Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja
Download 436 Kb.
|
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili
MAVZU: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz REJA: 1.Vatan tushunchasi. 2.Vatan shoirlar qalamida 3.Yurtimiz mutafakkirlarining jahon taraqqiyotida tutgan o‘rni. Inson uchun yorug‘ olamda zarur ehtiyojlardan biri bu Vatan tushunchasidir. Vatan bu ostonadan boshlanadi deyishadi.Vatan bu –sen sevib, ardoqlagan ona tuproq, aziz va mo‘tabar ona, Vatan bu mahallang vatan bu uying, Vatan bu uztozlaring .Odamzod borki, o‘zining nasl-nasabi, o‘sib ulg’aygan yeri, qishlog‘i, Vatanining tarixini, ya`ni avlod-ajdodlari tarixini bilishga intiladi. Bizning qadimiy mamlakatimiz tuprogidan ne-ne olim-u ulamolar, donishmandlar, faylasuflar, donishmand-siyosatchilar, sarkardalar va jasur insonlar yetishib chiqqanlar. Shuning uchun yurboshimiz bizning Vatanimizni nafaqat Sharq, balki, umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri ekanligini butun jahon tan olmoqda deb, o‘zining «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» asarida ta’kidlab o‘tadi. «O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi» deydi yurtboshimiz. Darhaqiqat, turkiy millat buyuk millat bo‘lgan. Taqdir ikki marta bu millatning toleini yuksaltirgan, birinchi marta, V-VI asrda Buyuk Turk Xoqonligining vujudga kelishi bilan katta bir mintaqada milliy davlat, milliy adabiy til shakllangan. Ikkinchi marta deyarli ming yil davomida butun mintaqada siyosiy hukmronlik turkiy elat namoyondalari qo‘lida bo‘lgan. Shu bilan birga bu millat ikki marta jiddiy muammolarga duch kelgan. Birinchi, Xorazmshohlarga Mo‘gullar bosqini orqali, ikkinchisi, Rossiya imperiyasining asorati. Islom mintaqasida turkiy sulolalar bir-biri bilan jang olib borib oxir oqibatda millatni parokanda qildilar. Ayniqsa, Movarounnaxrdagi oxirgi uch xonlikning o‘zaro mojarolari avval qaramlikka, so‘ng yagona Vatan - Turkistonning uzil-kesil parchalanishiga olib keldi. «Tarix xotirasi xalqning, jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o‘zlikni anglashni, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida muxim o‘rin tutadi. Tarix millatning tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda. (I.Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo’sag’asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari». Vatan haqida so‘z aytmagan shoir, qalam tebratmagan adib yo‘q.Vatan –bu eng go‘zal so‘z, eng ulug‘ tuyg‘udir. Chin vatanparvar insonlar bu -shoirlardir. Marhum shoir Muhammad Yusufni biz vatanparvarlik timsoli sifatida qadrlaymiz, e’zozlaymiz. Milliy ruhni shakllantiradigan,muntazam mustahkamlaydigan, ardoq bilan avaylab-asralishiga imkon beradigan eng odil omil ona tilidir.Til xalq, millat ruhining betakror va hech bir zamon xira tortmas ko‘zgusidir. Har bir tilda shu til egasi bo‘lgan millatning saviyasi, ruhiyati aks etadi.Shuning uchun ham bolaning tili ona tili sifatida chiqib, ona tili sifatida kamol topgandagina uning shuurida tom ma’nodagi milliy Ruh barqaror bo‘ladi.Millatimiz ramzi bo‘lgan bobokalonlarimiz – Imom al-Buxoriy va Imom at- Termiziyning nomlarini faxr bilan tilga olamiz. Ulug bobomiz Xoja Ahmad Yassaviy ruhi poklariga ehtiromimiz benihoya. Masalan, Ahmad Yassaviy sufiylik ilmiga qo‘shgan hissasi haqida gapirib, sufiylikning shartlarini keltiradi. Avval-kalimai shariat, ikkinchi - kalimai tariqat, uchinchi- kalimai ma’rifat, to‘rtinchi – kalimai haqiqatni bilmak kerak. Agar sufiy bo‘lib,bu kalimalarni bilmasa,sufiy emas,deb aytadi. Hoja Ahmad Yassaviy darveshlik haqida gapirib, darveshlikning qirq maqomi borligini aytadi. Agar bilib amal qilsa, darveshligi pok turur va agar bilmasa va o‘rganmasa, darveshlik maqomi anga harom erur va joxil turur, deb aytadi. Sivilizatsiya so‘zi lotincha bo‘lib, u grajdanlik, grajdanlikka oid, davlatga oid, degan ma’nolarni anglatadi. Sivilizatsiya tushunchasini shotland tarixchisi va faylasuf A.Fergyussen (1723-1816) jahon tarixiy jarayonining ma’lum bir bosqichini ifodalash uchun ishlatgan bo‘lsa, fransuz ma’rifatparvarlari aql-idrok va adolatga asoslangan jamiyat degan ma’noda ishlatgan edilar. (I.Raximov «Falsafa» T. 1999 yil.) IX-XII asrlarda mintaqamiz olimlari dunyoda mavjud bo‘lgan barcha ilm sohalariga o‘zlarining salmoqli ulushlarini qo‘shganlar. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy riyoziyot, mineralogiya, jugrofiya va boshqa dunyo fanlarida o‘rni va maqeiga ega. Xususan, algebra fanining asosichisidir.U arifmetika masalalariga oid kitobida hozir foydalanilayotgan o‘nlik pozitsiey hisoblash sistemasini tuzib chiqdi. Xorazmiyning «Ziji» asari Sharq va G‘arb mamlakatlarida astronomiyaning rivojlanish yo‘llarini ko‘rsatib berganligi sir emas. Yana bir vatandoshimiz Ahmad al-Fargoniy go‘zal vodiyning Kubbo shahrida tavallud topib, dastlabki bilimini ona shahrida oldi, so‘ng Marv, Bagdod, Damashq shaharlaridagi markazlarida ilmiy tadqiqot ishlarini davom ettirib, amaliy kashfiyotlar yaratib, dunyoga mashhur bo‘ldi. Uning buyuk xizmati katta meva berdi. Tarixdan ma’lumki, Ahmad al-Fargoniy va Abu Rayhon Beruniy an`analarining davomchisi xorazmlik Mahmud Changiy bo‘lgan. U falakiyot, falsafa, jugrofiya va riyozat sohalarida so‘nmas izlar qoldirgan. Ismoil Jurjoniy esa Xorazmshohlar davrida tibbiyot sohasida 12 jildlik nodir asar yaratgan, Faxriddin Roziy falsafa ,mantiq, huquqshunoslik, tibbiyot va boshqa sohalarda 150 dan ortiq ilmiy risola bitgan. Mahmud Qoshg ‘ariy «Devoni lugatit turk» («Turkiy so‘zlar devoni») asarini yaratdi. Unda X-X1 asrlarda mintaqamizda keng tarqalgan 75 mingdan ortiq turkiy so‘zlarning izohlari, grammatik va dialektik xususiyatlari, shuningdek urf-odatlar, shevalar to‘g‘risida keng ma’lumot berdi. Ushbu asar, ayniqsa, tilshunoslikning eng qimmatli namunasi, barcha turkiy xalqlarning milliy madaniyati manbai bo‘lib xizmat qildi. Odob-axloq ilmining buyuk namoyandasi bo‘lgan Ahmad Yugnakiy «Hibat-ul-haqoyiq» («Haqiqatlar tuxfasi») deb atalgan doston edi. U odamlarga Ma`naviy-axloqiy kamolot sirlaridan ta’lim beradigan nodir asar sanaladi. Yusuf Xos Xojibning 1070- yilda yozib bitirgan «Qutadg‘u bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari ham turkiy xalqlarning qadimgi yozma yodgorliklaridan biridir. O’sha davrda huuqshunoslik sohasida katta tadqiqotlar olib borgan olimlardan biri Burxoniddin al-Marg’inoniy edi. U dastlabki ta’limini Margilonda olib, so‘ng Samarqandga ko‘chib borib, umrining oxirigacha u yerda yashagan. Uning islom olamiga mashxur bo‘lgan "Xidoya"si ko‘p jildlik bo‘lib, musulmon huquq ilmi bo‘yicha eng aniq, mukammal asar sifatida olimlar tomonidan tan olingan. IX asrda yashab ijod etgan Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy islom ilmining buyuk olimi va muxaddisi bo‘lib yetishib chiqdi.Ul zot islomshunoslik sohasida 30 dan ortiq asar yozib, katta ma`naviy meros qoldirgan. Alloma o‘zining «Ishonchli hadislar to‘plami» asarini olti yil davomida yozgan. Ushbu asar 12 asrdan buyon islom ta’limotida Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan muxim manba sifatida yuksak baholanib kelinmoqda. Yana bir yurtdoshimiz Abu Iso Muhammad at-Termiziydir. U islom ilmini chuqur o‘rganib, «Payg’ambarlarning alohida fazilatlari», «Hadislardagi og‘ishishlar», «Ismlar va laqablar haqida kitob» kabi bir qancha asarlar muallifi. Mahmud az-Zamaxshariy, Abu Iso as-Samarqandiylar singari ilm sohiblari islom ilmini, madaniyat va fanni teran o‘rganib, targ‘ib qilgan, ular bir zamonda yashab ijod etganlar. Quroni Karim va hadisi sharif talablariga xos paydo bo‘lgan tasavvuf (sufiylik) ta’limoti XI asrga, kelib Movaraunaxrda keng tarqala boshladi. Abdulloh Ansoriy, Faririddin Attor, Boboi Samosiy, Sayd Mir Kulol, Yusuf Hamadoniylar o‘lkamizda sufiylik asoslarini dastlab targ‘ib etishgan. Bu ishga Xoja G‘ijduvoniy, Xoja Romitoniy, Ahmad Yassaviy va Sulaymon Boqirg’oniy va boshqalar ulkan ulush qo‘shishdi. Shuningdek, Xorazmda Najmiddin Kubro asos solgan ta’limotida Kubraviya birodarligining qoidalari ishlab chiqilgan. Ular sufiylikning ham nazariy, ham amaliy masalalarini ichiga oladi. Baxovuddin Naqshband asos solgan naqshbandiya ta’limotida «Dil-ba yoru, dast-ba kor», ya`ni (Diling doim Ollohda bo‘lsin, qo‘ling esa ishda) goyasi ilgari suriladi. O‘lkamizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy aloqalarning gurkirab rivojlanishi asosida me’morlik ham keng rivoj topdi. Masalan, Ismoil Somoniy maqbarasi o‘zining estetik ko‘rinishi, mustahkamligi, bezagi jihatidan hozir ham odamlarni hayratga soladi. Kattaqo‘rgondagi Tim maqbarasi, Termizdagi Qirqqiz qal’asi X-X1 asrlarga oid me’morchilikning ajoyib namunalaridir. Me’morchilik ustodlari usha davrlarda Movarounnaxrdagi shaharlarda ko‘plab salobatli binolar, masjid-u madrasalar, xonaqohlar barpo etdilar. Evropa mamlakatlarida esa o‘sha davrlarda inkvizatsiya hukmron bo‘lib, ilm-fan quvg‘inda, xurofot esa keng ildiz otgan edi. Evropaliklar qadimgi Misr, Messopotamiya, shuningdek, Xitoy, Xuroson, Xindiston, O‘rta Osiyo, Eron madaniyatlaridan uzoq vaqt bexabar bo‘lgan. Ko‘pchilik olimlarning ta’kidlashicha,qadimiy yunon falsafasi, xususan, Aristotel bilan Evropa to Uygonish davriga qadar, ya`ni XVI asrgacha, arab tilida bitilgan asarlar orqali tanishgan. Bu borada Sharq faylasufi Yoqub ibn Isoh al-Kindiy va vatandoshimiz al-Forobiy asarlari ularga qo‘l kelgan. Mashhur nemis olimi G.Gegelg‘ o‘zining «Tarix falsafasi» asarida «Fan va bilimlar, ayniqsa, falsafa G‘arbga arablardan o‘tgan », deydi. Sharqda yaratilgan aniq fanlar va tabiatshunoslikning yutuqlari, X-X1 asrlardan boshlab, arab tilida yaratilgan ulkan adabiyot va kashfiyotlar orqali G‘arb mamlakatlariga kirib borganligi azaldan ma’lum. Al-Xorazmiyning arifmetikaga bag‘ishlangan kitobi XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan. Tarjimaning XIV asrda kuchirilga yagona qo‘lyozmasi Angliyaning Kembrij universiteti kutubxonasida saqlanmoqda. Asar «Diksit Algorizmi», ya`ni «Al-Xorazmiy deydiki...» so‘zlari bilan boshlanadi. Bu qo‘lyozma matni 1857 -yili qayta nashr etildi. Seviliyalik Ioann tomonidan asar XII asrdayoq qayta ishlandi. Shu asosida darsliklar yaratildi. Bu nusxalarda ham «Algorizm kitobi» deb yozib qo‘yilgan. Rim papasi Silveste II davrida murakkab rim rakamlari o‘rniga Al- Xorazmiy ishlab chikkan arab raqamlarini iste’molga kiritish to‘g‘risida farmoyish berdi. Bu arifmetikani ispanlardan keyin italiyaliklar, fransuz va boshqa xalqlar ham o‘zlashtirishdi. Evropada «Al-Xorazmiy» talaffuzi asta-sekin o‘zgarib bordi va «algoritm» atamasi qo‘llanildi. Madaniyat, adabiyot, ilm-fan beshigi, bizning Vatanimizdir. Jahon tamadduniga yuksak xissa qo‘shgan bobokalonlarimiz haqida qancha gapirsak shuncha oz. Biz ularga munosib voris bo‘lishimiz zarur, zero kelajak bizning qo‘limizda . Download 436 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling