Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja


MAVZU: VATAN RAVNAQI YOSHLAR QO’LIDA


Download 436 Kb.
bet42/42
Sana05.05.2023
Hajmi436 Kb.
#1427246
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili

MAVZU: VATAN RAVNAQI YOSHLAR QO’LIDA.


REJA:
1. Xalqimizning qadri baland yigit qizlari.
2. Allomalar yurtining munosib vorislari.
3. Zulfiya qizlari, nixol chechaklari.

"Chin inson Quyoshdek o'ktam bo'ladi. Bunday insonlardan esa odamlar beminnat bahra oladilar. Inson uchun eng katta baxt pok odamlarning qalbida adabiy yashay bilishdir. Mehnatsevar kishining ajralmas sifati uning insonparvarligidadir. Mehnatsevarlik ona bo'lsa, uning eng yaqini dilbandidir. Insonparvar bobolarimizning o'tmishda jahon madaniyati taraqqiyotiga qo'shgan durdona hissalari qalbi daryo insonlarning hozirgi davrda qo'lga kiritgan olamshumul g'alabalari bilan chambarchas bog'liqdir. Ona - Vatanimizning baxt iqbolga erishishining tub mohiyatini chuqur anglamog'ing, bunday ulug' va baxtli hayotni bunyod etishda necha- necha minglab aziz va mo'tabar kishilarning kechagi bebaho umri, chekkan mashaqqatlari, xatto to'kkan qonlarini xis etmog'ing lozim. Bizning porloq ishimizda ajoyib bobolarimiz ruhi madadkorlik qiladi, ular o'zlarining durdona so'zlari bilan o'lmas g'oyalari bilan bizning safimizdadirlar. Ulug' bobolarimiz chin odamiylik, insonparvarlik hukm surgan baxtiyor kunlarni ko'rishni odamlar o'rtasida chinakkam insoniy munosabatlar bo'lishini va adolatli tuzum o'rnatilishini orzu qilganlar, xatto bu yo'lda jonlarini fido qilgan insonlar jahonda oz emas.


Rivoyatlarda aytilishicha, 25 yoshgacha bo'lgan umr tabiatning odamga bergan bebaho va beg'araz ehsonidir. Undan oqilona foydalanish insonning burchidir. Tarixga bir nazar solsak, barcha buyuk siymolar yoshlikda oz iste'dodlarini namoyish qila olganliklariga ishonch hosil qilasan. Xotirasi nihoyatda kuchli bo'lgan Alisher Navoiy yoshligidan boshlab o'z ijodiy kamoloti ustida zo'r g'ayrat va matonat bilan ishlagan, juda ko'p she'rlarni yod bilgan. U 12 yoshida g'azal bitib Lutfiy olqishiga sazovor bo'lgan. Yosh qalb egasini oqar daryo kabi to'lib toshib turgan kuch qudrat va beqiyos katta g'ayrat bezaydi. Shunday yoshlik aslo takrorlanmaydi. Yoshligida faqat ota-onadan mehribonlik kutib, o'zi ularga g'amxo'rlik qilishga odatlanmagan bola ulg'aygach, suv yutib, suv bermaydigan o'pqon kabi odamlarga manfaati tegmaydigan xudbin bo'lib qoladi.
Insonparvar kishi qanday vazifa va lavozimda ishlamasin, u odamlar to'g'risida tinmay g'amxo'rlik qiladi. Inson hayotida uchraydigan yulg'ichilarga, laganbardorlarga, ig'vogar va maishatparastlarga, maqtanchoq va shuhratparastlarga qarshi keskin kurash olib borishi kerak. Har bir xalqning salohiyati avallo uning ma'naviy kamolati, aql zakovati, kuch qudrati va bunyodkorlik dahosi bilan belgilanadi. Inson orzu havas bilan yashaydi. Buyuklikni va'da qiluvchi cho'qqilarga oshiqadi. Yuraklariga sig'magan jo'shqin his- tuyg'ulari gulga kirib, meva berishini orzulaydilar. Hayotning dolg'ali dengizlariga umidbaxsh jilg'a bo'lib qo'shilish istagida ulg'ayadilar.
Jamiyatimiz ularning g'ayrat- shijoati, yorqin iste'dodi, guvillab safga qo'shilayotgan yoshlarning navnihol ijod samaralari bilan ko'rkam va badavlatdir. Mamalkatimizda yoshlarning ma'naviy yetuk shaxslar sifatida ulg'ayishi, jamiyat hayotidan tezroq o'z o'rnini topishi uchun yetarli shart sharoitlar yaratilgan.
Zulfiya nomidagi mukofotning tas'is etilishi ham shu yo'ldagi navbatdagi qadamlardir. Ular iqtidorli qizlarimiz ijodi hayotdagi, o'qishdagi muvaffaqiyatlari har jihatdan qo'llab- quvatlanishi, yangi dovonlarni zabt etishda tolmasligi uchun rag'bat vazifasini o'taydi.
Donishmand xalqimiz el-yurt xizmatiga umrini bag'ishlagan aziz va jonkuyar farzandlari nomini doimo yosh avlodga ko'z- ko'z etib, eslatib turadi. Shu ma'noda yurtboshimiz tashabbusi bilan Zulfiya nomidagi davlat mukofotining ta'sis etilishi mamlakatimizdagi noyob iste'dod sohibi bo'lgan, zukko va bilimdon, o'qishda, jamoat ishlarida alohida ibrat ko'rsatgan qizlarimizning mana shu mukofot bilan taqdirlanishi ma'naviy hayotimizdagi quvonchli voqea desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi. Bu mukofot yoshlar uchun qizg'in ijodiy izlanish va musobaqaga chorlovchi da'vat, mehribonlik ramziga aylandi.
Azim chinorlar ham qachondir nihol bo'lgani kabi buyuk siymolar ham qachondir yosh iqtidor bo'lgan. Xalqimiz o'z iqtidorlarini kipriklarida asrab, ularni yuksak cho'qqilarni zabt etishga undayotgan ekan, istar edikki, bunday hurmat va e'tiborga sazovor bo'lgan har bir yosh o'ziga bildirilgan ishonchni mardona oqlab, el- yurt nazarida turganini hech qachon unutmasligi ona xalqi, uning baxtu saodati uchun bag'ishlashi darkor.
Yurtimizdagi har bir oila, har bir ota-ona o'z farzandlari qiyofasida, o'nib- o'sib kelayotgan yosh avlod timsolida olijanob insoniy fazilatlarni namoyon etishga qodir barkamol insonlarni ko'radi. Ularning baxtli saodatli bo'lishini orzu qiladi.
Biz o'z taqdirimizni qo'limizga olib, yangi hayot yangi jamiyat qurishga kelajagimizni jahon hamjamiyatining uzviy bir qismi sifatida barpo etishga azmu qaror qilgan dastlabki kunlardanoq bunday yuksak maqsadlarga erishishning eng muhim sharti- o'z mustaqil fikriga ega, mustahkam irodali, chuqur bilimli, dunyoda xech kimdan kam bo'lmagan sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish bilan bog'liq ekanini teran angladik. Ana shu maqsadni amalga oshirish yo'lida dastlabki, ayni paytda tarixiy qadam bo'lgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqdik va hayotga tadbiq etishga kirishdik. Bu dasturning o'zbek modeli sifatida bugun dunyoda tan olinayotgani, bu sohadagi ishlarimizga boshqalar ehtibor va havas bilan qarayotgan uzoqni ko'zlab tuzilgan rejalarimizning to'g'ri va hayotiyligidan dalolat beradi. Yaxshi niyat bilan parvarish qilingan daraxtning dastlabki mevasi hamisha totli bo'ladi. Sizdek baxtiyor avlodning chehrasiga boqib, ana shunday ulug' maqsadlarimizning shirin mevasi, oliyjanob intilishlarimizning ilk nishonasini ko'rib turibmiz desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. Mustaqil taraqqiyotimizning ustivor yo'nalishini tashkil etadigan sog'lom avlod harakatining debochasi sifatida mana shunday ulkan o'zgarishlar davridagi imkoniyatlardan bahramand bo'lish baxti aynan sizlarga nasib etayotgani o'ziga xos ma'noga ega.
Download 436 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling