Mavzu: Yetkazib beruvchilar bozorining ma’lumotlar bazasini shakllantirish Mundarija: Kirish
Zamonaviy tashish texnologiyalari
Download 0.75 Mb.
|
Ahmadova Kurs ishi
2.2. Zamonaviy tashish texnologiyalari
T ransport odamlar va yuklarni tashishda bo‘ladigan moddiy ishlab chiqarish tarmog‘idir. Ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasi moddiy xizmatlar ishlab chiqarishga kiradi. Ijtimoiy ishlab chiqari shda transportning o‘rni 1-chizmada ko‘rsatilgan. 1-chizma. Ijtimoiy ishlab chiqarishda transportning o‘rni Moddiy oqimning birinchi xomashyo manbaidan oxiri iste’molchigacha harakatdagi logistika tadbirlarining muhim qismi turli transport vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni bajarishga ketgan harajatlar logistikaga ketgan umumiy harajatlarning 50 % ini tashkil etadi. Bajargan ishiga qarab, transport ikki asosiy guruhga bo‘linadi: 1. Ommaviy foydalaniladigan transport, xalq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lib, yuk va yo‘lovchi tashishda aholiga va xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu transport aholiga ham aloqa yo‘li tizimida xizmat qiladi. Uni ko‘pincha magistral (qandaydir tizimdagi asosiy bosh chiziq, bu yerda aloqa yo‘llari tizimi) deb ataladi. Ommaviy foydalaniladigan transport tushunchasi o‘z ichiga temir yo‘l transporti, suv transporti (dengiz va daryo), avtomobil transporti, havo transporti va quvur transportini oladi. 2. Noommaviy foydalaniladigan transport - ishlab chiqarish ichidagi transport hamda notransport korxonalariga tegishli bo‘lgan transport vositalarining barcha shakllari. Transportning noommaviy turidan foydalangan holda yuklar tashishni tashkil qilish ishlab chiqarish logistikasining predmetidir. Tovar harakatida kanallarni tanlash masalasi logistika doirasida yechiladi. Transport logistikasining predmeti ommaviy vazifadagi transport yuk ta’minotini tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan kompleks masalalar hisoblanadi. Transport logistikasining vazifalari: - transport tizimlarini, jumladan transport koridorlari va transport zanjirlarini tashkil etish: - transport jarayonlarining turli xil transport birligini rejalashtirish (aralash ta’minlash holatida); - transport - ombor jarayonlarining texnologik birligini ta’minlash; - transport jarayonini ombor va ishlab chiqarish bilan rejalashtirish; - transport vositasi turini tanlash; - transport vositasini tekin ta’minlash; - yetkazishning to‘g‘ri marketurasini aniqlash. Transport turini tanlash masalasi logistika zahiralarining qulay darajasini tashkil qilish va ushlab turish, qadoqlash va o‘rash turini tanlash va boshqa shu kabi masalalar bilan bog‘liq holda yechiladi. Muayyan bir mahsulotni tashish uchun transport turini tanlashda har xil transport turlarining xarakterli xususiyati haqidagi axborot asos bo‘lib xizmat qiladi. Logistika nuqtai nazaridan avtomobil, temir yo‘l, suv, havo transportining kamchilik va afzalliklarini ko‘rib chiqamiz. 1. Avtomobil transporti. Asosiy funksiyalaridan biri yuqori tezlikda yurish. Avtomobil transporti yordamida yukni kerakli muddatda yetkazib berish mumkin. Transportning bu turi yetkazishning muntazamligini ta’minlaydi. Bu yerda boshqa turlariga nisbatan qadoqlanishiga kamroq talablar qo‘yiladi. Avtomobil transportining kamchiligiga tashishga nisbatan yuqori tannarxi, ya’ni odatda avtomobilning yuk ko‘tarish qobiliyati (eng ko‘p miqdor) bo‘yicha olinadigan to‘lov kiradi. Bu transport turining boshqa kamchiliklariga yuk tushirish va tashish, yukni yo‘qotish imkoniyati va avtotransportning yo‘lda buzilish imkoniyati borligi, nisbatan yuk ko‘tarilish quvvatining pastligi kiradi. 2. Temir yo‘l transporti. Transportning bu turi turli ob-havo sharoitlarida yuklarning turli to‘plamlarini tashishga yaxshi moslashgan. Temir yo‘l transporti yuklarni uzoq masofalarga tashish va tashishning muntazamligi imkoniyatini beradi. Bu yerda yuklash, tushirish ishlari foydali natijani tashkil qilishi mumkin. Temir yo‘l transportining afzalligi yuklarni tashish tannarxining nisbatan pastligi. 3. Suv transporti. Dengiz transportining kamchiliklariga tezlik pastligi, yuklarning qadoqlanishi, o‘ralishi va mustahkamlanishiga qattiq talablar qo‘yilishi, jo‘natish chastotasi pastligi kiradi. Ichki suv transporti. Yuk tariflari past. uzoqroq masofaga tashishda bu transport turi eng arzon hisoblanadi. Ichki suv transportining kamchiliklariga yetkazib berishning tezligi past bo‘lishi kiradi. 4. Havo transporti. Asosiy afzalliklari: tezligi, alohida rayonlarga yetkazish imkoniyati. Kamchiliklariga yuk ta’riflarining yuqoriligi va meteo sharoitlar kiradi. Avtomobil transporti U yuklar va yo‘lovchilarni relssiz yo‘llarda tashuvchi transport turiga kiradi. Ular asosan quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Yuklarni magistral transporti (paroxod, samolyot poyezd va h.k.) ga tushirish va olib borish. 2. Sanoat va qishloq xo‘jaligi yuklarini qisqa vaqt ichida tashish. 3. Yuklarni qurilish va savdo uchun tashish. 4. Uzoq masofalarga avtomobil transportida tez buziladigan, qimmatbaho, tez olib borilishi kerak bo‘lgan transportning boshqa turlari bilan tashish, tushirish, ortish qiyin bo‘lgan yuklarni tashish. Hozirgi davrda iqtisodiyotning biror-bir sohasi o‘z vazifalarini avtomobil transportisiz bajara olmaydi. Avtomobil transportiga bo‘lgan mehnat va pul sarfi boshqa transport turlaridan ko‘proq bo‘lsa ham iqtisodiyotning hamma bosqichlarida keng yoyilgan. Avtomobil transportida yuklarni tashish samaralidir. Ayniqsa, yuklarni «eshikdan eshikkacha» tashishda, yuklarni ortish va tushirishga sarflangan harajatlar yuklarning yo‘ldagi vaqtlarini qisqartiradi. O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari va mamlakat aholisi ehtiyojlarini qondirish darajasida rivojlangan avtomobil transportiga ega. Respublika yuk mashinalari, jumladan, Do‘stlik shahar avtomobil zavodida «Mersedes - Bens» so‘drovchilar vazifasiga ko‘ra ixtisoslashtirilgan (o‘t o‘chirish, un, paxta, qurilish materiallari tashish, sanitariya va boshqa) avtomobillar bor. Respublikada xalq xo‘jaligining sanoat, qishloq xo‘jaligi qurilish, suv xo‘jaligi, aloqa, savdo, sog‘liqni saqlash, kommunal xo‘jaligi, madaniyat, mudofaa va boshqa tarmoqlarda ixtisoslashtirilgan yirik avtotransport korxonalari mavjud. 2017 yilda Respublikada umumiy foydalaniladigan avtomobillar, ya’ni yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan 14,1 ming avtobus va 4,3 mingdan ortiq yengil mashinalari ishladi. Respublika bo‘yicha 2892 avtobus marshrutlarida (593 ta shahar, 1768 ta shahar atrofi, 532 ta shaharlararo) avtobuslar qatnadi. Har kuni 5000 ga yaqin avtobus qatnaydi. 2017 yili avtobuslarda 1879,6 mln. yo‘lovchi tashildi. Umumiy foydalaniladigan yuk va yo‘lovchilar tashuvchi avtomobil transportining yirik korxonalari O‘zavtotransport davlat hissadorlik Korporatsiyasi tarkibiga kiradi. Korporatsiya 2015 yil yanvarda tashkil etilgan. Korporatsiya tarkibiga hissadorlik jamiyatlariga aylantirilgan yo‘lovchi tashishni amalga oshiradigan 99 ta, yuk tashish bilan shug‘ullanadigan 99 ta va aralash 67 ta avtokorxonalar bor. Bu avtokorxonalarda 14 mingdan ortiq avtobus, 24,6 ming yuk avtomobili (10 mingga yaqini o‘zi ag‘daruvchi mashinalar) bo‘lib, ularda 1999 yili 220,6 mln. tonnaga yaqin yuk tashildi (jami transport turlarida tashilgan umumiy yuk hajmining 24,7%i avtomobil transportida tashilgan). Korporatsiyaning «O‘ztashishtrans» savdo transport birlashmasi va «O‘zbekavtotur» firmasi xalqaro yuk tashish va yo‘lovchilar qatnoviga xizmat ko‘rsatadi. 2018 yil Avstriya, Germaniya, Eron, Xitoy, Turkiya va boshqa mamlakatlarga 16 ming tonna yuk yetkazib berildi. Keyingi yillarda Korporatsiya aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatishi rivojlanmoqda. Tarmoq korxonalari uchun muhandis - texnik xodimlar 12 mutaxassislik bo‘yicha Toshkent avtomobil va yo‘llar institutida, Qo‘qon, Buxoro, Urganch, Toshkent avtomobil va yo‘llar kollejlarida tayyorlanadi. «O‘zavtotrans» Korporatsiyasi huzurida 15 ta avtomobil o‘quv kombinati va ularning 100 ta filiali ishlaydi. Avtomobil transporti tizimida O‘zbekiston hissadorlik sug‘urta kompaniyasi yo‘lovchilarni sug‘urta qilish ishlari bilan shug‘ullanadi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling