Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja
MAVZU: 9- MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI
Download 436 Kb.
|
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili
MAVZU: 9- MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI
REJA: 1. Xotira o’zbekning azaliy odati 2. 9- may xotira va qadrlash kunining O’zbekistonda nishonlanish Xotira deganda, barchamiz qon-qonimiz, suyak-suyagimizga singib ketgan muqaddas tuyg‘uni tushunamiz. Chindan ham, o‘tganlarni xotirlash, ularning ruhini yod etish xalqimiz uchun asrlar davomida ezgu an’ana, ezgu odatga aylanib qolgan. Tarixiy xotira – bu avvalo hayot mazmunini, avlodlar o‘rtasidagi vorislik tuyg‘usini anglash demakdir, dedi davlatimiz rahbari. Uzoq-yaqin o‘tmishda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan bugungi va ertangi kun uchun zarur saboq va xulosalar chiqarib yashash demakdir. O‘z bolalari va avlodlariga, ularning ongu shuuriga ajdodlar ruhiga hurmat va ehtirom tuyg‘usi bilan yashashni singdirish demakdir. Ikkinchi jahon urushi, uning jarohatlari el-yurtimiz xotirasida umrbod saqlanadi. Ko‘pni ko‘rgan, jafokash xalqimiz bu urushda ne-ne asl farzandlaridan, oilaning tayanchi va suyanchi bo‘lmish qancha-qancha navqiron o‘g‘lonlaridan judo bo‘lgan. Xalqimiz qadim-qadimdan o'z ajdodlarini munosib xotirlab kelgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 12 maydagi farmoishga binoan, 9 may «Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanadigan bo'ldi. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Vatan va xalq ozodligi yo'lida qurbon bo'lgan fidoyilar xotirasini abadiylashtirish to'g' risida" gi qarori ham e'lon qiiindi. Ajdodlarimiz azal-azaldan vafot etgan yaqinlari, qarindoshlarini eslab qabristonlarga borishgan, qabrlarni tozalab, atrofiga tol-terak, gulu rayhonlar ekkan, yaxshi fazilatlarini hotiralashgan. Yurtimizda islom dini joriy qilinishi bilan «Qurbon xayiti», «Ramazon xayiti» arafalarida marhurnlar cslanib, ularning ruhiga duoi fotiha o'qilgan.Tongda qabristonga borilib, qabrlar ziyorat qilingan. Marhum ota-onalar, aka-opalar, qarindosh-urug', ustozlar esga olingan. Uzoq muddat sobiq mustabid davrida bunday marosimlar qoralanib kelindi, ta'qiqlandi. lstiqlol yillarida ular qayta tiklandi. Endilikda o'tgan ajdodlarimizni xotiralash va mo'tabar zamondoshlarimiz hurmatini joyiga qo'yishda "Xotira va xotiralash kuni" ning nishonlanishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu kun o'z mohiyati bilan boshqa bayram va an'analarimizdan farq qiladi. U odamlardan o'tgan ajdodlanli eslashgina emas, Vatan uchun kurashda halok bo'lgan, xalq farovonligi va mamlakat taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shgan kishilaming xotirasini y'od olish hamdir. Hozirgi paytda yurtimizda "Xotira va qadrlash kuni" ni nishonlash borasida talaygina ibratli ishlar qilinmoqda. “Xotira va qadrlash kuni”, ajdod-avlodlami bir-biri bilan bog'lash, yurtdoshlarimizda mehr-shavqat, muruvvat, o'zligini anglash, hayotning qadriga yetish hissini kamol topdirishda muhim ahamiyat kasb etaveradi: Ajdodlarinliz xotirasini e'zozlash borasidagi ana shunday oliyjanob ishlarga Islom Karimov rahbarligida Toshkcnt shahri markazida barpo qilingan “Shahidlar Maydoni”, “Motamsaro ona” haykali yaqqol misol bo'la oladi. Har bir xonadon, maha11a, tuman, viloyatda hurmat-e'zozga munosib kishilarko'p o'tgan. Ba'zilarini hatto oila a ‘zolari, keyingi avlod eslamaydi, bilmaydi. Binobarin, faqat mashhurlami cmas, nom-nishonsiz kctgan oddiy kishilami ham nomini tiklash hozirgi davrda har bir maktab, mahallaning vazifasidir. Shuningdek. mash'um urushda halok bo'lgan bobolarimizni eslash, urushdan omon qaytgan va kundan-kun siyraklashib borayotgan fahriylarning, mamlakat ichkarisida mchnat qilgan tabarruk qariyalarimizning holidan xabar olib turish yosh avlod zimmasidagi ham qarz va farz. 1999 yili 9 may kuni O'zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9 may Xotira va qadrlash kuni deb nishonlanmoqda. Ushbu bayram mustaqil O'zbekistonda asrlar davomida qaxramona, o'lkamizni ximoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag`ishlangan. Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma'noga egadir. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashishlarda qatnashgan, o'z Vatanini himoya qilishda joniga fido qilgan, shuningdek To'maris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Nadjmiddin Kubro, Namaz-batir kabi qaxramonlar va asrlar davomida xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan Kadiri, Bexbudi, Munavvar-kari, Cho'lpon, Avloni, Fitrat, Usmon Nasoir kabi milliy qaxramonlarimizni ruxini shod etib eslash ham farz ham qarzdur. Agar urush arafasida O‘zbekistonda 6,5 millionga yaqin aholi yashagan bo‘lsa, shundan 1,5 millioni urushda bevosita ishtirok etgan. Yosh go‘dak va bolalarni, qariyalar va ayollarni hisobga olmaganda, xalqimizning 40 foizdan ko‘prog‘i qo‘liga qurol olib, jangu jadallarda qatnashgan. Va bu dahshatli qirg‘inda qariyb 500 ming yurtdoshimiz, ya’ni urushda qatnashganlarning 30 foizi halok bo‘lganini inobatga oladigan bo‘lsak, erishilgan G‘alabaning qadr-qimmati nechog‘li baland ekani, O‘zbekiston xalqining fashizmga qarshi kurashga qanday katta hissa qo‘shgani yaqqol ayon bo‘ladi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2011 yil 22 aprelda qabul qilingan «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi farmoni mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ko‘rsatilayotgan ehtiromning yana bir yorqin ifodasidir. Mazkur farmonga muvofiq barcha shahar va tumanlarda, qishloq va mahallalarda urush qatnashchilari va nogironlariga pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. 9 may. Poytaxtimizdagi Xotira maydoni har qachongidan gavjum. Bu yerga urush va mehnat faxriylari, hukumat a’zolari, deputatlar va senatorlar, harbiylar, jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi. Download 436 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling