Mаvzu: Yer osti suvlarining turlari, hosil bo'lishi va tarkibi


Download 1.58 Mb.
bet6/7
Sana20.12.2022
Hajmi1.58 Mb.
#1034654
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
22 ma\'ruza Yer osti suvlarining turlari, hosil geologiya

Yuvenil suvlar. Yuvenil suvlar Yer qatlamlari orasidagi magmadan ajraluvchi mineralli issiqsuv bug’larining Yer osti suviga aylanishidan hosil bo'ladi. Yuvenil suv Yerning chuqur qatlamlarida va tez-tez vulqon otilib turadigan o'lkalarda ko'p uchraydi.
Umumiy olganda Yer ostidagi, Yer ustidagi suvlar va atmosfera yog’inlari o'rtasida Yer osti suvlarining kirim va chiqimini ifodalovchi hamda Yer osti suvlari balansiga sabab bo'luvchi o'zaro almashinish ham bor.
Chiqim Yer osti suvlarining Yer betiga buloq bo'lib chiqishida, o'simliklar bargi orqali bo'lgan bug’lanishda, jinslardagi kapilyar orqali suvlarning Yuqoriga ko'tarilib chiqishida, nasos orqali yoki boshqa usullar bilan Yer betiga suv chiqarib olishda va boshaqlarda ifodalanadi.
Yer osti suvlarining kirimi esa asosan Yer yuzasidag suvlarning bevosita Yer ostiga sizib, atosferadagi suv bug’larining Yer ostiga o'tib borishi va ularning ma'lum sharoitda kondensatsiyalashuvi va Yer shari ichki qismidagi suvlarning (yuvenil suvlarning) kelib turishidan hosil bo'ladi.
Yuqorida aytib o'tilgan Yer osti suvlari qanday sasbab bilan hosil bo'lishidan qatiy nazar, ular Yer qatlamlari orasida bir-biri bilan qo'shilib ketishi mumkin.
Yer osti suvlari tog’ jinslari orasida har xil fizik va kimyoviy holatda bo'ladi. Yuqorida bayon qilingan Yer osti suvlaridan tashqari, qoldiq yoki relikt suvlar ham bor. Bu Yer osti suvlari qadimgi geologik davrlarda daryo, dengiz, ko'l suvlari Cho’kindi jinslar orasida turib qolishidan hosil bo'ladi.
Bunday suvlarni hosil bo'lish sharotiga ko'ra G.N. Kamenskiy ikkiga bo'ladi:
Singenetik (grekcha - Singenitikos - bir vaqtda hosil bo'lishi demakdir) Yer osti suvlari dengiz yotqiziqlari to'planganda ular orasida birgalashib to'planib qolgan Yer osti suvlaridir. Diagenez jarayoni natijasida sizib o'tgan suvning bir qismi siqilib chiqib ketiladi, ikkinchi qsmi esa yotqiziqlar orasida saqlanib qoladi.
Epigenetik (grekcha - epi - so'ng, genesis - hosil bo'lish demak) Yer osti suvlari - tog’ jinslari vujudga kelgandan so'ng ko'ldan yoki dengizdan sizib o'tgan suvlardan hosil bo'ladi. Umuman, bunday Yer osti relikt suvlarining tarkibi keyinchalik boshqa xil Yer osti suvlari kelib qo'shilishi natijasida o'zgarib ketadi. Agar relikt Yer osti suvlari Yer ostida o'zgarmay (aralashmay), saqlanib qolsa,ular ko'milgan Yer osti suvlari deyiladi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling