Mavzu: Yirik shoxli hayvonlar nematodirozi va ezofagostomozi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 32.12 Kb.
bet7/9
Sana31.01.2023
Hajmi32.12 Kb.
#1142159
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yirik shoxli hayvonlar nematodirozi va epafagostomozi

Epizootologiyasi. Xabertioz barcha zonalarda keng tarqalgan bo’lib, asosan bir yoshgacha bo’lgan qo’ylar ko’proq zararlanadi. N.V.Badanin o’z izlanishlarida 72% qorako’l qo’ylarida xabertiylarni qayd etadi va gelьmintning xo’jayin organizmida yashash muddati olti oydan oshmaydi, degan xulosaga keladi.
Kasallikning kechishi geografik iqlim sharoitida uzviy bog’liq.
SH.M.Xolmatovning ma’lumotiga ko’ra, qo’ylarning xabertiylar bilan kuchli zararlanishining asosiy sabablaridan biri, xabertiy tuxumlarining sovuqqa chidamliligidir. Ular 8-12 darajagacha bo’lgan sovuqda ham yashash qobiliyatini bir qancha vaqt saqlay oladi. SHuningdek, odatdagi dezifektsion moddalar ta’sirida ham nobud bo’lmaydi.
O’zbekiston sharoitida xabertioz bilan barcha yoshdagi qo’ylar kasallanadi, lekin 1 yoshgacha bo’lgan yosh mollarda bu kasallik o’ta og’ir kechadi. Xabertioz bilan qo’ylar yilning uch mavsumida: qish, bahor va kuz oylarida zararlanadi. SHu mavsumlarda har bir qo’y ichagidan 400 tagacha xabertiy topish mumkin.
Sug’oriladigan zonalardagi qo’ychilik xo’jaliklarida bahorda 88,8, kuzda 86,6, qishda 69,2, yozda 45,4% qo’larning zararlanganligi qayd etiladi. Yosh mollarning zararalanishi kuzga – 75, bahorga – 57, qishga esa 33% i to’g’ri kelgan.
CHo’l-yaylov zonalarida yorib ko’rilgan 87 bosh qo’yning 56 boshida bir nechtadan 310 tagacha xabertiylar topilgan. Qishda 95,2, bahorda 60, yozda 48,3, kuzda 59% qo’ylar zararlangan.
Tog’ va tog’ oldi zonalarida qishda 38,4, bahorda62,9, yozda 50, kuzda esa 60% gacha qo’ylar xabertioz bilan kasallanadi. Qish faslida mollar o’ta og’ir kasallanib, invaziyaning o’rtacha intensivlik darajasi 418 nusxagacha yetadi. Qariyib barcha zonalarda xabertiylar yozda xo’jayin organizmini tark eta boshlaydi.
Klinik belgilari. Dastlabki belgilar hayvon invaziyalanishining 3-4-kunlari kuzatiladi. Xabertiylar voyaga yetgungacha bo’lgan rivojlanish davrida zararlangan qo’ylarning lohaslanishi, ishtahasizlanishi, nafas olishi (30-50 marta), yurak urishining tezlashuvi minutiga 80-120 martagacha, tana haroratining 42 darajagacha ortishi, ovqat hazmlanish jarayonining buzilishi (yarim suyuq holdagi sassiq hidli tezakning qon aralash ajralishi) kabi belgilar qayd etiladi.
Parazitlarning voyaga yetgan davri mobaynida esa kasal hayvonning jun qoplami quruqlashib hurpayishi, ko’rinarli shilliq paradalarning qonsizlanishi, semizlik darajasining pasayishi, mineral moddalarga talabining ortishi (bir-birlarining junini yeyishi, devor, yog’ochni kemirishi va hokazo holatlar) yuz beradi. Parazitlar ko’p bo’lsa, klinik belgilar yanada yaqqolroq seziladi.

Download 32.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling