Mavzu. Yer tuzishda geodezik o‘lchash ishlarining asoslari reja
MAVZU. YER TUZISHDA BAJARILADIGAN SYOMKALARNING ODDIY VA ANIQ USULLARI
Download 248.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqгеодезик улчаш
6-MAVZU. YER TUZISHDA BAJARILADIGAN SYOMKALARNING ODDIY VA ANIQ USULLARI
Reja Chiziqlarni orientirlash. Chizikning xaqiqiy va magnit azimutlari, ular orasidagi munosabat. Bussol syomkasi. Turgan joyimizni gorizont tomonlari (shimol, janub, sharq va g‘arb) yoki mahalliy tafsilotlar yordamida aniqlashga yoki chiziq yo‘nalishini asosiy (boshlang‘ich) yo‘nalishga nisbatan aniqlash chiziqni orientirlash deyiladi. Geodeziyada chiziqlar yo‘nalishi haqiqiy meridian zonaning o‘q meridiani yoki magnit meridianiga nisbatan aniqlanadi. Haqiqiy meridian yo‘nalishi astronomik kuzatishlar orqali, magnit meridiani yo‘nalishi esa magnit strelkasi yordamida aniqlanadi. Chiziqlar yo‘nalishi azimut, direksion va rumb burchaklari bilan aniqlanadi. Chiziq, uchidan o‘tgan meridianning shimoliy qismidan soat mili yo‘li bo‘yicha chiziq yo‘nalishigacha hisoblangan burchakka azimut deyiladi. Azimutlar 0 dan 360° gacha o‘zgaradi. Har qanday chiziq to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda bo‘ladi. Berilgan chiziqning bir nuqtada to‘g‘ri va teskari azimutlari bir-biridan 180° ga farq qiladi (3-rasm). sh' sh2 SH SH2 sh' 1 3-rasm. Azimut burchak A1=A-u1 A2=A-u2 Bu Yerda u1 va u2 burchaklarga meridianlar yaqinlashishi deyiladi. Berilgan M nuqtadan sharqda etgan nuqtalarda meridianlar yaqinlashishi musbat ishorada, garbda yotgan nuqtalarda esa manfiy ishorada bo‘ladi. Chiziqlarni orientirlashda azimut burchaklar bilan bir qatorda rumb burchakdan ham foydalaniladi. B erilgan chiziq uchidan o‘tgan meridianning shimol yoki janub uchidan chiziq yo‘nalishigacha bo‘lgan o‘tkir burchak rumb deyiladi va ch harfi bilan belgilanadi. 2 4-rasm. Rumblar. Rumblar 0° dan 90° gacha o‘lchanib chiziq joylashagan chorak nomi ham ko‘rsatiladi. Azimutlar: Rumblar: 0° - 90° shshk: ch1 = A1 90° - 180" jshk: ch2 = 180°-A2 180° - 270° jg : ch3 = A3 – 1800 2700 – 3600 shg : ch4 = 360° - A4 Bir to‘g‘ri chiziqda yotgan nuqtalarda o‘lchangan azimutlarning bir-biriga teng bo‘lmasligi chiziq azimutidan foydalanishda ancha qiyinchilik tugdiradi. Shuning uchun azimut o‘rniga direksion burchakdan foydalaniladi. Direksion burchak deb o‘q meridiani yoki unga parallel bo‘lgan chiziqning shimoliy yo‘nalishidan soat mili yuli bo‘yicha 0° dan 360° gacha o‘zgaradigan burchakka aytiladi. Bir chiziqning to‘g‘ri va teskari direksion burchaklari o‘zaro 180° farq qiladi. α1 = α ± 1800 Azimut bilan direksion burchak o‘rtasida quydagi munosabat mavjud: A-azimut α - direksion burchak A = α ± u u - meridianlar yaqinlashishi. Azimutlar va rumblar haqiqiy meridian yo‘nalishdan hisoblansa haqiqiy, azimutlar va rumblar agar magnit meridiani yo‘nalishidan hisoblansa magnit azimutlari va rumblari deyiladi. Haqiqiy azimutlar geodezik o‘lchashlar natijasida, magnit azimutlari yoki rumblari esa bussol asbobi yordamida o‘lchanadi. Odatda topografik kartada orientirlash burchaklari (azimut, rumb va direksion burchaklar) transportir yoki bussol yordamida aniqlanadi. Joyda topografik karta bilan ishlaganda kuzatuvchi ishni o‘zi turgan joyini kartada aniqlashdan boshlashi kerak, bu esa kartani orientirlash deb ataladi. Kartani joyda orientirlash uchun kartadagi sharqiy va g‘arbiy meridianlar (kartaning garbiy va sharqiy ramkalari) ni shimol-janub yo‘nalishiga, shimoliy va janubiy parallellar (kartaning shimoliy va janubiy ramkalari)ni g‘arb-sharq yo‘nalishiga to‘g‘rilanadi. Joydagi predmetlarga (temir yo‘llar, avtomobil yo‘llari, kanallar, daryolar, soylar, binolar va boshqalarga) qarab ham kartani orientirlash mumkin. Kartani bussol yordamida ham orientirlasa bo‘lada. Buning uchun bussolni kartadagi shimol va janubni ko‘rsatuvchi meridian chizig‘i ustiga qo‘yiladi va strelkasi bo‘shatilib, 0° va 180° ni ko‘rsatuvchi strelka yo‘nalishi meridian yo‘nalishiga ustma-ust tushgunga qadar karta asta aylantiriladi. Lekin bunda kartani magnit meridiani bo‘yicha orientirlanadi, chunki bussolning shimol va janubni ko‘rsatuvchi strelkasi haqiqiy (geografik) meridianni emas, balkn magnit meridianini ko‘rsatadi. Magnit meridiani bilan haqiqiy meridian orasidagi burchak, ya’ni magnit strelkasining ogish burchagi hamma topografik kartalarda beriladi, Magnit ogish burchaga ma’lum bo‘lgandan keyin haqiqiy meridian topib olinadi.
Bussol asbobi yordamida yo‘nalishlarning magnit azimutlari o‘lchanadi. Hozirgi vaqtda gorizontal plan olishda asosan 2 xil bussol (BSH va BS) ishlatiladi. Bulardan boshqa to‘rt burchakli va aylana shaklidagi bussollar ham bor. Bussol yordamida 2 xil plan olish mumkin: maydon plani va marshrut plani. Plani olinadigan joy oldindan o‘rganilib, tayanch nuqtalar, ya’ni bussol o‘rnatila-digan nuqtalar belgilanadi va qoziqlar qoqib nomerlanadi. Belgilangan nuqtalar bir-biridan yaxshi ko‘rinib turadigan va atrofdagi tafsilotlarni planga tushirish uchun ochiq joyda bo‘lishi kerak. Qoziqlar qoqilgan nuqtalar ko‘rinib turishi uchun vohalar o‘rnatiladi. Agar maydonning plani olinadigai bo‘lsa, tayanch nuqtalarni bir-biriga tutashtirib, yopiq poligon hosil qilamiz. Azimut va rumb taqqoslash bo‘lgan ko‘p burchakli shakl yopiq poligon deb yuritiladi. Bussol yordamida marshrut bo‘yicha plan olishda ham joyda tayanch nuqtalar belgilanadi. Nuqtalar ustiga bussol o‘rnatilib, ularning ham to‘g‘ri va teskari magnit azimutlar aniqlanadi, Bunda ochiq poligon hosil bo‘ladi. Joyda o‘lchangan poligon tomonlarining to‘g‘ri va teskari magnit azimutlari hamda nuqtalar orasidagi masofalar maxsus dala jurnaliga yozilib boriladi. Bussol bilan plan olishda joydagi tafsilotlar 2 xil usul bilan planga olinada: kesishtirish usuli, qutbiy usul. Bussol bilan plan olishda joydagi tafsilot-larning o‘rni qaysi usulda aniqlangan bo‘lsa planga ham shu usulda tushiriladi. Qutbiy usulda o‘rni aniqlangan nuqtalar qutbiy koordinatalari, ya’ni azimutlar yoki rumblari bo‘yicha trasportir yordamida, masofalar o‘lchagich sirkul yordamida masshtab asosida planga tushiriladi. Ko‘z bilan chamalab plan olish, plan olishnipg eng oddiy usullaridan bo‘lib, bunda geodezik asboblar o‘rniga oddiy asboblardan foydalaniladi. Ishning asosiy qismi chamalab bajariladi. Ko‘z bilan chamalab plan olishda oddiy chizmachilik qurollari jumladan qalam, chizg‘ich, bussol yoki kompos, o‘lchagich sirkul va oq vatman yopish-tirilgan planshet kerak bo‘ladi. Planshetning shimoli-sharq yoki shimoli-g‘arb burchagiga bussol o‘rnatiladi va shimol-janub yo‘nalishini ko‘rsatuvchi chiziq chiziladi. Ko‘z bilan chamalab plan olishda plan yo‘nalish bo‘yicha yoki maydon bo‘yicha bajarilishi mumkin. Ko‘z bilan chamalab plan olish uchun ochiq joy yo‘llar tutashgan joy, dars tirsaklari yoki tepaliklarda bekatlar o‘rni belgilanadi. Har bir bekatda planshet bussol orentirlanadi. Buning uchun shimol-janub chizig‘iga parallel qilib olinadi. So‘ngra planshet ko‘z ko‘rish balandligigacha ko‘tarilib tafsilotlarni planga tushirishda kestirish yoki qutbiy usullar qo‘llaniladi. Bekatdan tafsilotlargacha bo‘lgan masofa qadamlab o‘lchanadi yoki chamalab hisoblanadi. Tafsilotlarni planga tushirishda chiziqli masshtabdan ham foydalaniladi. Qadam masshtabda chizish uchun avval qadam uzunligi aniqlanishi kerak. Buning uchun tekis joyda 100 metrli masofa 20 metrln pulat lenta yordamida o‘lchanadi va 3 marta qadamlab o‘lchab chikiladi Masalan 3 marta o‘lchangan qadamlarning o‘rtacha arifmetik yig‘indisi 77 juft qadamga teng (75-77-79). Agar tuzilayotgan plan masshtabi 1:1000 bo‘lsa tarifdagi 1 sm masofa joydagi 77 ta juft qadamga teng. Shu asosda chiziqli qadamlar masshtabi tuziladi. Hisoblashni osonlashtirish uchun 100 juft qadam olinadi. Qadam masshtabini aniqlash uchun quyidagi nisbatdan foydalanish mumkin. 1 sm-77 juft qadam. x-100 juft qadam x=100=1,3 sm 77 Demak, misolimizda chiziqli qadamlar masshtabining asosi 1,3 sm bo‘ladi. Ko‘z bilan chamalab masofalar o‘lchash ko‘p mashq qilishni talab qiladi. O‘lchash aniqligi, relefga, masofannng katta-kichikligiga bog‘liq. Dalada ko‘z bilan chamalab plan olish uchun bekatda playashet orientir-lanadi boshlang‘ich nuqta belgilanadi. Boshlang‘ich nuqtani shunday tanlash kerakki, qolgan hudud planshetga to‘liq tushsin. Birinchi bekatidan vizirlash chizig‘ini daraxt turgan joyga ya’ni nuqtaga, trigonometrik punkt turgan V nuqtaga, shamol tegarmonida belgillangan S nuqtaga, yo‘l ajralgan joydagi E nuqtaga va kuprikka (G‘) yo‘naltirib planshetga chiziqlar chiziladi. Birinchi bekat yaqinidagi hamma tafsilotlar tushurilgandan so‘ng ikkinchi bekatgacha bo‘lgan masofa planshetda chizilgan yo‘nalish bo‘yiga qadamlab o‘lchanadi va qadamlar miqiyosi asosida chiziladi. So‘ngra ikkinchi bekatdan A, V, S, D, E, G‘ nuqtalarga yo‘lni chizilib birinchi va ikkinchi bekatlardan chizilgan yo‘nalish chiziqlari kesishgan nuqtalarning plashnetda o‘rni aniqlanadi. So‘ngra ikkinchi bekat atrofidagi tafsilot va relef tushiriladi. Bunda relef gorizontallar yordamida chamalab chiziladi. Ko‘z bilan chamalab dalada plan olib bo‘lgandan keyin laboratoriya sharoitida ish tek-shirilib, tushda chiziladi. Joyda masofani 3 xil usulda: bevosita, bavosita va nomer yordamida o‘lchash mumkin. Bevosita o‘lchash usulida masofani o‘lchash asbobi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchanib uzunligi aniqlanadi. Masofani bu usulda o‘lchash uchun po‘lat lenta, ruletka va invar simdan foydalaniladi Masofani o‘lchash asbobi yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchamasdan uning uzunligi biror boshqa o‘lchash natijalaridan foydalanib matematik formulalar orqali hisoblab topishga bavosita o‘lchash deyiladi. Uchburchakning uchta burchagi va bitta tamonini o‘lchash natijalaridan foydalanib, qolgan ikki tamonini sinuslar teoremasi asosida aniq-lashni bunga misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Joyda masofani bevosita va bavosita o‘lchash ancha murakkab ish hisoblanadi va bunga ko‘p vaqt ketadi. Shuning uchuch keyingi yillarda masofani bevosita o‘lchashda dalnomer deb ataluvchi asbobdan va lazerdan ham foydalanilmoqda. Savollar: 1. Orientirlash nima va u qanday aniqlanadi? 2. Azimut burchak iima? 3. Rumb burchak nima? 4. Direksion burchak nima? 5. Kartada bussol yordamida qanday orientirlanadi? 6. Chiziq uzunligini o‘lchashning qanday usullarini bilasiz? 1 Elementary surveyingan introduction to geomatics. Charles D.Chilani. Paul R.Wolf 2007. Китобдан олинган 162-бет 2 Elementary surveyingan introduction to geomatics. Charles D.Chilani. Paul R.Wolf 2007. Китобдан олинган 163-бет Download 248.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling