Mavzu: Yetkazib beruvchilar bozorining ma’lumotlar bazasini shakllantirish Mundarija: Kirish


Bob: Logistika bozorida ma’lumotlar bazasi shakllantirishning nazariy asoslari


Download 0.75 Mb.
bet2/16
Sana21.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1640028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ahmadova Kurs ishi

1.Bob: Logistika bozorida ma’lumotlar bazasi shakllantirishning nazariy asoslari
1.1. Ta'minot logistikasining asosiy tushunchalari, funksiyalari va vazifalari
Har qanday davlat korxonasining faoliyati ham, xususiy sektorning faoliyati xam ularni ta'minlaydigan boshqa korxonalarning xomashyo, moddiylar, tovarlar va xizmatlar ta'minlash darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Hatto eng kichik ofisga ham o‘zining funksiyalarini bajarish uchun xona, issiqlik, yorug‘lik, aloqa vositalari, mebel' va boshqa turli predmetlar zarur bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra, bu jihatdan birorta ham korxona, tashkilot, muassasa o‘z-o‘ziga yetarli bo‘lib hisoblanmaydi. Ta'minot faoliyati korxona uchun sifat va miqdor bo‘yicha zaruriy xomashyo, moddiylar, tovarlar va xizmatlarni kerakli paytda, kerakli joyda, o‘zining majburiyatlariga javob bera oladigan va yaxshi xizmat ko‘rsata oladigan (kelishuv amalga oshirilguncha ham, undan keyin ham) ishonchli yetkazib beruvchidan qulay narxlar bo‘yicha olishiga qaratiladi. Ta'minotni (xaridlrni) amalga oshirish har bir firmada asosiy funksiyalardan biri hisoblanadi. Uning ahamiyatini ikkita nuqtai-nazardan – taktik (operativ) va strategik nuqtai-nazardan ko‘rib chiqish mumkin.
Ta'minotning strategik tomoni1— bu barcha xaridlar va yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro munosabatlar, kompaniyaning boshqa bo‘limlari bilan aloqalari va o‘zaro munosabatlari, oxirgi iste'molchilarning ehtiyojlari va talablarini boshqarish jarayonlari, shuningdek yangi xarid qilish sxemalari va uslublarini va hokazolarni rejalashtirish va ishlab chiqishdir.
Ta'minot logistikasining maqsadlari va vazifalarini ko‘rib chiqishdan oldin bu muammoning terminologik jihatiga to‘xtalamiz. Logistikaning funksional sohalarini ko‘rib chiqishda biz firmaning ta'minot logistikasi sohasini ta'riflash masalalariga qisman too‘htalib o‘tgan edik. Mazkur sohada terminologiyani ko‘rib chiqishda o‘ziga xoslik va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tarkib topgan an'analar, shuningdek milliy o‘ziga xosliklarni hisobga olish zarur bo‘ladi.
Xorijda tashkilotlarni zaruriy mahsulotlar (xizmatlar) bilan ta'minlash bo‘yicha faoliyat soxasi an'anaviy tarzda Pur-chasing Procurement — xaridlar xaridlarni boshqaris ta'minot deb ataladi.
Xorij amaliyotida tadqiq qilinayotgan sohaga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas. Xususan, professorlar D.D.Bauersoks D.Dj.Kloss shuni ta'kidlaydilarki, ta'minot xaridlar va moddiylar, butlovchi tarkibiy qismlar va/yoki tayyor mahsulotlarni yetkazib beruvchidan ishlab chiqarish yoki yig‘ish korxonalari, sanoat yoki savdo korxonalarining omborlari yoki chakana savdo do‘konlariga tashqi yetkazib berishlarni tashkil qilishni o‘z ichiga oladi. Vaziyatga bog‘liq ravishda moddiy resurslar tovarlarni olish turli nomlar bilan yuritiladi. Ishlab chiqarish faoliyatida bunday olish jarayonini odatda xaridlar deb ataladi. Davlat sektorida an'anaviy tarzda ta'minot atamasi qo‘llaniladi. Chakana savdo va omborxona xo‘jaligida sotib olishlar atamasidan ko‘proq keng foydalaniladi. Bu jaryon ko‘pincha «kirish» logistikasi, yokiichki logistika sifatida ta'riflanadi. Amerikadagi ba'zi bir manbalarda ta'minot faoliyatini belgilash uchun «moddiy menejmenti» (Material Management) atamasi qo‘llaniladi. Xorijda shuningdek «ta'minot menejmenti» tushunchasidan ham foydalaniladi, bunda firmaga kirib keladigan barcha moddiy oqimni (zaruriy moddiy resurslari va/yoki tayyor mahsulot) rejalashtirish va nazorat qilish tushuniladi. Bunda quyidagi faoliyat turlari ko‘zda tutiladi:
• moddiy resurslari va (yoki) tayyor mahsulot ta'minotini rejalashtirish;
xarid qilishlar;
• etkazib berish;
• qabul qilish va sifatni nazorat qilish;
• saqlash, ishlab chiqarishga yuborish;
• talab qilinmagan yoki sifatsiz qoldiqlarni tasarruf qilish;
• ishlab chiqarish chiqindilarini utilizasiyalash.
Keyingi yillarda ta'minot nazariyasi va amaliyotida «etkazib beruvchilarni boshqarish», «sorsing», «etkazib beruvchilar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish» kabi integrallashgan logistika va SCM ning rivojlanishi bilan chaqirilgan yangi atamalar paydo bo‘ldi.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling