Mavzu: Yirik shoxli hayvonlar nematodirozi va ezofagostomozi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 32.12 Kb.
bet6/9
Sana31.01.2023
Hajmi32.12 Kb.
#1142159
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yirik shoxli hayvonlar nematodirozi va epafagostomozi

Kasallikning tarqalishi. Xabertioz Rossiyaning asosiy qo’ychilik zonalarida, Buryatiya, Quyi Volga va qirg’izistonda qayd etilgan. O’zbekistonda ham bu kasallik barcha zonalarda keng tarqalgan bo’lib, jumhuriyatimizdagi jami qo’ylarning 63% undan zaralangan.
D.A.Azimov O’zbekistonning janubida olib borgan izlanishlarida 42,5% hollarda mazkur turdagi gelьmintni qayd etadi. SH.Xolmatov tog’ oldi hududlarida 77,1%, cho’l hududlarida 39,5% qo’ylarda xabertioz tarqalganligini ta’kidlaydi.
Kasallik qo’zg’atuvchisining tuzilishi. Xabertiy birmuncha katta, oq-sariq rangli nematod bo’lib, tanasining oldingi tomonida qiyshiq kesilgan dumaloq shakldagi og’iz kapsulasi bilan ta’minlangan. Parazitning og’iz kapsulasi orqa tomonga qayrilganligi, oldingi qirralari ikki qator uchbursakli o’tkir uchli o’simtalar bilan qurollanganligi harakterli belgilaridan hisoblanadi.
Erkaklarining uzunligi 14-18 mm bo’lib, dum tomonidan birmuncha kaltaroq jinsiy bursa bor. Uzunligi 1,3-1,8 mm bo’lgan ikkita qo’ng’ir tusdagi spikulasi mavjud. Kulrang tusli rulegining uzunligi 0,18-0,20 mm bo’ladi.
Urg’ochilarining uzunligi 14-25 mm bo’lib, tanasining orqa tomoni ozgina ortiqcha, qo’shimcha dum shaklida bo’ladi. Jinsiy teshigi tanasining pastki tomonida, dumining uchidan 0,3-0,4 mm masofada joylashgan, chiqaruv (anal) teshigi esa qo’shimcha shaklda dum ostda bo’ladi. Ovalsimon tuxumlarining uzunligi 0,10-0,12 mm, eni esa 0,04-0,05 mm ga tengdir.
Rivojlanishi. Xabertiylar yo’g’on bo’lim ichaklarida tekinxo’rlik qiladi. Bu yerda jinsiy voyaga yetgan urg’ochi xabertiylar tuxumlarini ichak bo’shlig’iga qo’yadi. Ular qo’ygan tuxumlar hayvon tezagiga aralashgan holda tashqi muhitga tushadi.
Tashqi muhitning harorati 10-15 daraja bo’lganda 4-kuni xabertiy tuxumlarida lichinkalar shakllana boshlaydi va jarayon besh kecha-kunduz davom etadi. 8-9 kunlari tuxumlardan 1-bosqichdagi lichinkalar chiqadi. 12-kuni dastlabki 2-bosqich lichinkalari yetisha boradi. 17-kuni 3-bosqichdagi lichinkalar rivojlanadi, 2-3 kundan keyin esa bu lichinkalar invazion bosqichga o’tadi. 25 daraja haroratdagi tashqi muhitda 24-48 soat vaqt davomida tuxumlarda xabertiy lichinkalari shakllanadi. Ikki-uch kun davomida 1 va 3-bosqichdagi lichinkalar voyaga yetadi.
Hayvonlar bu invazion lichinkalarni yem-xashak yoki suv bilan yutib yuborishi natijasida zararlanadi. Lichinkalar hayvonning yo’g’on ichaklarida parazitlik qiladi.
30-60 kun vaqt o’tgach, jinsiy voyaga yetgan erkak va urg’ochi xabertiylarga aylanib, tuxum qo’yadi.

Download 32.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling