Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja


MAVZU: MUSTAQILLIK MILLIY O’ZLIKNI ANGLASHDIR


Download 436 Kb.
bet11/42
Sana05.05.2023
Hajmi436 Kb.
#1427246
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
Bog'liq
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili

MAVZU: MUSTAQILLIK MILLIY O’ZLIKNI ANGLASHDIR
(Bayroq qabul qilingan kunga bag’ishlanadi)


REJA:
1. Mustaqillik timsoli
2. Bayroqning mamlakat hayotida tutgan o’rni
3. Bayroqdagi rang va belgilarning mazmun va mohiyati

Har bir davlat suverenitetini belgilaydigan ramzlar bor. Davlat bayrog‘i ular orasida alohida o‘rin tutadi. Zero, bayroq xalqning o‘tmishi va buguni, mustaqilligi, tinchligi va barqarorligining timsolidir.


O‘zbekiston mustaqillikka erishganining dastlabki yilidanoq mamlakat suverenitetining muhim belgisi – Davlat bayrog‘iga ega bo‘ldi. 1991 yil 18 noyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bosh qomusimizning 5-moddasida mamlakatimiz o‘z davlat ramzi – bayrog‘iga ega bo‘lishi mustahkam belgilab qo‘yilgan.
Qadimdan yurtimiz davlatchiligida bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan. Sohibqiron Amir Temur saltanatida davlat tug‘i adolat, buyuk kuch-qudrat ramzi hisoblangan. Jangu jadallarda yuksak mardlik va jasorat belgisi sifatida eng kuchli bahodirlarga hadya qilingan. Bobomiz Najmiddin Kubro yov qo‘lida shahid bo‘lsa-da, changalida mahkam tutgan hurlik yalovini hech kim ololmagan. Shu bois davlat bayrog‘ini muqaddas bilib, ko‘zga surtadilar, uning qarshisida tiz cho‘kadilar.
Yigirma yildan yildan buyon O‘zbekiston bayrog‘i har bir vatandoshimiz uchun faxr-iftixor, yildan-yil salohiyati oshib borayotgan buyuk davlatimizning milliy ramzidir.
Davlatimiz bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahoniy ko‘rgazmalarda, sport musobaqalarida O‘zbekistonning timsoli sifatida hilpirab turadi.
1-Prezidentimiz rahnamoligida O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori, salohiyati, xorijiy davlatlar bilan izchil hamkorligi tobora rivojlanmoqda. Zero, O‘zbekiston tashqi siyosati tinchlik, hamkorlik va o‘zaro tenglik tamoyiliga asoslangan. Prezidentimizning xorijiy mamlakatlarga tashriflari davomida o‘sha yurt ko‘chalari bo‘ylab bayrog‘imiz hilpiraydi. Mamlakatimiz vakillari qatnashayotgan xalqaro ahamiyatga molik tadbirlar, sammitlar, anjumanlar, sport musobaqalarida bayrog‘imiz baland ko‘tariladi. Bularning barchasi Vatanimiz sha’ni, xalqimiz g‘urur va iftixorining yorqin ifodasidir.
Bugun Birlashgan Millatlar Tashkiloti binosi oldida, davlatimizning xorijiy mamlakatlardagi diplomatiya, savdo vakolatxonalari va konsullik muassasalari binolari oldida hilpirab turgan, milliy havo kemalarimizga tasviri tushirilgan O‘zbekiston bayrog‘i barchamizda faxr-iftixor, shukronalik hissini uyg‘otadi.
Davlatimiz bayrog‘ida aks etgan har bir rang, belgi yurtimizning boy tarixi, milliy davlatchiligimiz, bebaho qadriyatlarimizni, Vatanimizning buyuk kelajagini ifoda etadi.
Davlat bayrog’i va uning ramzi bugungi O’zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo’lgan davlatlar bilan tarixan bog’liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o’zida mujassamlashtiradi.
Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzidir. Timsollar tilida bu — yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog’ining rangi ham moviy rangda edi.
Bayroqdagi oq rang — muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u kun charog’onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg’unlashib ketadi. Oq rang poklik, beg’uborlik, soflikni, orzu va xayollar tozaligi, ichki go’zallikka intilishning timsolidir.
Yashil rang — tabiatning yangilanish ramzi. U ko’pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
Qizil chiziqlar vujudimizda jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir.
Navqiron yarimoy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog’liq. Ayni paytda qo’lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzidir.
Yulduzlar barcha xalqlar uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’idagi 12ta yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita aloqadordir. Bizning o’n ikki yulduzga bo’lgan e’tiborimiz o’zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida «nujum ilmi» taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. Davlat bayrog’imizdagi o’n ikki yulduz tasvirini o’zbek xalqi madaniyati qadimiyligi, uning komillikka, o’z tuprog’ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.



Download 436 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling