Mavzu: Yetkazib beruvchilar bozorining ma’lumotlar bazasini shakllantirish Mundarija: Kirish


Ta'minot logistikasi asosiy atamalarining lug‘atlardagi ta'riflari


Download 0.75 Mb.
bet3/16
Sana21.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1640028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ahmadova Kurs ishi

Ta'minot logistikasi asosiy atamalarining lug‘atlardagi ta'riflari.


Ta'minot (Procurement) – xomashyo va moddiylarni xarid qilish, ichki zaxiralarni, jumladan foydalanilmagan zahiralar va hokazolarni safarbar qilishni o‘z ichiga olgan holda ishlab chiqarishni moddiy-texnik ta'minlash jarayoni.( Rodnikov A.N. Tovar harakati iqtisodiyoti bo‘yicha inglizcha-ruscha lug‘at)
Ta'minot (Procurement)2– bu xaridlarni rejalashtirish, zahiralarni boshqarish, tashish, olish, kirish nazorati va chiqindilarni boshqarishni o‘z ichiga oladigan bog‘langan biznes-jarayonlardir.
(Ta'minot (Procurement) – bu foydalanuvchi uchun talab qilinadigan joyda va vaqtda talab qilinadigan sifatdagi va miqdordagi moddiylar yoki xizmatlarga erishishni ta'minlaydigan faoliyatdir. ( Terminology in Logistics.)
Xaridlar/xaridlarni boshqarish (Purchasing, buying) — bu ushbu jarayonda ta'minot manbalari aniqlanadigan va rivojlantiriladigan, nusxalar tayyorlanadigan, narxlar va shartlar belgilanadigan, xarid qilishga buyurtmalar beriladigan va mos keluvchi yetkazib berish ta'minlanadigan funksional faoliyatdir. (Terminology in Logistics.)
Xaridlar/xaridlarni boshqarish (Purchasing, buying) — sanoat va menejmentda moddiylar, mahsulotlar va xizmatlar bilan ta'minlash funksiyalari va javobgarligini belgilash uchun qo‘llaniladigan atama.(APICS Dictionary. The Industry Standard for More than 3500 Terms and Definitions)
Sorsing (Sourcing) 3— talab qilinadigan tovarlar yoki xizmatlarni yetkazib beradigan kompaniyani identifikasiyalash jarayoni.
Davlat xaridlari – bu jamoatchilik ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun davlat hokimiyati organlari tomonidan tovarlar, ishlar, xizmatlarning konkurs asosida byudjet va byudjetdan tashqari moliyalashtirish manbalari hisobidan sotib olinishidir (Federal Qonun, FQ-94)

Keltirilgan ta'riflarni ko‘rib chiqish bilan shunday xulosaga kelish mumkinki, bir xil atamalarni talqin qilishda (umuman logistikada) bir qiymatlilik mavjud emas va “ta'minot” tushunchasi “xarid qilish” tushunchasiga qaraganda kengroq hisoblanadi.


Ta'minot logistikasini («kirish» logistikasi) avvalambor kompaniyani an'anaviy tarzda moddiy resurslari, oldi-sotdi uchun mo‘ljallangan tovarlar (savdo kompaniyalari uchun tayyor mahsulotlar), yashashni ta'minlash resurslari va xizmatlarga bo‘linadigan ta'minot predmetlari bilan ta'minlash maqsadlariga erishish nuqtai-nazardan ko‘rib chiqish zarur bo‘ladi. Ta'minotni tashkil qilish va boshqarish bo‘yicha faoliyat korxona sifat va miqdor bo‘yicha zaruriy xomashyo, moddiylar, tovarlar va xizmatlarni kerakli paytda, kerakli joyda, o‘zining majburiyatlariga javob bera oladigan va yaxshi xizmat ko‘rsata oladigan (kelishuv amalga oshirilguncha ham, undan keyin ham) ishonchli yetkazib beruvchidan qulay narxlar bo‘yicha olishiga qaratiladi.
Xarid qilinadigan tashqi resurslarning nomenklaturasi ko‘proq umumiy ko‘rinishda quyidagi katta guruhlarga bo‘linadi.
1. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlariga mo‘ljalangan asosiy fondlar: texnologik asbob-uskunalar, stanoklar, harakatlanuvchi transport tarkibi, koma'yuterlar va ularga amortizasiya ajratmalari hisoblanadigan boshqa fondlar, shuningdek maxsus xizmatlar.
2. Ishlab chiqarish maqsadlariga mo‘ljallangan moodiy resurslar: xomashyo, asosiy va yordamchi moddiylar, yarim fabrikatlar, yig‘ish birliklari, tayyor mahsulotni yig‘ish (tayyorlash) uchun tarkibiy qismlar va butlovchi qismlar, uskunalar, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun yoqilg‘i va energiya, ishlab chiqarish idishlari va hokazolar; kontragentlarning ishlab chiqarish xarakteridagi xizmatlari. 3. Noishlab chiqarish maqsadlariga mo‘ljallangan moddiy resurslar; ofis jihozlari; mebel'; MRO (Maintenance, Repairs and Op-erations — Operasion resurslar) tipidagi mahsulotlar; orgtexnika (komp'yuter jihozlari, disketlar, CD va boshqa eltuvchilar, tarmoq jihozlari, printerlar, faks-modemlar, telefonlar, printerlar va fakslar uchun sarflanadigan moddiylar, qog‘oz, kanselyariya buyumlari va hokazolar); dasturiy ta'minot; noishlab chiqarish tavsifidagi xizmatlar.
4. Oldi-sotdi uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar.
Birinchi guruhdagi resurslarni xarid qilish operativ xarakterga ega emas, undagi har bir pozisiya odatda oldindan detalli ishlab chiqish, investision asoslashni talab qiladi. Ularning har biri uchun odatda alohida shartnoma tuziladi. Bu ob'ektlarni sotib olishda kompaniyaning ta'minot bo‘limi yordamchilik vazifasini o‘taydi. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish resurslarining AQSh da keng tarqalgan tasniflaridan biri 1- jadvalda keltirilgan.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling