Mаvzu: Yer osti suvlarining turlari, hosil bo'lishi va tarkibi


Download 1.58 Mb.
bet3/7
Sana20.12.2022
Hajmi1.58 Mb.
#1034654
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
22 ma\'ruza Yer osti suvlarining turlari, hosil geologiya

Seolit holatidagi suvlar - opal (SiO2n) va shu turkumdagi minerallarga xos bo'lib H2O molekula holatida uchraydi. Bu suv minerallar tarkibida 80-4000 C harorat da ajraladi.
Kristallizatsion holatidagi suv - gips (CaSO4 2H2O) soda (Na2CO3 10H2O) va boshqa minerallariga xos. Ularni tarkibidagi suv 1000 C dan past haroratda ajraladi.
Konstitutsion holatidagi suv - muskovit KAl2 (Al2Si3O10)·(OH, F) 2 va shu turkumdagi boshqa minerallarda uchraydi va ularni tarkibiy qismi bilan juda mustaxkam bog’langan bo'ladi. Suv ularni tarkibidan 4000C dan Yuqori haroratda ajraladi.
Shuningdek, suv tog’ jinslarning g’ovaklarida, qatlamlarida qattiq muzlagan, kristallangan holatida ham uchraydi. Bunday suvlar yilning fasllari mobaynida erishi va suyuq holatga o'tishi yoki doimiy muz holatida qolishi ham mumkin.


Yer osti suvlarining kelib chiqishi

Yer osti suvlarining kelib chiqishi to'g’risida qator fikr va nazariyalar mavjud. Ulardan eng asosiylari kondensatsiya va infiltratsiya nazariyalari hisoblanadi.


Kondesatsiya nazariyasini to'ng’ich namoyondalaridan bo'lib Arestotel (e.a. III asr), nemis gidrogeologi Folger (XIX asrning ikkinchi yarimi, 1878-yillar), rus tuproqshunos olimi A.F. Lebedov (1907-1919-yillar) va boshqalar hisoblanadi. Ularning fikrlarini umumlashtirib hamda suv bug’larining Yuqori bosimli hududlarda past bosimli hududlarga qarab harakat qilishini, yoz fasli mobaynida tog’ jinslari va tuproq tarkibidagi suv bug’larining bosimini, atmosferadagi suv bug’lari bosimiga nisbatan past bo'lishini va chuqurlik ortishi Bilan bosimning yanada o'zgarib borishini hisobga olinadigan bo'lsa va bu harakat davomida haroratning o'zgarishi, suv bug’larining tog’ jinslari bo'shliqlariga kirib borishi, undagi hovoning suv bug’lari bilan o'ta to'yinishi hisobiga avval suv tomchilari, so'ngra suv oqimi vujudga kelish jarayoni sodir bo'lishini ko'ramiz. Bu jarayonni, ya'ni atmosfera bosimi o'zgarishi, issiq havo oqimi sovuq havo oqimi bilan uchrashishi, havoning suv buhlari bilan to'yinishi natijasida avval suv tomchilari, so'ngra ma'lum hajmdagi ma'lum yo'nalishdagi Yer osti suv oqimining vujudga kelishi kondensatsiya nazariyasining asosini tashkil etadi. Suvning bu zaylda bo'lishini ota-bobolarimiz bundan bir necha yuz yillar avval yaxshi bilishgan. Suvsiz cho'l hududlarida quduqlar qazish, tosh uyumlaridan piramidalar qurish yo'li bilan suv to'plaganlari,millionlab qo'y, yuz minglab tuyalarni ana shu suv hisobiga boqqanlar. Bunda quruq tog’ jinsi qatlamida qazilgan quduqning chet devorlarida, atmosfera havo bosimining sutka davomida keskin o'zgarishi, hamda atmosferadagi va jinsdagi mavjud suv bug’lari bosimining va haroratning turlicha bo'lishi hisobiga avval suv tomchilari, keyin bu tomchilarning bir-birlari bilan qo'shilishi natijasida suv hosil bo'lishini ular amalda sinovdan o'tkazishgan.
Infiltratsiya nazariyasiga asosan Yer sathiga tushayotgan yog’inning (yomg’ir, qor, jala) tog’ jinslari g’ovaklari, yoriqlari orqali va qatlamlari bo'ylab sizib o'tib suv o'tkazmaydigan qatlamgacha etib borishi,anna shu qatlamning ustki qismida yig’ilishi natidasida hosil bo'ladi. Bu holda paydo bo'lgan Yer osti suvi infiltratsiya suvi deb ataladi.
Infiltratsiya suvining vujudga kelishi u yoki bu hududga tushadigan yog’inning miqdoriga, tog’ jinslarining g’ovaklik darajasiga, Yer sathi tuzilishiga, uning dengiz sathiga nisbatan absalyut balandligiga bog’liq holda sodir bo'ladi. Shuningdek, bu Yer osti suvining paydo bo'lishida erni ustki qismida mavjud bo'lgan daryo, ko'l, kanal, suv omborlaridagi suvlar ham qatnashadi. Bu manbalardan suv sizib o'tishi jarayonida er ostki qatlamlarida butunlay yangi Yer osti suv oqimi vujudga kelishi yoki mavjud Yer osti suvlari hajm jihatdan boyishi va uning sathi ko'tarilishi yuz berishi mumkinyu.
Yer osti suvlarining vujudga kelishida Yerning chuqur qatlamlarida yuz beradigan jarayonlar, jumladan: magma Yuqoriga ko'tarilishi vaqtida ajraladigan suv bug’larining kondensatsiyalanishi va suyulishi, vodorod va kislorod molekulalarining sintez qilinishi, minerallar tarkibidagi suvlarning Yuqori bosim va haroratda ajralishi sabab bo'lishi ham mutaxassislar tomonidan ko'rsatilgan. Bunday yo'llar bilan hosil bo'ladigan suvlarni fanda yuvenil suvlar deb nomlanadi. Yer osti suvlari payd bo'lishi tog’ jinslari dastlabki yotqizilish davri bilan bog’liqligi to'g’risida ham ma'lumotlar mavjud. Tog’ jinslari yotqizilish davri bilan bog’liq bo'lgan bunday suvlarni sedimentatsion suvlar deb ataladi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling