Mаvzu: Yer osti suvlarining turlari, hosil bo'lishi va tarkibi
Yer osti suvlarining geologik ishi
Download 1.58 Mb.
|
22 ma\'ruza Yer osti suvlarining turlari, hosil geologiya
Yer osti suvlarining geologik ishi
Yer ostida, tog’ jinslarining bo'shliq va darzliklari orasida uchraydigan so'vlar Yer osti suvlaridir. Bunday suvlar er qatlamlari orasida juda ko'p tarqalgan va bu suvlar xalq xo'jaligini rivojlantiryshda, aholini, shahar hamda qishloqlarni suv bilan ta'minlashda, gidrotexnika va sanoat inshootlari qurilishlarida; sug’orish ishlarini takomillashtirishda; kurort va sanatoriy ishlari va boshqa sohalarda katta rol’ o'ynaydi. Yer osti suvlarining geologik ishi g’oyat katta, ular er qatlamlari orasidagi minerallarni, turli jinslarni eritadi, ularning tarkibini o'zgartiradi va g’orlar hosil qiladi. Yer osti suvlarining paydo bo'lishi, tarqalishi, harakati, miqdor va sifat o'zgarishi bilan maxsus fan - gidrogeologiya fani shug’ullanadi. Geologiyaning bu kursida Yer osti suvlarini emiruvchi va barpo etuvchi agent sifatida qarab chiqamiz. Ma'lumki, yog’inlarning bir qismi Yer yuzasida yig’ilib, den-gizga oqib ketsa, ikkinchi qismi bug’lanib yana atmosferaga, uchinchi qismi Yer ostiga singib ketadi. Qadim zamonlarda atmosfera yog’inlarini uch teng qismga bo'-lib, uning bir qismi quruqlikka, ikkinchi qismi havoga, uchin-chi qismi dengizga oqib ketadi deb faraz qilinar edi. Keyingi (XIX) asrlarda mukammal tekshirishlar natijasida atmosfera yog’inlarining 70% i dengizga quyilishi,. 25% i bug’lanib, 5% i Yer ostiga singib ketishi aniqlangan. Bu uch xil ko'rinishdagi suvning aylanma harakati quruqlik-da bir xil miqdorda va bir xil tezlikda bo'lmaydi. Yer osti suvlarining paydo bo'lishi. Yer osti suvlari yog’inlarning Yer po’stidagi qum va toshlar orasiga qisman sizib o'tishi, ya'ni infil’tratsiya yo'li bilan hosil bo'ladi. Yer osti suvlari suv bug’larining sovib quyuqlashuvi, ya'ni kondentsatsiya vositasi bilan ham Rasm 59. Yer osti suvining paydo bo'lishi Yer osti suvlarining paydo bo'lishi. Yer osti suvlari yog’inlar-ning Yer po’stidagi qum va toshlar orasiga qisman sizib o'tishi, ya'ni infil’tratsiya yo'li bilan hosil bo'ladi. Yer osti suvlari suv bug’larining sovib quyuqlashuvi, ya'ni kondentsatsiya vositasi bilan ham paydo bo'ladi. Bu vaqtda Yer ichiga sizib o'tib borgan suv bug’lari sovuq temperaturaga duch kelib, quyuqlashadi va suvga aylanadi. Bug’ suvga aylanayotganda o'zidan issiqlik chiqaradi kondensatsiya jarayoni sovuq gruntning temperaturasini orttiradi, binobarin, bug’ning yana suvga aylanishiga olib keladi. Tog’ jinslarida suv bug’i ko'p to'planadi, bu hol ularning elastikligini orttiradi, gruntning Yuqori bosimi arqasida bug’ yana havoga chiqadi. Bundan ma'lum bo'ladiki kondensatsiya jarayoni ikki yoqlama: u suv bug’ini gruntga olib kiradi va undan olib chiqadi. Tog’li erlarda, dashtlarda, doimiy muzlik rayonlarda suv bug’lari eng ko'p kondensatsiyalashadi. Yer osti suvlarining asosiy qismi atmosfera yog’inlarining jinslar orasiga infil’tratsiyasi natijasida hosil bo'ladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling