Mavzu: Yetkazib beruvchilar bozorining ma’lumotlar bazasini shakllantirish Mundarija: Kirish


Download 0.75 Mb.
bet11/16
Sana21.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1640028
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Ahmadova Kurs ishi

Temir yo‘l transporti
Xalq xo‘jaligida temir yo‘l transportining yo‘lovchilar hamda yuk tashishda salmog‘i katta. Respublika temir yo‘l transporti MDH doirasidagi qo‘shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda muhim o‘rinda turadi. 2017 yilda respublikada xalq xo‘jaligiga tegishli umumiy uzunligi 6,6 ming km, shu jumladan, umumiy foydalaniladigan qismining uzunligi 25 ming km, asosan sanoat korxonalariga tortilgan temir yo‘l uzunligi 3,1 ming km ni tashkil etadi. 2015 yil noyabrda O‘zbekiston Respublikasida joylashgan temir yo‘l korxonalari va bo‘linmalari, loyiha - konstruktorlik va boshqa tashkilotlari va muassasalari negizida «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat hissadorlik kompaniyasi tashkil etildi. 63 O‘zbekiston Respublikasi mamlakat mustaqilligi va iqtisodiyoti uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan Xitoy, Koreya, Yaponiya, Eron, Turkiya va G‘arbiy Yevropaning janubi bilan tutashtiradigan «TransOsiyo» magistrali (Istambul - Toshkent -Olma ota - Pekin) qurilishida ishtirok etmoqda. «O‘zbekiston temir yo‘llari» 50 mingdan ortiq turli yuk vagoni va Germaniyada tayyorlangan refrijiratorlari, 1450 yo‘lovchilar tashiladigan vagonga ega. Kompaniyaning temir yo‘ldan foydalanishiga mas’ul bo‘lgan Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Orol bo‘yi, Qarshi bo‘limlari bor. 2018 yil umumiy foydalaniladigan temir yo‘l transportida 46,2 mln.t yuk tashildi. 20 tonnali konteynerlar bilan yuk tashish respublikadagi 11 ta stansiyada amalga oshirildi. Tashiladigan yuklarning asosiy qismini qurilish materiallari, bulardan 21 % taxta, 3% neft va neft mahsulotlari, 35 % g‘alla, sement, kimyoviy mahsulotlar va mineral o‘g‘itlar, ko‘mir, sabzavot va boshqa xalq xo‘jaligi yuklarini tashkil etadi. 2018 yil temir yo‘l transportida 14,4 mln. yo‘lovchi tashildi. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda, ayniqsa, shaharlar atrofidagi qatnovda elektropoyezdlardan tobora kengroq foydalanilmoqda. O‘zbekistonning yagona temir yo‘l tarmog‘ini vujudga keltirish bo‘yicha Navoiy-Nukus yo‘nalishlarida temir yo‘lni qayta qurish va elektrlashtirish boshlandi. Urganch-Beruniy elektrlashtirilgan yangi temir yo‘l qurilishi bu hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Respublikada poyezdlar harakatini boshqarish yagona dispetcherlik markazi mavjud bo‘lgan Toshkentda amalga oshiriladi. Poyezdlar harakatini boshqarish tizimlarida avtomatlashtirilgan xizmat ko‘rsatadigan yuqori quvvatli axborot hisoblash markazi ishlab turibdi. Yo‘lovchi tashuvchi eng yuqori tezligi 100 km/soatni, yuk tashuvchi poyezdlarning tezligi 80 km/soatni, stansiyalararo yo‘llarda yo‘lovchilar tashuvchi poyezdlar 60 km/soat, yuk tashuvchi poyezdlari 35 km/soat tezlikda harakat qiladi. «O‘zbekiston temir yo‘l» kompaniyasining lokomotiv parki yangi turdagi teplovozlar, elektorovozlar, elektoropoyezdlardan tashkil topgan. Yo‘lovchilar tashiladigan va yuk vagonlarini ta’mirlash, temir - beton shpallar tayyorlanadi. Toshkent, Xovos, Qo‘qon, Andijon lokomotivlarini ta’mirlash o‘zlashtirilgan. «O‘ztemiryo‘lta’mirlash» ishlab chiqarish birlashmasining bosh korxonasi Toshkent teplovozlarning zavod ta’miri hamda yo‘lovchilar tashiladigan vagonlarning qayta ta’mirlanishi, Paxtaobod zavodida yopiq vagonlar, platformalar va yarim vagonlarni ta’mirlash amalga oshiriladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling