Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja
Ota-onaga izzat - hurmat, oilada sadoqat va g’amxo’rlik shaxs ma’naviyatining yuksak odobi
Download 436 Kb.
|
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili
Ota-onaga izzat - hurmat, oilada sadoqat va g’amxo’rlik shaxs ma’naviyatining yuksak odobi
Ota-onaning oiladagi moddiy, tashkiliy tarbiyaviy va o’zaro shaxsiy masalalar yuzasidan bir-biri bilan bo’ladigan munosabatlari sof, samimiy, erning xotiniga, xotining eriga, nisbatan o’zaro hurmati, iffati asosida qurilsagina, bunday oilada musaffo ma’naviy muhit vujudga keladi. Ayniqsa, ota-ona munosabatidagi sabrlilik, o’ylab, aql-zakovat bilan oila yumushlarini birgalikda, maslahatli hal etish, ularning biri-biriga mehribonligi, farzandlariga bir xil muamolada bo’lishi, har ikki tomoning qarindosh – urug’lariga bir xilda mehr-muhabbat, hurmat bilan qarashi, bir so’zliligi, haqiqatni gapirish kabi ijobiy fazilatlarga ega bo’lishi, shuningdek sog’lom hayot kechirishi, chekish yolg’onchilik, maishiy buzuqlik, dimog’dorlik, manmanlik va boshqa shu kabi illatlardan xoli bo’lishi oilaviy munosabatlar madaniyatining sofligini ta’minlovchi xususiyatdir. Har bir ota-ona o’z farzandlarining bilimli, ma’lumotli, ma’lum kasb egasi, komil inson bo’lib yetishini ta’minlash uchun avvalo qo’yidagilarga rioya qilish kerak: 1.Ota-onaning oilaviy hayotida ko’rgan – bilganlariga suyangan holda bola tarbiyalash (oilaviy an’ana, urf-odat, rasm-rusum, pand-nasihat va boshqalar). 2. Pedagogik adabiyotlarni o’rganish va ularga amal qilish. Kundalik hayotda uchraydigan voqea va hodisalarga munolsabat bildirish lozim (televidenieda ko’rgan, radioda eshitgan va boshqalar). Oilaviy muhitdagi iliqlik, hamokrlik, ya’ni ijobiy namunalar orqali bolaning har bir faoliyatini boshqarish, bilmaganini o’rgatish va boshqalar. Demak, bola odob-ahloqqa doir bilimni oilada olish loizm. qadimgi yunon faylasufi Epiktet: «Otaning jiddiyligini ajoyib doru: unda achchiqdan ko’ra chuchuk ko’proqdir», -degan. Shariatimizda har bir insonning bir-biriga haq-huquqlari bor. Avvalo er-xotinning haq-huquqlar, so’ngra ota-ona bilan farzand orasidagi haq huquqlar. qo’shnichilik, qavm-qarindoshlik, dindoshlik, ya’ni musulmonchilik haq-huquqlari va hokazo. Ota-onaning farzand oldidagi burchlari: Farzand dunyoga kelgach unga chiroyli ism qo’yish. Farzandning o’ng qulog’iga azon, chap qulog’iga takbir aytish kerak. Farzanga aqiqa (yangi mehmon dunyoga kelganda ziyofat berish) qilish. Farzandga ilm o’rgatish. Diniy va dunyoviy ilmlar, kasb hunarni o’rgatish. «Xitoyda bo’lsa ham ilm talab qilinglar» degan hadisda. «Xitoy» so’zidan ma’lumki, u yerda bizga kerakli bo’lgan diniy ta’lim yo’q, balki, dunyoviy ilmlar rivoj topgan. Farzand voyaga yetgach, o’g’il bo’lsa uylantirish, qiz bo’lsa, kechiktirmay turmushga berish zarur. Rasullulloh: «Nikoh mening sunnatlarimdandir, kimki undan yuz o’girsa, bizdan emasdur» deganlar. Farzanlarning ota-ona oldidagi burchlari: Ota-onaning farzandda 10 ta haqqi bor: 1.Muhtoj bo’lganda taomlantirmoq. 2. Xizmatini qilmoq. 3. Chaqirganda labbay, deb javob bermoq. 4. Gunohdan boshqa ishlarga buyursa itoat etmoq. 5. Ota-ona bilan yumshoq muomalada gaplashmoq. 6. Ota-onani, qodir bo’lsa, libos bilan ta’minlamoq. 7. Ota-onaning orqasida yurmoq. 8. O’zi rozi bo’ladigan narsani ota-onasiga ham ravo ko’rmoq. 9. O’ziga yomon ko’rgan narsani ota-onasiga ravo ko’rmaslik. 10. Doimo o’zi uchun duo qilganda, ota-onaga ravo mag’firat so’rab duo qilmoq. Download 436 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling