Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja
MAVZU: IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ BOLALAR HUQUQLARININGQO’SHIMCHA KAFOLATLARI
Download 436 Kb.
|
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili
MAVZU: IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ BOLALAR HUQUQLARININGQO’SHIMCHA KAFOLATLARI.
Reja: 1. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning oila muhitiga, turar joyga bo’lgan huquqlari kafolatlari. 2. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy yordam olishga, ta’lim olish huquqi kafolatlari. 3. Nogiron bolalar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishda nuqsonlari bo’lgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam olishga bo’lgan huquqi kafolatlari. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning oila muhitiga bo’lgan huquqi kafolatlari - Davlat bolaning oilada bo’lishiga to’sqinlik qiluvchi sharoitlarni bartaraf qilish, bola oilasidan ajratilgan hollarda esa uni oilasiga tezroq qaytarish bo’yicha zarur choralarni ko’radi. Davlat nogiron bolalarni hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga moddiy yordam, maslahat yordami va boshqa yordam ko’rsatadi hamda ularni qo’llab-quvvatlaydi. Ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bola to’g’risida g’amho’rlik qilishda imtiyozli huquq bu vazifani bajarishga qodir bo’lgan qarindoshlariga beriladi. Bolani oilaga joylashtirishning imkoniyati bo’lmagan taqdirda, uni ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish oxirgi choradir. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning jamiyatga uyg’unlashish huquqi kafolatlari - Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar jamiyat hayotida ishtirok etishda boshqa bolalar bilan teng huquqga egadir. Ta`lim, tibbiyot va ma`daniy-marifiy muassasalar nogiron bolalar hamda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlri bo`lgan bolalarning erkin harakatlanishlari uchun moslashtirilgan bo`lishi kerak. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning turar joyga bo’lgan huquqi kafolatlari - Etim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar, to’liq davlat ta’minotida turgan ixtisoslashtirilgan o’quv-tarbiya muassasalarini bitirgan yoki jazoni o’tash muassasalaridan ozod qilingan bolalar, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan boshqa toifadagi bolalar o’zlari ilgari yashagan turar joy maydoniga ega bo’lish yoki qonun hujjatlariga muvofiq turar joy olish huquqiga ega. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy yordam olishga bo’lgan huquqi kafolatlari - Ijtimoiy yordam uni o0lish huquqiga ega bo’lgan har bir bolaga tayinlanadi. Yetim bolalarga va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarga ta,lim berish va uni ta’minlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’liq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi. Davlat organlari ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarga moddiy va boshqa sharoitlarni ta’minlaydi. Nogiron bolalar, jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam olishga bo’lgan huquqi kafolatlari. Nogiron bolalar tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega bo’lib, bu profilaktika,davolash-tashxis qo’yish, reabilitasiya, sanatoriy-kurort, protez-ortopediya yordamini, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli shartlarda ta’minlanishini va boshqa yordam turlarini ichiga oladi. Nogiron bolalar davlat sog’liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi muassasalarida bepul tibbiy-ijtimoiy yordam olish, uylarida parvarish qilinish huquqiga ega. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining ta’lim olish huquqi. Davlat maxsus pedagogik yondashuvga ehtiyoji bo’lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning belgilangan ta’lim standartlari va talablari darajasida bilim olishlarini kafolatlovchi zarur mablaglar ajratadi hamda boshqa choralar ko’radi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga o’rta-maxsus, kasb-hunar va oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirishda qonun hujjatlari bilan imtiyozlar belgilanishi mumkin. To’rtinchi bob. Yakuniy qoidalardan iborat bo’lib unda bola huquqlarining kafolatlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik hamda qonunning kuchga kiritilishi belgilangan. Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. O’zbekiston Konstitusiyasining 64 - moddasi ota-onalarga farzandlarini voyaga yetgunga qadar boqish va tarbiyalash majburiyatini yuklaydi. O’zbekiston Respublikasi 1- Prezidenti bola tarbiyasi haqida shunday degan edilar: "Har bir oqil insonning va jamiyatimizning muqddas vazifasi aytish mumkinki, hayotning ma’nosi qobil farzandlar o’stirish, ularni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash kamolini ko’rish, ota - onasiga, vatanga sadoqatli kishilar etib voyaga yetkazishdan iboratdir". Chunki davlat va jamiyatta sidqidildan xizmat qila oladigan, bilimli, pok vijdonli shaxslar kuchli ma’naviy tarbiyani oilalaridan oladilar. Oiladagi muxit, ota-onaning o’zaro munosabatlari, oiladagi farovonlik, kuni-kushnilarning o’zaro munosabatlari usha oilada, voyaga yetayotgan yoshlarning tarbiyasiga bevosita ta’sir etadi. Agar oila mustahkam poydevorga qurilib, unda Sharqona ma’naviy qadriyatlar qaror toptan bo’lsa, albatga bu oila jamiyat uchun kerakli insonlarni tarbiyalab, voyaga yetkazishda yetakchi o’rinda turadi. Respublikamizda ijobiy taraflari barchaga ibrat bo’la oladigan juda ko’plab oilalar mavjud. har bir ota-ona farzandini tarbiyalar ekan, birinchi navbatda farzandini oilasiga, kuni-kushnilariga, jamiyatga va Vataniga mexr - oqibatli bo’lishga tayorlaydi. Farzandni dunyoga keltirib, unta kerakli bilimlarni berish, voyaga yetgan farzandlarni uyli-joyli qilishdek mashuliyatli vazifa har bir O’zbek oilasi uchun ming yillardan beri davom etib kelayotgan an’analardandir har bir ota - ona farzandlarini umuminsoniy qadriyatlar va an’analar asosida tarbiyalashi lozim. Konstitusiyaga asosan, davlat va jamiyat yetim boyaalarni va ota - onalariing vasiyligidan maxrum bo’lgan bolalarni bokish tarbiyalash va o’qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag’ishlangan xayriya faoliyatlarini ragbatlantiradi. Respublikamizda ko’plab bolalar uylari, maktab - internatlari faoliyat ko’rsatadi, ularda ota - onasining vasiyligidan maxrum bolalar tarbiyalanadilar. Davlat yetim bolalar tarbiyasi, ularga bagshplangan xayriya ishlarini ragbatlantirib, qo’llab - kuvvatlamoqda. Bunday ijtimoiy himoya faqatgina davlatimiz tomonidan emas, ko’pgina jamoat birlashmalari, xayriya jamgarmalari va respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan har bir korxona, tvshqilot, o’zini-o’zi boshqaruv organlari ishgirokida amalga oshirilyapti. Bunday sahiy harakatlar insonlar o’rtasida o’zaro xurmat, mexr-oqibat, eng ezgu qadriyatlarni rivojlantirishga olib keladi. Bu esa, navbatida mustahkam poydevorga, kurilgan, ma’naviy qadriyatlar ustun turuvchi mustaqil O’zbekistonning rivojlanishini ta’minlaydi. Haqiqiy tarbiyalangan inson ota-onasi haqida gamxurlik qilishi shart. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 66 - moddasi har bir voyaga yetgan, mexnatga layoqatli farzandning ota-onasi haqida g’amxo’rlik qilishi majburiyligini mustahkamlaydi. Farzandlar ota-onalari mexnatga layokatsiz bo’lib kolganlarida, ayniksa betob bo’lib kolganlarida, ularga yordam berishlari, ular nimaga muxtoj bo’lsalar, shularni muhayyo qilib turshplari lozim. Voyaga yetgan farzandlarning ota-onalari to’g’risida g’amxurlik qilishlari nafaka majburiyati vujudga kelgan yoki kelmaganligidan qathiy nazar paydo bo’ladi. Bolalarning muxtoj va mexnatga layokatsiz ota-onalar to’g’risida g’amxo’rlik qilmasliklari ota-onalarni farzandlarndan nafaka undirish uchun sudga dahvo arizasi bilan murojaat etishga majbur etadi. Ota-onalarga nisbatan farzandlik burchlarini eslaridan chiqarib qo’ygan farzandlar to’g’risida sud xususiy ajrim chiqarib, ularning ma’naviy qiyofasini muxokama qilish uchun yashash yoki ishlash joylariga yuborishi mumkin. Download 436 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling