Mavzu: Yem-xashak tayyorlash mashinalari
Podborщik-garamlagich,press-podborщik, podborщik-toy taxlagichlar
Download 41.89 Kb.
|
1-Мавзу Yem-xashak tayorlash mashinalari
5.Podborщik-garamlagich,press-podborщik, podborщik-toy taxlagichlar
Podborщik-garamlagichlar pichanni kator uyumlardan yigib olish va garamlar xosil kilish uchun muljallangan. PK-1,6 podborщik-garamlagichining kamrash kengligi 1,6 m, 0,9 va 1,4 tortish klassidagi traktorlar bilan agregatlanadi. U ish jarayonida dumalok garamni vujudga keltiradi. Mashinaning asosiy kismlari: barabanli podborщik, rama, snitsa, zanjir plankali transportyor, silindrik kamera va yuritish mexanizmlaridan iborat. Ish organlari traktor KOVidan xarakatga keltiradi. Agregat kator uyumlar buylab xarakatlanganda barabanli podborщik pichanni kutaradi, transportyor esa uni kameraga uzatadi. Kameraning tubi aylanishi sababli dumalok garam xosil kilinadi. Garam ma’lum balandlikka yetganda kamera tubini tuxtatuvchi tirak tros yordamida gorizontal vaziyatga burib kuyiladi. Bu paytda tub ketinga ogadi va garam ketingi devorni bosib, uni ochadi va dalaga sirgalib tushadi. Shundan sung tub posongi ta’sirida, ketingi devor esa uz massasi ta’sirida dastlabki vaziyatni egallaydi. Press-podborщiklar pichan (poxol) ni kator uyumlardan yigib olish, zichlash va toy kilib boglash uchun kullaniladi. Bu mashinalar ikki xil toy xosil kiladi: tugri burchakli va silindrsimon. Tugri burchakli toylar pichanga porshenning ta’siri tufayli, silindrsimon toylar esa massani rulon kurinishida urab xosil kilinadi. Porshenli press-podborщiklar kup tarkalgan. Massaning zichlanish darajasiga kura toylar past (100 kg/m3 gacha), urta (100…200 kg/m3) va yukori (300 kg/m3 gacha) presslanganlarga bulinadi. Pichanni presslash kamerasiga uzatilishiga kura ular yon tomondan, yukoridan va frontallarga bulinadi. Press-podborщiklarda toylarni boglash uchun metall sim yoki ip (shpagat) kullaniladi. Agregatlanishiga kura press-podborщiklar tirkama, osma, yarim osma va uziyurarlarga bulinadi. Rulonli PRN-1,6 press podborщigi pichan va poxolni kator uyumlardan yigib olish xamda ularni diametri 1500 mm, balandligi 1400 mm bulgan toylarga presslaydi va avtomatik ravishda boglaydi. Mashinaning ish organlari traktor KOVidan xarakatga keltiriladi. Press-podborщik podborщik, tasmali transportyor, presslash tasmasi, baraban va urash apparatidan tashkil topgan. Tirkama PS-1,6 press-podborщigi pichok va poxolni kator uyumlardan yigib olish va 150 kg/m3 gacha zichlikda (massasi 27 kg gacha bulgan) presslab toylar xosil kilishga muljallangan. U 1,4 tortish klassidagi traktorlar bilan agregatlanadi, ishchi organlari KOVdan xarakatlanadi. Prujinalangan barmoklari bor barabanli podborщik, kabul kilish kamerasi, boglash apparati va yurish mexanizmi press-podborщikning asosiy yigish birliklaridir. Mashina massasi 2000 kg. Ish tezligi 12 km/soat gacha, ish unumdorligi – 15 t/soat. Download 41.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling