Mavzu: Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz reja
MAVZU: USTOZ -OTANGNDAY ULUG‘
Download 436 Kb.
|
Ma\'naviyat soatlari ma\'ruza matnlari 2022 2023 o\'quv yili
MAVZU: USTOZ -OTANGNDAY ULUG‘.
REJA: Yoshlik chamaning bog‘boni - ustozdir. Muallimlar mehri daryo insonlardir. Davlat tomonidan o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirish ishlari. Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitday ranj ila, Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila. (A.Navoiy.) O‘qituvchi go‘zallik sohibidir.U olijanob, sharafli kasb egalari haqida ne-ne aziz odamlar qo‘llariga qalam olib, jo‘shqin hislarini, eng yaxshi ezgu tilaklarini oq qog‘ozlar betiga bitmagan deysiz. Hayot abadiy. Ammo u yosh avlod bilan barhayot. Avlod bor ekan, unga ta’lim tarbiya beradigan mahri daryo o‘qituvchilar ham abadiy barhayot yashayveradi. Hayotning bu sharafli kasb egalariga bo‘lgan ehtiyoji ham abadiydir. O‘qituvchi bamisoli bog‘bon . Maktab – yoshlik gulshani, bolalar esa uning bebaho nihollari, ustoz o‘qituvchilar bu bog‘ning oqil, mirishkor, mehribon bog‘bonlaridir. U bog‘idagi mevalarning rango-rang va sog‘lom bo‘lishini umid qiladi. Gulshanida bironta ham shumg‘iya o‘smasligi uchun kurashadi. Har bir shogirdini baxtiyor ko‘rishni orzu qiladi. Daraxtni shirin meva, o‘qituvchini oqil, barkamol shogird bezaydi. Aqlli va donishmand odam har qanday fan cho‘qqisiga, ulug‘ martabaga erishganda ham ustozlarini unutmaydi, chunki u erishgan barcha muvaffaqiyatlarda ustozlarining aqli, mehnati, qolaversa, aziz umri bor. Bu kasbning faxr-u iftixori shundaki, o‘qituvchi tarbiyalab o‘stirgan nihollarning hosili qanchadan-qancha avlodlarni bahramand qiladi. Eng baxtiyor, piru badavlat odamlardan biri o‘qituvchi desa bo‘ladi.Negaki, u dunyodagi har qanday gavhardan ham qimmatli bo‘lgan inson farzandini voyaga yetkazib, uni ulug‘ ishlarga voris qilib qoldiradi. O‘qituvchilarning baxt- iqboli shundaki, ma’rifat qasrini bunyod etuvchi aziz avlodni tarbiyalash kabi sharafli ishga da’vat etilganlar. Kasblar ichida alohida faxr va iftixor bilan tarona etiladigani o‘qituvchilik kasbidir.Chunki biror soha yo‘qki, unga o‘qituvchining bevosita yoki bilvosita qo‘shgan hissasi bo‘lmasin. O‘qituvchining bilimidan, aql-zakovatidan, mehr-muruvvatidan bahramand bo‘lmagan kishi yo‘q. Zamonamizning zabardast olim va shogirdlari, shoir va san’atkorlari, fazogirlari, ishchisi, o‘rmonchisi, shifokori, quruvchi-injeneri – hammasi o‘qituvchidan ta’lim oligan. Shuning uchun ham xalqimiz tog‘ cho‘qqilaridan yuksak mehr-muhabbatini, quyosh nuridek jo‘shqin qalb haroratini “o‘qituvchi” degan so‘zga sig‘dirgan va bu nomni katta e’zoz bilan tilga oladi. O‘qituvchilar kasblari bilan qanchalik faxrlansalar, umrlarining bebaho hosili – sevgan kasblarining durdonasi, mevasi, faxr-u iftixori bo‘lgan shogirdlar bilan baxtiyorlar.O‘qituvchi mehnatini taqdirlash “Xalq o‘qituvchisi” degan yuksak unvonning ta’sis etilishida yana bir yorqin ifodasini topdi.O‘qituvchi o‘ziga bo‘lgan bu hurmat bilan birga unga yosh avlodni tarbiyalash kabi faxrli, ayni zamonda juda murakkab va mas’uliyatli vazifa ishonib topshirilganligini juda yaxshi biladi. Bunday ishonchni oqlash biz o‘qituvchilardan juda katta mas’uliyat talab etadi. Ilmiy- texnika taraqqiyoti katta sur’at bilan rivojlana borayotgan bir sharoitda ulug‘ hayot bizning oldimizga yangidan-yangi muhim vazifalarni qo‘ymoqda. Dars o‘qituvchidan o‘quvchilar tarbiyasiga atroflicha yondashishni, yosh avlodni har taraflama rivojlantirishni talab etmoqda. Shunday sharoitda o‘qituvchining o‘ziga xos o‘rni va mavqe’i qanday bo‘lishi kerak. Bu kasb egasi o‘ziga xos ijtimoiy, siyosiy, pedagogik va shaxsiy talablarga javob bera olishi uchun u qanday sifatlarni o‘zida mujassamlashtirish kerak, degan qonuniy savol tug‘iladi. O‘qituvchi quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishi kerak: insoniy g‘oyaviylik, insoniy e’tiqodlilik, vatanga sodiqlik, mehnatsevarlik, ijtimoiy burchni chuqur anglash, inson manfaati singari ulug‘vor maqsad yo‘lida mumtoz niyatlar, temir iroda bilan kurasha bilish, haqqoniylik, mudom mehnatkash xalq bilan hamdam va hamkorlik, xalq manfaatini hamma narsadan ustun qo‘yish, hayotda doim faol bo‘lish,yangilikni sezish va ularni hayotga joriy etishda tashabbuskorlik ko‘rsatish, axloqiy poklik va yosh avlodga mehribonlik, oqilona talabchanlik, yuksak madaniy xulq, nafosat, til va dil birligi, fan asoslarini, jamiyat, tabiat va inson tafakkuri qonuniyatlarini chuqur bilish va amalda qo‘llay olish, har sohada yosh avlodga o‘rnak ko‘rsata bilish.O‘qituvchining jamiyatdagi muallimlik vazifasi ana shu fazilatlarni o‘zida to‘la mujassam bo‘lishini taqozo etadi. O‘qituvchi, eng avvalo, yo‘l ko‘rsatuvchi yorqin yulduz bo‘lib,u faoliyatida yuksak axloq-odob qoidalariga tayanib ish ko‘radi va yni ijodiy ravishda boyitishga hissasini qo‘shib boradi. Ma’limki, kishi o‘z-o‘zidan e’tiqodli bo‘lib qolmaydi. Kishidagi insoniy e’tiqod tabiat taraqqiyoti, jamiyat taraqqiyotiga oid fanlar asoslarini chuqur egallash va olingan bilimlarni ulug‘ hayot tajribalari bilan uzviy bog‘lab tahlil qilish va umumlashtirish orqali haqiqatni, borliqni anglash va yani go‘zal qilish uchun kurash natijasida shakllanadi. Ulug‘ g‘oyalarga e’tiqodni kuchaytira oladigan o‘t, ulug‘ maskan yo‘lida kurashayotgan insonning irodasini buka oladigan kuch yo‘q. G‘oyasi sayoz kishi hayot ummonining tubiga yeta olmaydi va undan javharlarni terishga ham qodir bo‘lmaydi, qanoti qisqa qushlar uzoqqa parvoz qila olmaganidek, hayotning rivojlanish qonunlaridan bexabar kishi, xususan, shunday o‘qituvchining imkoniyati cheklangan bo‘ladi. O‘qituvchi-ziyo tarqatuvchi. U zamon bilan hamnafas odim tashlashi, fan-texnika yutuqlarini, barcha yangiliklarni targ‘ib etishi kerak. O‘qituvchi xalqdan bir qadam oldinda yurib, odamlarni ortidan ergashtirishi darkor. Ustoz-muallimlar haqida ularning xizmatlarini hurmatlab, e’zozlab she’r bitmagan, asar yozmagan shoir-yozuvchi yoq. Har bir qalamkash ustozini ko‘klarga ko‘tarib maqtagisi, uning sha’niga atab she’rlar asarlar bitgisi keladi. Quyuda ulug‘ bobomiz mutafakkir shoir Abdurahmon Jomiyning ustozlar haqida yozgan she’ridan parcha keltirdik. Jahonda bo‘lmasa muallim agar, Hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar. Haqiqiy ustozlikning mohiyati ulug‘ hayot taqozo etayotgan axloqiy fazilatlarni yosh avlodning ongiga, e’tiqodiga, eng muhimi, uning kundalik xatti-harakatlariga aylantira bilishdir. Inson boshqa birovga nur berishi uchun o‘zi porlashi kerak, shuning uchun o‘qituvchi bilimini o‘quvchilarga bera bilishi, eng muhimi, ularda bilimga qiziqish uyg‘ota olishi, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini tarbiyalashi va bu borada bola faoliyatini tashkil etishga rahbarlik qilishi kerak. Buning uchun o‘qituvchi tarbiyashunoslikni, ruhiyatni va fanining metodikasini chuqur egallashi, fanning yangi yutuqlari bilan izchil qurollanib borishi zarur. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 30-iyuldagi “Akademik litsey va kasb -hunar kollejlari xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi qarori ayni muddao bo‘ldi .Bu yurtboshimizning o‘qituvchining mashaqqatli va sharafli mehnatiga bo‘lgan yuksak e’tiboridir .Bugungi kun talabasi ustoz larni qadriga yetishi , uning dono maslahatlariga amal qilsagina , kelajagimiz bugunda-da go‘zal hayotimiz bugundan-da farovon bo‘ladi. Muallim haqida so‘zim ushbudir, Muallim kamolot ichra ko‘zgudir. O‘qidim Geradot “Tarix”ni ko‘p bor, Farobiy ,Danteni takror va takror Barini o‘qidim lol qoldi aqlim Bariga ustozsan o‘zing muallim. (A.Orif.) Download 436 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling