Mаvzu: Yer osti suvlarining turlari, hosil bo'lishi va tarkibi
Yer osti suvlarining klassifikatsiyasi
Download 1.58 Mb.
|
22 ma\'ruza Yer osti suvlarining turlari, hosil geologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- G’ovak suvlar
- Yoriq suvlar
- Yoriq tomir suvlari
Yer osti suvlarining klassifikatsiyasi
Yer osti suvlarini ma'lum guruxlarga ajratilishida, ya'ni klassifikatsiyalanishida ularning vujudga kelish sharoiti, qaysi guruxdagi tog’ jinslari qatlamlarida joylashgan yoki yotishi, joylashish jaroiti va holati, paydo bo'lish davri, harorati, fizik hossalari, tarkibidagi mavjud erigan tuzlar miqdori va boshqa xususiyatlari hisobga olinadi. Yer osti suvlari paydo bo'lish sharoitiga qarab infilatsion, kondentsasion va yuvenil suvlarga ajraladi. Bu suvlar to'g’risida Yuqorida ma'umot berildi. Yer osti suvlari tog’ jinslari qatlamlarida yotish sharoitiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi: 1. G’ovak suvlar-Yer qobig’ining eng Yuqorigi, Yuqori qismini tashkil qiluvchi tog’ jinslari g’ovaklaridagi suvlar. Bu suvlar asosan to'rtlamchi davrning alluvial, alluvial-prolluvial genetik guruxidagi jinslar g’ovaklarini egallab yotadi. 2. G’ovak-qatlamli va yoriq-qatlamli suvlar-asosan neogen, paleogen, bor, yura davrlarining g’ovak (qum, shag’al, allevrlit va b.) va yoriqlari bo'lgan yarim qoya (oxaktosh, qumtosh va b.) tog’ jinslariga xos yoriq suvlar. Bu suvlar harakat qiltsvchi qatlamlar ko'p xolatlarda Yuqori va pastki qismi bo'ylab suv o'tkazmaydigan tog’ jinslari (gil va yoriqlari bo'lmagan boshqa jinslar) bilan to'silgan bo'ladi. 3. Yoriq suvlar-qoya tog’ jinslari (granit, ohaktosh, porfir, granodiorit, tuf va b.) yoriqlari bo'ylab harakat qiluvchi suvlar. 4. Karst suvlari-asosan ohaktoshlarda, gipslarda, tuzli jinslarda, ularni yuvilish oqibatida yuzaga keladigan bo'shliqlar-karst bo'shliqlari orqali harakat qiluvchi suvlar. 5. Yoriq tomir suvlari bo'lib, bu suvlar tektonikyoriqlar ko'p tarqalgan Yer qobig’i qismlariga xos. Rasm 58. Artezian qudug’ining ishlashi. Yer osti suvlari gidravlik xususiyatlariga ko'ra bosimsiz va bosimli turlarga bo'linadi. Bosimsiz suvlar erkin satxga ega bo'lsa, bosimli suvlar mavjud bo'lgan suvli qatlam Yuqori qismidan suv o'tkazmaydigan suv to'sar jins qatlami bilan ajralgan bo'ladi va doimiy holatda gidrostatik bosim ostida bo'ladi. Yer osti suvlari o'z tarkibida erigan holatidagi tuzlarni miqdoriga qarab: chuchuk (erigan tuzlar 1 gr/l gacha), sho'rroq (erigan tuzlar 1 gr/l dan 10 gr/l gacha) sho'r (10-50 gr/l gacha), namakob (erigan tuzlar miqdori 50 gr/l dan ko'p) suvlarga bo'linadi. O'zining tabiiy haroratiga qarab Yer osti suvlari juda sovuq (harorat +5OC dan kam), sovuq (+10OC), iliq (+18OC), iliqroq (+25OC), issiq (+37-42OC), o'ta issiq yoki termal (+42OC dan Yuqori) suv turlariga bo'linadi. Yer osti suvlari qaysi davr tog’ jinslari qatlamlarida mavjudligiga qarab, u o'sha davr nomi bilan atalishi mumkin. Masalan, bor, trias, tosh ko'mir, devon davri jinslaridagi suvlar va h.k. Anion va kationlarni miqdoriga qarab, hamma suvlar klasslarga, guruxlarga, xillarga ajratiladi. Jumladan, anionlarga qarab: gidrokarbonatli (HCO3+CO2), sulfatli (SO4), xlorli (Cl) suvlarga; kationlarga qarab: kaltsiyli (Ca), magniyli (Mg) va natriyli (Na) suvlarga ajratiladi. Har bir gurux o'z navbatida kation va anionlarni bir-biriga bo'lgan nisbatiga qarab 4 ta xilga bo'linadi. Birinchi xil HCO3ˉ > Ca2+ Mg2+ Ikkinchi xil HCO3ˉ < Ca2+ Mg2+< HCO3+ SO42- Uchinchi xil HCO3ˉ + SO42< Ca2+ Mg2+ To'rtinchi xil HCO3ˉ = O (nordon suvlar) Tabiatda Yer osti suvlari tarkibida tuzlardan tashqari gazlar ham uchraydi. Bu gazlarning suvdagi miqdoriga qarab ular karbonat angidritli, oltingugurtli, radonli va b. suvlarga ajratiladi. Bu suvlar ko'p xolatlarda davolash xususiyatiga ega bo'lganligi uchun ularni shifobaxsh suvlar deb ham ataladi. Bunday suvlar Respublikamizning Toshkent viloyati (“Toshkent mineral suvi”, “Zangiota”, Parkent tumanidagi “qo'tir buloq” suvi va h.k.), Farg’ona vodiysining deyarli hamma vilotlarida (“Chortoq”, “Chimyon” va b.) keng tarqalgan. Yer osti suvlari tarkibida u yoki bu miqdordagi sanoat ahamiyatiga ega bo'lgan kimyoviy moddalarni (yod, brom va b.) ajratib olish ham mumkin. Anna shunday suvlarni yodli, yod-bromli, bromli suvlar deb ataladi. Bunday suvlar mamlakatimizning Farg’ona vodiysi hududlarida mavjud. Yer osti suvlarining Yuqorida keltirilgan klassifikatsiyalari asosan xususiy xarakterga ega bo'lib amaliyotda Yer osti suvlarining umumiy klassifikatsiyalari ham mavjud. Bulardan asosiylari: F.P. Soverenskiy (1939), A.M. Ovchinikov (1949), N.I. Tostixin (1954), O.K. Lange (1958), M.B. Altovskiy (1958), I.K. Zaysev (1961), E.V. Pinneker (1979) klassifikitsiyalari hisoblanadi. Umumiy klassifikatsiyani tuzushda ularni yotish sharoitidan tortib, boshqa xossa va xususiyatlari hisobiga olinadi. F.P. Soverenskiy Yer osti suvlarini: tuproq (pochvennaya), qat (verxovodka), grunt, karst, artezian, yoriq suvlarga; N.I. Tolstixin-qat, grunt, qatlamlararo bosimsiz, qatlamlararo bosimli, issiq termal, Yer qobig’i osti va magma suvlariga; M.B. Altovskiy-grunt, artezian, poydevor qatlamlaridagi suvlarga, tektonik yoriqlardagi hamda karst suvlariga; O.K. Lange-tuproq, grunt, qatlamlararo; I.K. Zaysev qatlam, yoriq-tomir; E.V. Pinneker-quruqlik, dengiz va okean osti suvlarga ajratishgan. Mavjud umumiy klassifikatsiyani tashkil qilish va ularni hozirgi vaqtdagi o'rnini hisobga olgan holda Yer osti suvlarini 6 guruxga ajratib ko'rib chiqishni lozim deb topdik. Bular: 1. Aerizatsiya zonasi; 2. Grunt; 3. Artezian; 4. Karst; 5. Yoriq; 6. Qobiq osti suvlaridir. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling