Mavzu: Yetkazib beruvchilar bozorining ma’lumotlar bazasini shakllantirish Mundarija: Kirish
Download 0.75 Mb.
|
Ahmadova Kurs ishi
Havo yo‘l transporti
O‘zbekiston jahondagi ko‘p mamlakatlarning poytaxtlari, yirik shaharlar sanoat markazlari bilan havo yo‘llari orqali bog‘langan. Respublika mustaqillikka erishgandan so‘ng, 1992 yili yanvardan sobiq Ittifoq tasarrufida bo‘lgan O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, fuqaro aviatsiyasining 243 ta’mirlash zavodi, «Aviaqurilish» birlashmasiga qarashli «Aviamaxsusmontajsozlik» negizida «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi tashkil etildi. Respublikaning, ayniqsa, xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy, turistik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda mamlakatning o‘z transporti muhim rol o‘ynayapti. «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning bir qancha Osiyo va Yevropa, Amerika mamlakatlarida vakolatxonalari ochildi. 2005-2012 yillarda 19 ta yangi xalqaro marshrutlarda samolyotlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 2013-2018 yillarda xalqaro marshrutlarda tashilgan yo‘lovchi soni 30 mingdan 245 mingga yetdi. «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Germaniya, Fransiya, Rossiya firmalari bilan turli sohalarda hamkorlik qilmoqda. 2015 yilda shunday hamkorlik natijasida Yevropaning yirik «Eirbas industri» konsernidan «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi sotib olgan Eirbas A-310-300 aerobuslari xalqaro marshrutlari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshladi. «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi quyidagi havo kemalariga ega: qishloq xo‘jaligi ishlariga mo‘ljallangan AN-2, milliy havo yo‘llarda qatnaydigan AN-24, YAK-40 xalqaro toifadagi IL-86, TU-154, A-310, V-767 kabi samolyotlar, vertolyotlar parkida MI-2, MI-8, KA-26 kabi mashinalar bor. Viloyat markazida aeroportlar TU-154, Samarqand, Namangan, Urganch, Termiz aeroportlari IL-62, IL-72, Nukus aeroporti IL-86, A-310 aerobuslarini qabul qilishga qodir. Toshkent, Samarqand, Termiz aeroportlari xalqaro maqomga ega. Respublika hukumati qaroriga ko‘ra Uchquduqda jahondagi eng ilg‘or andozalarga mos keladigan katta yangi aeroport qurishga tayyorgarlik boshlangan. Respublika aviatsiya transporti uchun uchuvchilar, texnika xizmati tarkibi, yerdagi xizmat xodimlari milliy aviakompaniyaning uchish - o‘quv texnika markazida va Toshkent aviatsiya institutida tayyorlanadi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling