Mavzu: Yarovizatsiya va fotoperiodizm


Antropogen omillar-inson faoliyati natijasida yuzaga keladigan omillar


Download 25.14 Kb.
bet2/9
Sana11.11.2023
Hajmi25.14 Kb.
#1767267
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yarovizatsya va fotoperiodizm

Antropogen omillar-inson faoliyati natijasida yuzaga keladigan omillar.
Yerda hayot mavjudligining asosiy sharti koinotdan yetib keladigan quyosh energiyasidir.
Quyosh energiyasi tabiatdagi biologik jarayonlarni energiya bilan ta’minlaydi, fotosintez uchun issiqlik va yorug’lik manbayi hisoblanadi, suv almashinuvida ishtirok etadi, organizmlarda issiqlik me’yorini saqlashda ishtirok etadi.
Biologik ahamiyatiga ko’ra quyosh nuri uch xil spektrga: ultrabinafsha, ko’rinadigan, infraqizil nurlarga ajratiladi.
ULTRABINAFSHA NURLAR to’lqin uzunligi 30-400nm gacha bo’ladi. Ularning tirik organizmlarga ta’siri to’lqin uzunligiga va miqdoriga bog’liq. To’lqin uzunligi 290-380nm bo’lgan ultrabinafsha nurlarining kam qismigina OZON ekranidan o’tib, yer yuziga yetib keladi.
Bu nurlar BAKTERIYALARNI nobud qilish xususiyatiga ega. Qisqa to’lqinli ultrabinafsha nurlari (290nm dan kam) tirik organizmlar uchun halokatli ta’sir etadi,ular ozon ekranidan o’tmaydi.Uzun to’lqinli ultrabinafsha nurlar ta’sirida teri pigmenti-melanin,ko’z to’r pardasi pigmenti va D vitamin sintezlanadi.
KO’RINADIGAN NURLAR (to’lqin uzunligi 400-750nm) quyosh spektridagi yerga yetib keladigan nurlarning 50% ga yaqinini tashkil etadi. Bu nurlar ishtirokida Fotosintez jarayoni amalga oshadi.
INFRAQIZIL NURLAR (to’lqin uzunligi 750nm dan yuqori) quyosh spektridagi yerga yetib keladigan nurlarning 45%dan ortig’ini tashkil etadi. Bu nurlar issiqlik manbayi hisoblanadi. Shuning uchun ISSIQLIK NURLARI ham deyiladi.

O’simliklar yorug’lik ta’sirida organlarning fazoda joylashuvini o’zgartirish xususiyatiga ega.

  • Fototropizm (yunon. ”photos” - yorug’lik) -o’simlik organlarining yorug’lik tomonga o’sish orqali amalga oshadigan harakatlari sanaladi. Masalan, o’simlik novdasi yorug’lik tushadigan tomonga burilib o’sadi.
  • Fotonastiya-o’simliklarda sutkaning yorug’ va qorong’i vaqtining almashinishi bilan bog’liq harakatlar. Masalan, ba’zi o’simliklarning gullari yorug’da ochilib, qorong’ida yopiladi (lola, qoqio’t), ba’zilari esa aksincha kun botganda ochiladi, tongda yopiladi (namozshomgul).


Download 25.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling