Mavzu: Yirik shoxli hayvonlar nematodirozi va ezofagostomozi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 32.12 Kb.
bet4/9
Sana31.01.2023
Hajmi32.12 Kb.
#1142159
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yirik shoxli hayvonlar nematodirozi va epafagostomozi

Rivojlanishi. Skryabin va Orlovlarning tavsifi bo’yicha har ikala tullash jarayoni ham tuxum ichida kechadi. Lichinka tuxumdan chiqqandan keyin birlamchi parda tuxum ichida qolib, lichinka esa ikkilamchi marta tullash evaziga sodir bo’lgan parda bilan o’ralgan holda tashqi muhitga chiqadi.
SHunday qilib, tuxumdan invazion bosqichga qadar yetilgan lichinkalar chiqadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalarning 0,85-1,15 mm atrofida ekanligi 0,025-0,030 mm, bosh qismi yumaloqlashib tugab, eni 0,015 mm ga teng. Dum qismini o’ta ingichkalashib, tana uzunligining uchdan bir qismini tashkil qiladi. Xitin qavati nisbatan qalin bo’lib, chiziqchalari mavjud. Qisqagina og’iz bo’shlig’i kichkina og’iz bo’shlig’idan boshlanadi. Qizilo’ngach ingichka bo’lib, 0,180-0,220 mm uzunlikka ega. Qizilo’ngach asosida kengaygan joyi bo’lsa ham bilьbusi (piyozchasi) bo’lmaydi.
Ichagi 4 ta yuqori va 4 ta pastki – jami 8ta hujayradan iborat bo’lib, dum oxiridan 0,150 mm masofada joylashgan teshikchaga kelib tushadi. CHiqaruv (ekskrektor) teshigi bosh qismdan 0,150 mm uzoqlikda joylashib, undan oldinroqda esa halqasi yotadi.
Jinsiy murtakchalar 8-12 ta hujayralardan tashkil topgan. Lichinkalarning rivojlanishida havo harorati muhim o’rin tutadi. 19-27 darajada 24-28 kun davomida invazion lichinkalar shakllansa, 13-15 darajada 5-6 haftada, 38 darajadan yuqori haroratda esa ular nobud bo’ladi. Ammo lichinkalarning tuxumdan chiqishiga ham haroratning ahamiyati katta, 20-28 darajada invazion lichinkalar tuxumdan dadillik bilan chiqishadi (N.helvetianus va N.spatiger) N.filicollis esa bunday sharoitda deyarli chiqmaydi.
A.Ro’zimurodovning kuzatishicha, nematodirus lichinkalarining O’zbekiston sharoitida yaxshi rivojlanishi 20-30 daraja haroratda kechadi. 27-30 daraja issiqlik eng maqbul harorat bo’lib, 11-12 kunlari invazion lichinkalar tuxumdan chiqa boshlaydi. Hayvonlar invazion lichinkalarni yem-xashak va suv orqali yutib yuborib zararlanadi.
2.2. Epizootologiyasi haqida
Epizootologiyasi. K.I.Skryabin Nemetodirus filicollis strongilyatini birinchi bo’lib 1907 yilda Qozog’istonning janubiy qismida qayd etadi. N.V.Badanin esa Samarqand viloyati qorako’l qo’ylarining gelьmintofaunasini o’rganib, nematodiruslarning 3ta turini – N. filicollis, N.helvetianus va N.spatiger ma’lum qiladi.
G.a.karmanova o’z kuzatishlari davomida nematodiruslarni marshallagiyalardan keyin turuvchi ko’p uchraydigan strongilyat deb ta’kidlaydi. Hozirgi paytda O’zbekistonda Nemetodiruslarning 2 turi uchrab turadi. Jumhuriyatimizda chorvachiligida qo’ylar 81,08% nematodiruslar bilan zararlangan.
Sug’oriladigan zonada yorib ko’rilgan 48 bosh qo’yning 44 tasi nematodiruslar bilan zararlangan.
Sug’oriladigan zonada yorib ko’rilgan 48 bosh qo’yning 44 tasi nematodirus tashuvchisi bo’lib chiqadi. Parazitlar kuzda o’rtacha bir bosh qo’yda 381, qishda va bahorda 275,9 va 292,5, yozda esa atigi 28 donagacha uchragan. Yosh mollar kasallikka tez beriluvchan bo’ladi va u og’ir kechadi.
Yoz paytlarida yosh hayvonlarning zararlanishi kuzatilmaydi. CHo’l-yaylov zonasida qish va kuz fasllarida hayvonlar 85, bahorda 60, yozda esa 76% atrofida zararlangan. Kasallik tog’ va tog’ oldi zonalarida kuzda 80, qishda 76,9, bahorda 70,3, yozda esa 57,1% ga to’g’ri keladi.
Nematodiruslar yosh mollarda yilning barcha fasllarida uchraydi. SHunday bo’lsa-da, nemadirus o’zining mavsumiyligiga ega bo’lib, yosh mollar asosan kuzda, katta yoshlilari odatda qishda, ba’zan kuzda zararlanadilar.

Download 32.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling