Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja


MAVZU: MILLIY ISTIQLOL G‘OYASI VA MILLIY MAFKURA


Download 436 Kb.
bet10/42
Sana05.05.2023
Hajmi436 Kb.
#1427246
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
Bog'liq
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili

MAVZU: MILLIY ISTIQLOL G‘OYASI VA MILLIY MAFKURA


REJA:
1.Milliy istiqlol g‘oyasi tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni.
2. Milliy istiqlol g‘oyasining asosiy xususiyatlari.
3. Milliy istiqlol g‘oyasi falsafiy-tarixiy asoslari.

Olamda millat, xalq va davlatlar juda ko‘p. Ularning har biriga xos manfaatlar, maqsad va orzu-umidlari bor. Ana shu orzu-umidlar va maqsadlarni ifoda etadigan, ularni ro‘yobga chiqarish uchun xalqni safarbar qiladigan g‘oyalar ham bor. Bugun bizning jamiyatimiz, O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini orzu-istaklarini, olijanob maqsad-muddaolarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyasi shakllandi. U milliy istiqlol g‘oyasidir


"O‘zbekiston jamiyatining milliy istiqlol mafkurasi, mohiyatiga ko‘ra, xalqimizning asosiy maqsad- muddaolarini ifodalaydigan, uning o‘tmishi va kelajagini bir- biri bilan bog‘laydigan asriy orzu-istaklarni amalga oshirishga xizmat qiladigan g‘oyalar tizimidir".
Asrlar mobaynida ezgu niyat qilib kelingan mustaqillikni saqlash va mustahkamlash har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Buning uchun barcha bir yoqadan bosh chiqarib, ona Vatanning manfaatlarini yurakdan his etib, faol harakat qilishimiz zarur. Bu xalqimiz manfaatlarini o‘zida mujassam etadigan milliy g‘oyani anglash bilan bo‘liq. Zero, Vatanning obodligi xalqning farovonligidir. Fuqarolari badavlat, mamlakatgina moddiy va ma'naviy to‘kis bo‘ladi.
Istiqlol mafkurasi - har bir kishining jamiyat hayotidagi faoliyati, yurti, millati, o‘zi va oilasi oldidagi burch va mas'uliyatini qay darajada his etayotgani va bajarayotganini belgilaydigan ma'naviy mezon hamdir.
Milliy istiqlol mafkurasi
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi;
- xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma'naviyati, an'ana va udumlar, ulug‘ bobokalonlarimizning o‘lmas merosidan oziqlanadi;
- adolat va haqiqat, erkinlik va mustaqillik g‘oyalari hamda xalqimizning ishonch va e'tiqodini aks ettiradi;
- yurt tinchligi, vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta'minlashga xizmat qiladi;
- jamiyat a'zolarini,aholining barcha qatlamlarini O‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etadi;
- millati va dinidan qat’iy nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi ona-Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat va o‘zaro hurmat tuyg‘usini qaror toptiradi;
-jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi tamoyillariga rioya qilgan holda ma’rifiy yo‘l bilan singdiriladi.
G‘oya safarbar etuvchi ulug‘vor fikr bo‘lsa, mafkura esa mana shunday g‘oyalarni bir butun yaxlit kuch qilib birlashtiruvchi tizimdir. Uning mazmun-mohiyati Prezident Islom Karimov asarlarida batafsil yoritilgan: "Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilishi mumkin emas. Bu konstitutsiyaviy qoida bizning oldimizga milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasini qo‘yadi".
Milliy istiqlol mafkurasi keng xalq ommasining manfaatlarini, maqsad va ideallarini ifoda etadi. "Milliy istiqlol mafkurasi, mazmun-mohiyatiga ko‘ra, O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, guruh va qatlamlarning – butun xalqimizning umumiy manfaatlarini ifodalaydi".
Mafkura - milliy o‘zlikni anglatuvchi kuch. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy tayanch nuqtasi ham ana shunda. Ya’ni, millat o‘zini xalq sifatida, el sifatida anglamaguncha u o‘zining obro‘yi, qadr-qimmati, or-nomusi haqida qayg‘ura olmaydi, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini his eta olmaydi. O‘zlikni anglash xalqni uyg‘otuvchi, faol harakatga keltiruvchi, ijtimoiy uyushtiruvchi kuchdir. Uning negizida "bu - bizniki" degan egalik hissi yotadi. Albatta, bu tuyg‘u muayyan me'yorda bo‘lganda ijobiy xususiyat kasb etadi. Me’yoridan oshganda esa u xalqni manmanlikka, tajovuzkoriikka undaydi, me'yoriga yetmaganlar esa, milliy tushkunlikka olib keladi. Sharq va G‘arbda, Osiyo va Yevropa xalqlari hayotida ham o‘zlikni anglash tuyg‘usining uyg‘onishi, ularning yuksalishiga, birlashishiga, boshqa xalqlar bilan ijobiy musobaqaga kirishuviga turtki bo‘lgan.
Bizda ham "O‘zbekiston - yagona Vatan" degan tuyg‘u yuksak darajada shakllanmoqda. O‘zbekiston diyorida qadimdan turli sivilizatsiya vakillari, xilma-xil e'tiqod va dunyoqarashlar yonma-yon yashab kelgan.
Milliy istiqlol mafkurasining quyidagi asosiy tamoyillari bor:
- mamlakatning mustaqilligini mustahkamlash, uning hududiy yaxlitligi va sarhadlar daxlsizligini ta'minlashda yordam berish;
- qonunning ustuvorligi, demokratiya va o‘z-o‘zini boshqarishning hayotda mustahkam o‘rin egallayotganiga asoslanganlik;
O‘zbekiston ota-bobolarimiz yashab o‘tgan azaliy va muqaddas makon, insoniyat tafakkuri, fan va madaniyatining eng ko‘hna o‘choqlaridan biridir. Bu zaminda jahonni hayratga solgan buyuk sivilizatsiyaning ildizlari vujudga kelgan, insoniyat tarixining eng qadimgi davrilariga mansub qadriyat va an'analar shakllangan.Qadimgi Yunon faylasufi Geraklit bu yurtni "falsafiy tafakkurning beshigidir" deya e'tirof etgan. Azal-azaldan yurtimiz sivilizatsiyasi o‘ziga xos tafakkur uslubi, turmush tarziga ega.Bag‘rikenglik, insonparvarlik, xokisorlik, xilma-xil g‘oyalar va turlicha nuqtai nazarlar hamda mafkuralarning bir-biriga daxl etmasdan yashay olishi bilan bog‘liq jarayonlar bu sivilizatsiyaga xos xususiyatlardir.
Ana shu sababli yurtimizda turli millatlar va diniy e'tiqodlar yonma-yon yashay olgan, ham otashparastlik, ham buddaviylik, ham yahudiylik, ham xristianlik, ham islom dinlari vakillari hamjihat umr o‘tkazgan.
Yurtimizda bir ibodatxona ichida turib turli din vakillari o`zaro munozaralar olib borgan,lekin bir-birining insoniy sha'niga til tekkizmagan. Bunday munozaralarda turli din va mazhab vakillari bir-biridan xayrli odatlarni o‘rganib olishgan, hamda dinlariga tadbiq etishgan.Shu tariqa turli dinlarning mohiyatidagi eng ilg‘or insoniy an'ana va odatlar ham xalqimiz qalbidan joy olgan. Shu sababli ham saxovatli zaminimizda yashab o‘tgan buyuk mutafakkirlarning falsafiy qarashlarida umuminsoniy g‘oyalar ustuvorlik qilgan.Kundalik hayotimizda ham ana shularga amal qilib kelinmoqda. Ular yurtimizdagi tinchlik-totuvlik va barqaror taraqqiyot uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Milliy istiqlol mafkurasi quyidagi milliy xususiyatlarni aks ettiradi:
- jamoa bo‘lib yashash ruhining ustunligi;
- oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi;
- ota-ona, mahalla-ko‘y, umuman ,jamoatga yuksak hurmat-e’tibor;
- ona tiliga muhabbat;
- kattaga hurmat va kichikka - izzat;
- ayol zotiga ehtirom;
- sabr-bardosh va mehnatsevarlik;
- halollik, mehr-oqibat va hokazo.
Istiqlol mafkurasi quyidagi umumbashariy qadriyatlarni e'tirof etadi va ulardan oziqlanadi:
- qonun ustuvorligi;
- inson haq-huquqlari va hurfikrlilik;
- turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash;
- diniy bag‘rikenglik;
- dunyoviy bilimlarga intilish, ma'rifatparvarlik;
- o‘zga xalqning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish va hokazo.
Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga asoslanadigan g‘oyalar ana shu tamoyillarga xizmat qiladi. "Milliy g‘oya - deb ta'kidlaydi Prezidentimiz Islom Karimov, - birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el- yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur".
Odamzot hayotida nafaqat bunyodkor balki vayron etuvchi kuch ham mavjud. Hayotda ezgulik hukmron bo‘lishi uchun yaxshilikka, adolatga xizmat qilish zarur. Ota- bobolarimiz ana shu sababdan ham aql-idrokni yovuzlik qo‘liga tutqazmaslikka harakat qilganlar, uni ma'naviyat bilan, iymon-e'tiqod, insof va diyonat bilan boshqarishga alohida e'tibor berganlar.
Bu sohada ilm-ma'rifat qadrlangan, insonning sha'ni, or- nomusi e'zozlangan, uning mol-mulki davlat muhofazasiga olingan, qaroqchilik, o‘g‘rilikka keskin barham berishga harakat qilingan. Masalan: Sohibqiron bobomiz Amir Temurning: "Mening saltanatimning u chetidan bu chetiga, boshidan oltin to‘ldirilgan laganni yosh bola ko‘tarib o‘tsa ham, uning mulkiga hech kimsa daxl eta olmaydi" degan so‘zlari nihoyatda ibratlidir.
"Bugun bizning oldimizda shunday tarixiy imkoniyat paydo bo‘ldiki, - deb yozadi Islom Karimov, - biz bosib o‘tgan yo‘limizni tanqidiy baholab, milliy davlatchiligimiz negizlarini aniqlab, buyuk madaniyatimiz tomirlariga, qadimiy merosimiz ildizlariga qaytib, o‘tmishimizdagi boy an'analarni yangi jamiyat qurilishiga tadbiq etmog‘imiz kerak". Bu vazifa esa xalqimizning o‘ziga xos Sharqona turmush tarzi, tafakkuri va dunyoqarashi, hayotga munosabatini ifoda etuvchi xalq og‘zaki ijodi namunalari, "Alpomish", "Shashmaqom" kabi durdona asarlar, milliy qahramonlarning ibratli hayotini o‘rganish orqali amalga oshishi mumkin.
Xullas, milliy istiqlol g‘oyasining tarixiy ildizlari deganda xalqimizning o‘tmishi, ajdodlarimizning ibratli hayot yo‘li, tafakkur tarzi, amaliy faoliyati, bunyodkorlik ishlari, eng yaxshi urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari majmui tushuniladi. Ular fuqarolarimiz uchun namuna bo‘lib hisoblanadi, xato, kamchilik, nuqsonlardan esa xulosa va saboqlar chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Milliy istiqlol g‘oyasining falsafiy negizlarini, avvalo, ijtimoiy tafakkurning mumtoz namunalari bo‘lgan ilmiy, dunyoviy, diniy qarashlar, jahon falsafasi durdonalari belgilaydi.
"Avesto"da ifodalangan falsafiy tamoyillar va g‘oyalar, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash, inson, uning kamoloti haqidagi qarashlar, poklik, halollik, mardlik kabi sifatlar milliy g‘oya shakllanishiga ta'sir o‘tkazgan. Buyuk donishmand ajdodlarimizning ozodlik to‘g‘risidagi g‘oyalari, insoniyatga "Algebra" fanini hadya etgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning dunyoviy kashfiyotlari, Sharq falsafasining asoschisi Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy-axloqiy qaraљhlari bu g‘oyada mujassamdir. Abu Nasr Forobiyning adolatli jamiyat haqidagi qarashlari, Abu Ali ibn Sinoning dualizm ta'limoti, mutafakkir shoir Alisher Navoiyning komil inson haqidagi falsafiy mushohadalari, Bobur va Mashrab, Bedil va Donish hamda asrimizning boshidagi ma'rifatparvar ziyolilarning faoliyati ham milliy istiqlol g‘oyasining falsafiy ildizlaridir.



Download 436 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling