Mavzu: Yetkazib beruvchilar bozorining ma’lumotlar bazasini shakllantirish Mundarija: Kirish


Download 0.75 Mb.
bet5/16
Sana21.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1640028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ahmadova Kurs ishi

Ta'minot logistikasi4— bu resurslarning optimal sarfida biznes tashkilotining korporativ maqsadlariga erishish uchun logistik faoliyat turlarini marketing va tijorat faoliyati bilan muvofiqlashtirish va integratsiyalashdir.
Kompaniyaning korporativ strategiyasini qo‘llab-quvvatlash munosabati bilan ta'minot logistikasining asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
• kompaniyaning ishlab chiqarish/sotish bo‘linmalarini ularning talablariga muvofiq ta'minot predmetlari va tegishli xizmatlar bilan ta'minlash;
• kompaniyani yashashni ta'minlash, resurslar bilan uzluksiz ta'minlash hisobiga uning normal faoliyat yuritishini ta'minlash;
• mahsulotning tannarxi/narxi tarkibida xaridlarga ketadigan xarajatlarni optimallashtirish;
• o‘rnatilgan sifat standartlariga mos keladigan ta'minot predmetlari va xizmatlarni xarid qilishni ta'minlash;
• yetkazib beruvchilarni samarali boshqarishni amalga oshirish.

1.2. Yetkazib beruvchilarni boshqarish
«Etkazib beruvchilarni boshqarish» faoliyatida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi:
• yangi tovarlar (xizmatlar) bozorini doimiy monitoringlash;
• ta'minot manbalarini qidirish va baholash, global yetkazib beruvchilarni ham o‘z ichiga olgan holda;
• etkazib beruvchilarning bazalarini tanlash va rasionallashtirish;
• potensial yetkazib beruvchilarni rivojlantirish;
• etkazib beruvchilarning bozor va moliyaviy barqarorligini baholash;
• etkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib borish;
• etkazib beruvchilar bilan o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish (sherikchilik, koooperativlar, assosiasiyalar va hokazolar);
• etkazib beruvchilarning tavsiflarini benchmarkingi;
• etkazib beruvchilarning faoliyat yuritishining samaradorligini monitoringlash, yetkazib beruvchilar bilan munosabatlar tarixi.
Yetkazib beruvchilarni boshqarishning ba'zi bir vazifalarini ko‘rib chiqamiz va tahlil qilamiz.
Kompaniyaning yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro munosabatlarini belgilaydigan harakatlar ketma-ketligi va xarid qilish proseduralari algoritm ko‘rinishida taqdim qilingan (2- rasm).



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling