Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja


MAVZU: BUGUNGI TURMUSHIMIZ MEZONLARI


Download 436 Kb.
bet40/42
Sana05.05.2023
Hajmi436 Kb.
#1427246
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili

MAVZU: BUGUNGI TURMUSHIMIZ MEZONLARI
REJA:
1.Oila va jamiyatning o’zaro munosabati hamda oilaning ma’naviy va huquqiy asoslari.
2. Ota-onaga izzat - hurmat, oilada sadoqat va g’amxo’rlik shaxs ma’naviyatining yuksak odobi
3. Oila va jamiyatning o’zaro munosabati hamda oilaning ma’naviy va huquqiy asoslari
Oila-nikohga yoki tug’ishganlikka asoslangan kichik guruh, Uning a’zolari ro’zІorlarining birligi, o’zaro yordami va ma’naviy mas’uliyati bilan bir-biriga bog’langan. Oila jamoa-urug’chilik tuzumning yemirilish bilan barg’aror uyushma bo’lib vujudga keldi.
Oila jamiyatning birinchi va birlamchi zarrasidir. Jamiyat ana shu kichik zarralardan tashkil topadi. Lekin u shunchalik zarra emas, tirik vujudlar ittifog’idir. Har bir tirik vujudning o’zi alohida bir olam. Er va xotin-ikki tirik vujudning, ikki olamning o’zaro ittifog’idan paydo bo’lgan uchinchi bir olam bu oiladir. Ittifog’ iborasida ahllik, totuvlik, degan ma’nolar ham bor, albatta. Agar oila hag’ig’atan tinch-totuv, ahil bo’lsa, olam guliston. Aks holda, turmush do’zahga aylanadi. Jamiyatga moddiy va ma’naviy ziyon yetadi. Oila fag’at er va xotinning o’zidan iborat emas. Oila er-xotin, ularning bola-chag’alari, eng yag’in tug’ishganlaridan iborat gurh, boshg’acha aytganda xonadondir. Oila odamlarning tabiiy, ig’tisodiy, hug’ug’iy, ma’naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligidir. Tabiiyki munosabat deyilganda-er-xotinlik munosabatlari, bola ko’rish; ig’tisodiy munosabat deyilganda-mulkiy munosabatlar; uy-ro’zg’or, hovli-joy-boshpana-kichik vatan; hug’ug’iy munosabat deyilganda-nikohni davlat yo’li bilan g’ayd etish nazarda tutilmog’da. Oilada rasmiy tus olgan tag’dirdagina, er xotin oldida, xotin eri oldida, ularning ikkovlari farzandlari oldida, farzandlari ota-onalari oldida mas’uliyatdi va burchli bo’ladilar; ma’naviy munosabat deyilganda-esa er-xotin, ota-ona va bolalar o’rtasidagi mehr-muhabbat, mehr-shafg’at, mehr-og’ibat, odob-axlog’, ta’lim-tarbiya kabi insoniy tuyg’ular va talablar ko’zda tutiladi.
Oila a’zolari bir-biri bilan umumiy turmush o’zaro ig’tisodiy-mulkiy, hug’ug’iy, axlog’iy, ruhiy alog’alar bilan bog’lanadi. Oilaning birinchi vazifasi o’z nasl-nasabini davom ettirishdan, solih va soliha farzandlarni tanrbiyalashdan, oila a’zolarining tirikchiligini, bo’sh vag’tini ko’ngilli o’tkazishni ta’minlashdan iboratdir.
Oilaviy munosabatlar nisbatan mustag’il hodisa bo’lib, oilaning ikchi ishlariga hech kim huda-behuda aralashishga hag’li emas. Shu sababli oila mug’addas va dahlsiz hisoblanadi. Ramziy g’ilib aytganda, oila o’ziga xos kichik bir muhtor davlatdir. Lekin oila osmondan tushmaydi, oila jamiyat tashg’arisida emas, uning tarkibidadir. Oilaviy munosabatlar jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, ig’tisodiy, mafkuraviy va ma’naviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular ta’sirida o’zgarib boraveradi. Oilaviy munosabatlar jonli, o’zgaruvchan jarayondir. Shunga ko’ra har bir jamiyat o’ziga mos va xos oila turini tanlaydi va shakllantiradi. Masalan, XII asrdagi o’zbek oilani bilan bugungi o’zbek oilasi o’rtasida muayyan farg’lar bor.
Amerika faylasufi Jorj Santayana (1863-1952) ta’kidlaganidek, "Oila tabiatning shoh asarlaridan biridir. Odam oiladi kamol topadi. Xuddi mana shu yerda u birinchi g’uvonch va tashvishlarni tatib ko’radi. qadimgi yunon faylasufi Aflotun oila tashkil g’ilishda yigit g’anday oilada tarbiya topgan qizga uylanajagini, qizning ota-onalari esa g’anday oilalarga qizlarini berayotganlarini yaxshi bilishlari kerak, deb hisoblagan. 35 yoshgacha turmush ko’rmagan odam jamiyatda albatta "bo’ydog’lik" bojlarini to’lashi kerakligini Aflotun g’onun tarig’asida joriy ettirgan. Arastu fikricha esa, oila-bu odamlar mulog’atining dastlabki ko’rinishi bo’lib, oilalar majmuidan davlat kelib chiqqan.
Oilaning jamiyat oldidagi vazifalaridan biri-farzand ko’rish va tarbiyalash g’oyat muhimdir. Aholi soni ma’lum muayyan ko’rsatkichda bo’lib turishi uchun har 1000 oilaga 260 ta bola to’g’ri kelishi kerak. Anig’rog’i, 100 oiladan 60 tasida 3 tadan, 40 tasida 2 tadan bola bulishi lozim. Demografik olimlar hisoblariga ko’ra, agar har bir oila bittadan farzanda ko’rsa, 8 avlodga kelib, ya’ni 200 yildan keyin bu xalg’ millat tarig’asida yo’g’ bo’lib ketishi mumkin ekan.
Oila va jamiyat bir-biriga chambarchas bog’lig’ tushuncha bo’lib, jamiyatning o’zi ham oilalardan tashkil topadi. Oila esa o’z o’rnida jamiyat bag’rida vujudga keladi, rivojlanadi. Ayni paytda oilaning jamiyatda o’z vazifalari mavjud. Oilaning mohiyati va vazifalari dunyodagi barcha xalg’lar uchun bir xildir. Lekin uning tashkil topishi, tarag’g’iy etishi va oiladagi vazifalarini bajarish jarayonlari har bir xalg’da alohida, o’ziga xos xususiyatga ega. o’zbek oilasining dunyodagi boshg’a oilalarga o’xshash tomonlari ko’p. Shu bilan birga uning o’ziga xos jihatlari ham bor.
Oilaning ma’naviy va huquqiy asoslari: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlatning oilaga munosabati aniq va lo’nda ifodasini topgan. Xususan, Asosiy qonunning 63- moddasida "Oida jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish hug’ug’iga ega" degan g’oida mavjud. qadim Sharg’da yolg`iz kishi odam sanalmagan.
Oila huquqi-nikoh tuzish va nikohni bekor g’ilish tartibi va shartlari; er-xotin, ota-ona bilan bolalar o’rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlar; farzandlikka olish, vasiylik va homiylik, bola asrab olish tufayli kelib chig’adigan munosabatlar; fug’arolik holati dalolatnomalarini g’ayd g’ilish tarzini belgilaydigan hug’ug’iy me’yorlar yig’indisidan iborat. O’zbekiston Respublikasi oila huquqining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
-oila jamiyat va davlat muhofazasi;
-barcha fuqarolar: jinsi, irg’i, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida teng;
-ayol bilan erkak oilada teng huquqqa ega;
-faqat yakka nikohlikni tan olish va uni mustahkamlash uchun yordam berish;
-ixtiyoriy va erkin nikoh;
-davlat nazorati asosida nikohdan erkin ajralish;
-davlat otalik, onalik va bolalikni muhofaza etadi va ularning manfaatlarini har tomonlama himoya g’iladi;
-bolalarni milliy istig’lol mafkurasi asosida tarbiyalash va boshg’alar.
Yangi "Oila kodeksi" ga va Konstitutsiyamizning 63-modda, 2-g’ismiga binoan "Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng hug’ug’liligiga asoslanadi. BMT ning 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan "Inson hug’ug’lari Umumjahon Deklaratsiyasi" ning 16-moddasida:

  1. Balog’at yoshiga yetgan erkaklar va ayollar irqi, millati va diniy belgilari bo’yicha hech qanday cheklashlarsiz nikohdan o’tishga va oila qurishga haqli. Ular nikohdan o’tishda, nikohda turgan vaqtlarida va uni bekor qilish vaqtida bir xil huquqdan foydalanadilar.

  2. Nikohdan o’tayotgan har ikki tomonning erkin va to’liq roziligi asosidagina nikoh tuzilishi mumkin.

  3. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy xujayrasi sanaladi va jamiyat hamda davlat tomonidan himoya qilinishga haqli.

O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 30 aprelda Oliy Majlis II sessiyasida qabul qilindi. U 8 bo’lim, 238 moddadan iborat. Oila kodeksi qo’yidagi bo’limlardan tashkil topgan:
1 – bo’lim. Umumiy qoidalar.
2 – bo’lim. Nikoh.
3 – bo’lim. qon-qarindoshlik va bolalarning nasl-nasabini belgilash
4- bo’lim. Ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning huquq va majburiyatlari.
5- bo’lim. Oila a’zolarining va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari.
6- bo’lim. Ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarningjoylashtirish shakllari.
7- bo’lim. Fuqorolik holati dalolatnomalarini qayd etish.
8- bo’lim. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni tartibga solish. Oila kodeksi 1998 yil 1 sentyabrdan amalga kiritildi.
1998yil 2- fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazini tashkil etish to’g’risida»gi qarorini qabul qildi. Bu qaror Prizidentimiz tomonidan 1998- yilni «oila yili» deb elon qilinishi munosabati bilan qabul qilindi. qarorda ta’kidlanishicha, «Oilaning jamiyatni o’zgartirishdagi tutgan o’rni va ishtirokini yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ahloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlt tomonidan qo‘llab quvatlashini kuchaytirish hamda izchil ta’minlash» xususida gapiriladi. Oila manfaatlarini ta’minlash borasidagi tadbirlar Davlat dasturi kompleks tusiga ega bo’lib, u 150 dan ortiq tadbirni o’z ichiga oladi.. .1998 yilda oila manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilgan dasturiy tadbirlarni ruyobga chiqarish uchun davlat byudjetidan 144,8 milliard so’m mablag’ ajratildi. Respublika Xotin-qizlar qo’mitasi huzurida Respublika «Oila» ilmiy amaliy markazi tashkil etildi. Bu markaz ToshDU va Nizomiy nomidagi TDPI oila va muammolarni o’rganish labaratoriyalari negizida tashkil etildi.
Bugungi kunda O’zbekistonda 24 million aholi va 4 million oila bor. Har yili 250 ming yangi oila qo’shilib bormoqda. Ba’zi manbalarda respublikamizda 3,8 million oila mavjud deyilgan. SHundan 58,7 foizi 5 va undan ko’p bolali serfarzand oilalarni tashkil etadi. Respublika aholining 43 foizini esa 9sh avlod, ya’ni 15 yoshgacha bo’lganlar tashkil etadi.

Download 436 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling