Mаvzu: Yer osti suvlarining turlari, hosil bo'lishi va tarkibi


Download 1.58 Mb.
bet7/7
Sana20.12.2022
Hajmi1.58 Mb.
#1034654
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
22 ma\'ruza Yer osti suvlarining turlari, hosil geologiya

Karst xodisasi. Suvda eruvchan tog’ jinslari (ohaktosh, dolomit, gips, qisman tuz, bo'r) ning Yer osti (qisman Yer usti) suvlari ta'sirida erib ketishidan hosil bo'lgan xilma-xil relyef shakllari karst relyefini hosil qiladi. Karst rel’efi o'ziga xos rel’ef shakllaridan karstlar, voronkalar, quduqsimon chuqurliklar, Yer osti tog’lari va yo'daklari, karst kotlovinalari va boshqalardan iborat. Karst relyefi shakllarining vujudga kelishi uchun ko'pincha eruvchan jinslarning bo'lishigina kifoya qilmaydi. Kars relyefi hosil bo'lishida tog’ jinsi qatlamlarida suv o'tishi mumkin bo'lgan yoriqlarning bo'lishi, joyining nishabi, karst paydo bo'ladigan jinslarning qalinligi, grunt suvlari sathining past yoki Yuqori ekanligi muhim ahamiyatga egadir.
Karst so'zi adriatik dengizidagi karst shakllari uchraydigan ohaktoshli Karst platosi nomidan olingan.
Karst yo'li bilan vujudga kelgan chuqurliklar Rossiyaning Еvropa qismida, chunonchi, Pskov, Tula, Ryazan, Gor’kiy oblastlarida, Sverdlovsk oblastining g’arbiy qismida, undan tashqari qrim yaylalarida, Kavkazda, Oltoyda, O'rta Osiyoda va boshqa rayonlarda juda ko'p. Karst g’orlari Yugoslaviya, Italiya, Frantsiya, Amerika va boshqa mamlakatlarda ham bor.

Rasm 60. Karst g’orining kesimi.


Dunyoda ma'lum bo'lgan g’orlar ichida Amerikaning Kentuki platosidagi ohaktosh jinslarida hosil bo'lgan g’or eng katta g’orlardan hisoblaniladi. Bu g’orning uzunligi (shoxobchalaridan tashqari) 48 km, balandligi 30 m, N. Xolmsning ma'lumotiga qaraganda, Kentuki platasida 60000 ga Yaqin karst rel’efi shakllari, shu jumladan 10 dan ortiq g’or bor. Rossiya territoriyasida va chet davlatlarda karst asosan karbonatli jinslar orasida ko'p tarqalgan.


Karst Yer yuzasidagi eruvchi jinslarda ham paydo bo'lishi mumkin. Bular karr deb ataladi, ular ko'rinishda chuqur o'yilgan jarga o'xshash qator-qator qoyali shakllardan iborat bo'ladi.
Yer bo'shliqlaridan shimilib o'tgan suvlar o'zi bilan birga eritmalarni olib ketadi va g’orlarda Yuqoridan pastga osilib turuvchi sumalaklarni hosil qiladi. Suv bilan birga to'yingan ohok yoki boshqa xil eritmalar g’or shipidan chakillab tomib stalaksitni vujudga keltiradi, ayni bir vaqtda g’or tagidan Yuqoriga o'sib chiqqan ohak sumalak stalagmit deb ataladi.

Rasm 61. Stalaktit va stalagmitlar.


Karst jarayonini teshirish holq xo'jaligida juda katta ahamiyatga ega. Chunki ular yordamida Yer qatlamlari orasidagi suvlarning tarkibi, holati, chuqurligi, miqdori, eruvchanligi va boshqalar haqida kerakli ma'luiotlar olish mumkin. Bu esa o'z navbatida, gidrotexnika qurilishlarida - to'g’on, suv omborlari va kanallar qazishda hamda ularni loyiholashda katta rol’ o'ynaydi. Karstlar bor rayonlarda oqar suvlar erga shimilib yo'qoladi va Yer ostida bir qancha kilometr yo'l bosib yana Yer betiga chiqadi. Dunyo va ko'l karst hodisasi tarqqiy etgan royonlarda Yer osti suvini hostl qiladi, bu suv qatlamlar orasidagi bo'shliqlardan o'tib, eryuziga chiqib, yana daryo hosil qiladi. Bunday o'lkalar Yer sharida ko'p uchraydi. Masalan, qrim daryolarining shunday xususiyatga ega ekanligini A. A. Kruber Yaxshi tekshirgan. Dunay daryosining Yuqori oqimida va Leningrad, Sverdlovsk oblastlaridagi daryo va ko'llarda bunday hodisalar ko'plab uchraydi. Bunday hodisani o'rta Osiyo tog’larida ham uchratish mumkin. Masalan, Pskom va Chotqol daryolari hamda ularning irmoqlari (Mozorsoy) ba'zan 4-5 km masofada er tagiga kirib ketib yana Yer yuziga chiqadi.



Mаvzuni vа аlоhidа sаvоllаrni o‘rgаnish uchun fоydаlаnilgаn vа tаvsiya etilаyotgаn аdаbiyotlаr ro‘yxаti:
1. Toshmuxamedov B.T. “Umumiy geologiya” darslik. – Toshkent; IMR, 2008, 351 b.
2.Toshmuxamedov B.T., Shermuxamedov T.Z., Tulyaganova N.Sh. «Umumiy geologiya»dan amaliy mashg'ulotlar (uslubiy qo'llanma). – Toshkent, ToshDTU, 2010.
3. Shoraxmedov Sh.Sh. Umumiy va tarixiy geologiya. - Toshkent; O'qituvchi, 1985.
4. Shoraxmedov Sh.Sh., Qodirov M.X. Umumiy va tarixiy geologiyadan laboratoriya mashg’ulotlari bo'yicha usulik qo'llanma. - Toshkent; O'qituvchi, 1988.
5. Qurbonov A.S. Geologiya. - Toshkent; O'qituvchi, 1992.
6. Yakusheva A.F., Xain. V.Е. Slavin V.P. Obshaya geologiya. - Moskva; MGU, 1988.



Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling