Mavzu: Yetkazib beruvchilar bozorining ma’lumotlar bazasini shakllantirish Mundarija: Kirish
- rasm. Xarid qilinadigan mahsulot bozorini tadqiq qilish va yetkazib beruvchilarni tanlash algoritmi
Download 0.75 Mb.
|
Ahmadova Kurs ishi
2- rasm. Xarid qilinadigan mahsulot bozorini tadqiq qilish va yetkazib beruvchilarni tanlash algoritmi.
Yetkazib beruvchilar bozori va bu bozordagi tendensiyalarning xarakteri to‘g‘risidagi tasavvurlarga ega bo‘lish bilan barcha mumkin bo‘lgan ta'minot manbalarini aniqlash zarur bo‘ladi (2- rasmga qaralsin). Bu masala firmaning ichidagi foydalanuvchilarning talablarini qanoatlantirishi mumkin bo‘lgan ma'lum bir turdagi (nomenklaturadagi) tashqi resurslarni yetkazib beruvchilarning barcha mumkin bo‘lgan manbalarini aniqlashni o‘z ichiga oladi . Bunday ro‘yxat tuzilgandan keyin potensial ta'minot manbalarini oldindan baholash o‘tkaziladi. Bunday baholash yetkazib beruvchilar tomonidan taklif qilinadigan (reklama qilinadigan) sifat va servisni iste'molchi-kompaniya talab qiladigan sifat va setvis bilan taqqoslashdan iborat bo‘ladi. Bazaviy me'zonlar (narx, mahsulotning sifati, yetkazib berishlarning ishonchliligi) asosida yetkazib beruvchilarni oldindan tanlash amalga oshiriladi. Yetkazib beruvchilarni yakuniy tanlash oldindan tanlash bosqichida mumkin bo‘lgan yetkazib beruvchilarning soni kamaytirilgandan keyin amalga oshiriladi. Qolgan nomzodlar aniq kompaniyani ta'minlashning strategik vazifalaridan kelib chiqish bilan tanlangan qo‘shimcha me'zonlari tizimi bo‘yicha baholanadi. Yetkazib beruvchini yakuniy tanlash uchun, qoidaga ko‘ra, kompaniyaning imidji (qiyofasi), moliyaviy barqarorligi, yetkazib beruvchining joylashgan joyi, chegirmalar berilishi kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladigan ko‘p me'zonli baholashdan foydalaniladi. Konseptual nuqtai-nazardan va axborot bilan qo‘llab-quvvatlash jihatidan yetkazib beruvchilarni boshqarish bo‘yicha sanab o‘tilgan vazifalarning aksariyati hozirgi kunda yetkazib berishlar zanjirining uchta — SRM (Supplier Relationship Manage-ment) — «Etkazib beruvchilar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish» makrojarayonlaridan biri doirasida rivojlanmoqda. Barcha ilg‘or kompaniyalar o‘zining tashkiloti bilan tashqi resurslarni sotuvchi o‘rtasida ko‘prik qurish bilan o‘zining yetkazib beruvchilari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rejalashtiradilar. Bu planda SRM o‘zida yetkazib beruvchining resurslarini global ko‘lamda boshqarishni taqdim qiladi, bunda u ilg‘or qurollar va axborot texnologiyalaridan foydalanadi. SRM quyidagilardan foydalanish bilan iste'molchilar uchun ta'minot faoliyatini yaxshilaydigan yechimlarning keng diapazonining bo‘lishi va rivojlanishini ko‘zda tutadi: • har bir yetkazib beruvchining mavjud va kutiladigan tavsiflari to‘g‘risidagi amaldagi kommunikasiyalar; • etkazib beruvchining faoliyat yuritishining amaldagi ko‘rstkichlari to‘g‘risidagi ob'ektiv axborot va qayta bog‘lanish; • afzal bo‘lgan yetkazib beruvchilarni tanlash va ularni toifalarga ajratish uchun ma'lumotlarni boshqarish; • Xarid qilishlarga ketadigan umumiy xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlarini identifikasiyalash, baholash va o‘lchash. SRM konsepsiyasi/texnologiyasi umuman biznesning va xususan ta'minotning rivojlanishini quyidagi ob'ektiv sabablari natijasida paydo bo‘lgan: Amaldagi uslublar va qurollar bilan butun yetkazib berishlar zanjiri bo‘yicha xaridlarni samarali boshqarish mumkin emasligi: • Ta'minotga nisbatan jarayonli yondashuvning yo‘qligi. • Etkazib beruvchilar va xarid qilinadigan mahsulotlar sonining spontan ravishda o‘sishi. • Shartnomalar bo‘yicha xaridlar foyizining pastligi. • Rejalashtirish va yetkazib berishlar zanjirlarida kontragentlarning o‘zaro harakatlarini samarali emasligi. • Iste'molchilar tomonidan qo‘yilgan logistik cheklashlarning yetkazib beruvchilar tomonidan yetarlicha hisobga olinmasligi. Kerakli tovarlar va hohlanadigan tavsiflarga ega bo‘lgan yetkazib beruvchilarni topishning qiyinligi: • Zaruriy axborotning turli tizimlarda saqlanishi. • Ma'lumotlarning umumiy tasnifining mavjud emasligi, ma'lumotlarning to‘liq emasligi va bir-biriga zidligi. • Etkazib beruvchilarning kataloglarining sochilganligi. Xaridlarda qo‘lda bajariladigan proseduralarning samarali emasligi, jumladan: • Kerakli mahsulotni tanlash va xarakteristikalarni muvofiqlashtirish. • Xarid qilishlarga ketadigan xarajatlarni tahlil qilish. • So‘rovnomalarni yaratish va takliflarni baholash. SRM —bu faoliyat yuritishning umumiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash va yetkazib berishlar zanjiridagi umumiy xarajatlarni kamaytirish uchun iste'molchi va yetkazib beruvchi tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan muvofiqlashtirilgan harakatlar dasturidir . SRM ning fundamenti (jumladan informasion) sifatida kundalik o‘zaro harakatlarda o‘zaro munosabatlarga ta'sir ko‘rsatadigan operasion jihatlarni yanada chuqurroq tushunish hisobiga yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga yo‘naltirilgan ta'minot jarayonlari chiqadi. Axborot kompaniyalari (tizim integratorlari) ko‘pincha SRM ,ning bazaviy bosqichlar ketma-ketligi – sorsing, xaridlarni boshqarish va tahlil qilish sifatidagi iterasion talqinidan foydalanadi. Ularning roli quyidagicha. SRM deganda xaridlar bo‘yicha ko‘p qirrali yechimlarning yetkazib beruvchining tanlovi pozisiyasidan qo‘llab-quvvatlanishi uchun mo‘ljallangan strategik sorsing, ta'minot va tahlil qilish tushuniladi . 1. Sorsing ta'minot faoliyatida xarid qilish manbasini tanlashni – optimal yetkazib beruvchilar guruhini identifikasiyalash, baholash va ular bilan shartnoma munosabatlarini o‘rnatishga taalluqli bo‘lgan siklni belgilaydi. Strategik sorsing tovarlar va xizmatlarni yetkazib berish xarajatlarini kamaytirish va muddatlarini qisqartirish maqsadida xarid qilish imkoniyatlarini optimallashtiradi. 2. Xaridlarni boshqarish — ta'minot siklidagi ikkinchi qadamdir. Bu sohadagi yechimlar tiplashgan xarid qilishlar prosedurasida tor joylarni, pul mablag‘larining norasional yo‘qolishlari va vaqtning behuda sarflanishini bartaraf qilishi lozim. Xaridlarni boshqarish yetkazib beruvchi bilan iste'molchining samarali aloqalarini, xaridlarda ishchi jarayonlarni onlayn qo‘llab-quvvatlashni ta'minlashi va butun ta'minot siklida xarajatlarni yaxshiroq nazorat qilish uchun shartnomasiz xarid qilishlarni bartaraf qilishi lozim. Oxir-oqibatda to‘g‘ri qurilgan ta'minot unga kiritilgan investisiyalarning oqlanishini oshirishi lozim. 3.Tahlil qilish va biznes-intellekt yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishni umumiy axborotlar bilan qo‘llab-quvvatlashning tarkibida SRM ning uchdan bir qismini tashkil qiladi, u kompaniyaning xaridlar bo‘yicha menejerlari va moliyaviy tahlilchilariga ta'minot faoliyati va yetkazib beruvchilarning ishlashining samaradorligi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ko‘rsatkichlarning aniq manzarasini (KPI) berishi lozim . Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling