Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja
MAVZU: MILLIY QADRIYAT VA MILLIY G’OYA
Download 436 Kb.
|
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili
MAVZU: MILLIY QADRIYAT VA MILLIY G’OYA
Reja: "Qadriyat" tushunchasining tahliliMilliy qadriyatimiz va istiqlol mafkurasiQadriyat - tabiiy va ijtimoiy hayotda namoyon bo`ladigan, odamlar tomonidan qadrlanadigan, ular uchun foydali, ahamiyatli, moddiy-iqtisodiy, madaniy - ma'naviy, mafkuraviy, siyosiy, huquqiy, diniy, milliy, ijtimoiy omillar yig`indisidir. Sobiq SSSR davrida qadriyat nazariyasi uzoq davr mobaynida umuman ishlanmadi. Rasmiy mafkura va siyosat sovet xalqining yaxlitligi, birligi, xalqining bir-biriga yaqinlashishi va qo`shilib ketishi g`oyasini ilgari surganidan keyin, xalqlarning o`ziga xosligi, tarixiy merosi, o`tmishi, urf-odat, rasm-rusmlarini, dinini, umuman, xalq uchun qadrli, aziz bo`lgan barcha narsalarni ifodalashi mumkin bo`lgan falsafiy tushuncha qadriyat tushunchasi muomalaga kiritilmadi. Katag`on yillarida avj olgan dinga, tarixiy merosga, eskilik sarqiti sifatida mahaliy urf-odat va marosimlarga qarshi kurash esa aslida qadriyatlarga qarshi kurash edi. Xalq va millatlarni asoratda saqlashning eng oson yo`li, ularni qadriyatlardan ajratish, uzoqlashtirish edi. Imperiya yemirilib, xalqlarning mustaqillikka bo`lgan harakatlari kuchaygan sari odamlar qadriyatlar masalasiga tez-tez murojaat qila boshladilar. Mohiyat va mazmunga kura qadriyatlarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin: 1.Tabiiy qadriyatlar. Tabiiy qadriyatlar insonni o`rab turgan, insonning paydo bo`lishi, rivojlanishi va yashash uchun zarur bo`lgan tabiiy muhit va sharoitlar majmuasidan iborat. Bularga yer, suv, havo, foydali qazilmalar, quyosh, koinotdagi sayyora va yulduzlar, usimliklar, xayvonot va parrandalar, qisqasi, jonsiz va jonli tabiat kiradi. 2.Ijtimoiy qadriyatlar. Jamiyatning hayotiy faoliyati uchun zarur bo`lgan va insoniyatning taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan ijtimoiy soha va tuzilmalarning majmui (ishlab chiqarish, korxona, tashqilot, muassasa, oila, millat, sinf va x.k). 3.Qadriyatlar sistemasi ichida eng ahamiyatlisi va oliysi bu insondir. Inson uz hayot faoliyati jarayonida jamiyatda yashaydi, tabiat orqali esa o`z extiyojlarini qondiradi. Qadriyat tushunchasining o`z narsa va xodisalarning insonga aloqadorligi, inson uchun ahamiyatliligi, inson uchun qadrliligi tufayli kelib chiqqan va inson tomonidan ishlab chiqilgan. Qardiyatlar ikki turga bo`linadi. 1. Moddiy qadriyatlar. 2. Ma'naviy qadriyatlar. 1. Moddiy qadriyatlar. Insonni o`rab turgan moddiy dunyo, insoniyatning mavjudligi uchun zarur bo`lgan tabiiy imkoniyatlar, uning mehnat faoliyati mobaynida yaratgan barcha moddiy narsalar kiradi. 2. Ma'naviy qadriyatlar. Insoniyatning ma'naviy extiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan ilmiy bilimlar, falsaviy, ahloqiy, huquqiy, siyosiy, estetik, badiiy, diniy g`oya va ideallar yig`indisi ma'naviy hayot qadriyatlari deb ataladi. Insoniyatning madaniy taraqqiyoti darajasini o`zida aks ettirib, inson faoliyati qadriyatlari quyidagi guruxlarga bo`linadi. 1. Umuminsoniy qadriyatlar. Umuminsoniy qadriyatlar butun insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy madaniyat, ilmiy, falsaviy, ahloqiy, estetik, huquqiy, siyosiy, badiiy, ekologik qarashlar, butun insoniyatning mulki bo`lgan boshqa qadriyatlardan iboratdir. Insoniyatning kelajagi masalasi umuminsoniy qadriyatlardagi dolzarb masaladir. 2. Milliy qadriyatlar. Milliy qadriyatlar alohida olingan xalq, millat va ellatlarning o`z tarixiy taraqqiyoti davomida yaratadigan barcha moddiy va ma'naviy boyliklari, urf-odatlari, marosimlari, bayramlari va millatning o`zligini belgilaydigan boshqa o`ziga xos tomonlari yig`indisidan iboratdir. Bu o`ziga xoslik moddiy, ma'naviy, ijtimoiy, oilaviy hayot, turmush tarzida namoyon bo`ladi. Bundan tashqari, xalq amaliy san'ati, xalq o`yinlari, rasm-rusmlari, urf-odatlari, marosimlari milliy qadriyatlarga kiradi. Milliy qadriyatlarning shakllanishiga kuchli ta'sir ko`rsatadigan omillardan biri, bu - diniy qadriyatlardir. 3. Diniy qadriyatlar milliy qadriyatlar ancha keng tushuncha bo`lib, u ko`plab millatlar, elatlar, xalqlarga taallukli bo`lgan, ularni g`oyaviy jihatdan birlashtiradigan diniy talablar, g`oyalar, rivoyatlar, amaliy marosimchilik, bayramlari majmuasidan iboratdir. Islom dini misolida ko`rib utadigan bo`lsak, yer yuzasida 1 milliarddan ortiq kishining islom diniga e'tiqod qilishini, islom yer yuzidagi 120 davlatda tarqalganligini, 30 dan ortiq davlatda islom davlat dini deb e'lon qilinganligini va bu kishilarning hammasini din asoslari (arkon iddin) deb xisoblangan - Imon, Is lom va Exson talablari asosidagi birligini ko`rishimiz mumkin. Imon talablari 7 ta aqidani, Islom talablari 5 ta amaliy marosimchilik talablarini, Exson - sidqidildan aqidalarga ishonish va marosimlarni ado etishni tashqil qiladi. 4. Oilaviy qadriyatlar. Oilaviy qadriyatlar oila sharoitidagi moddiy va ma'naviy, ahloqiy tarbiyaviy munosabatlarga asoslanadi. Oilaviy qadriyatlarga oila a'zolari o`rtasidagi o`zaro xurmat, g`amxurlik, bir-birini tushunish, har qanday sharoitda oila sha'nini ximoya qilish kabi fazilatlar kiradi. Oilaviy qadriyatlarning shakllanishida oila a'zolarining shaxsiy xususiyatlari, xushmuomalalik, rostguylik, mardlik, insoniylik, chevarlik, pazandalik, sodiqlik singarilari qadrlanadi. Oilaviy qadriyatlar ijtimoiy qadriyatlarning bir elementi bo`lib, qadriyatlar sistemasida muhim o`rin tutadi. 5. Shaxsiy qadriyatlar. Shaxsiy qadriyatlar har bir subyektning umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida shakllangan o`ziga xosligi, fazilatlari majmuasidan iboratdir. Shaxsiy qadriyatlarga insonning rostguyligi, kamtarligi, insoniyligi, mehribonligi, odobliligi, qobiliyatliligi va boshqa sifatlari kiradi. Yuqorida aytilganlardan ma'lum bo`ladiki, qadriyatlar insonning kundalik hayot faoliyati, shaxsiy sifatlari va extiyojlari borliqqa munosabati bilan belgilanganligi uchun ham u insoniyatning ilk tongida paydo bo`ldi va jamiyat taraqqiyoti davomida shakllanib bordi. Shuning uchun ham bugungi kunda O`zbekiston o`z rivojlanish va taraqqiyot yo`lini belgilayotgan, o`zbek xalqi uz milliy o`zligini anglayotgan davrda qadriyatlar masalasi eng dolzarb masala bo`lib kun tartibiga chiqdi va xalqimiz ongida shakllangan mutelik psixologiyasidan qutulishda asosiy rol uynadi. Download 436 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling