va martabasi o‘zgalardan baland bo‘lganini bilib, hunariga avvalgidan ko‘proq e’tibor berib, barcha katta-kichikka hunar o‘rgatsa xalq orasida aziz va ulug‘ bo‘ladi. Har bir kasbda qahramionlikka o’rin bor 1993- yil 7- mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan birinchi orden – birinchi va ikkinchi darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi. 1994- yil 5- mayda quyidagilar ta’sis etildi: “O‘zbekiston Qa’ramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali; “Mustaqillik” ordeni; “Jasorat” medali; “Shuhrat” medali. 1995- yil 30- avgustda quyidagilar ta’sis etildi: “Mehnat shuhrati” ordeni. Birinchi va ikkinchi darajali “Shon-sharaf” ordeni. 1996- yil 26- aprelda quyidagilar ta’sis etildi: “Amir Temur” ordeni. “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni. 1998- yil 28- avgustda quyidagilar ta’sis etildi: - “El-yurt hurmati” ordeni. Download 436 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling