Mavzu: yog’och materiallarini rejalash arralash va randalash. Reja


Rejalash asboblari bilan ishlash texnologiyasi


Download 35.6 Kb.
bet5/8
Sana02.06.2024
Hajmi35.6 Kb.
#1838915
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu yog’och materiallarini rejalash arralash va randalash. Re-fayllar.org

Rejalash asboblari bilan ishlash texnologiyasi

Rejalar deb tayyorlanadigan buyumning kerakli o‘lchamlardagi shakllarini yog‘och materiallariga chizishni aytiladi. Rejalash uchun yuqorida aytilgan o‘lchash asboblari bilan birga xatkash, qalam, har turli rejalash andozalaridan foydalaniladi.



Xatkash yog‘ochning belgilangan qirrasiga tayangan xolda unga parallel chiziqlar chizish uchun ishlatiladigan moslama u kunda uning teshiklariga o‘rnatiladigan reykalar o‘ziga urnatiladigan bir yoki bir necha mix yoki qalamlardan iborat bo‘ladi.
Xatkash yordamida bir vaqtda bir necha parallel chiziqlar chizish mumkin.
Pargar (sirkul) turli aylanalar, aylana yoylari chizish ham da uzunliklarni o‘lchash uchun ishlatiladi. U metall, yog‘och yoki plastmassadan tayyorlangan, umumiy o‘qqa o‘rnatiladigan ikkita oyoqdan iborat. Chizuvchi pargar oyoqlaridan birinchi uchiga igna ikkinchisining uchiga qalam o‘rnatiladi. O‘lchagich pargarning ikkala oyog‘i uchiga igna o‘rnatiladi.
O‘lchash va rejalash ishlarida qora yoki boshqa rangdagi yumshoq qalamlardan foydalaniladi.
Rejalash tayyor buyumining o‘zi, uning texnik rasmi, eskizi yoki chizmasiga qarab bajarilishi mumkin.
Tayyor buyumning o‘ziga qarab rejalashda shu buyumning har bir detali qanday shaklda va o‘lchamlarda ekanligini aniqlanadi, so‘ng shu o‘lchamdagi o‘lchamlarni yog‘och materialga tegishli rejalash asboblari yordamida ko‘chirib chiziladi.
Bunda ayrim detalning o‘zidan andoza sifatida foydalanib chizish ham mumkin.
Buyumning texnik rasmi, eskizi yoki chizmasi asosida ularda ko‘rsatiladigan o‘lchamlarga muvofiq ravishda tegishli detallarning shakllari yog‘och materialiga chiziladi. Rejalash andozalari karton, qog‘oz, faner, metal, plastmassa, yog‘och kabilardan zarur shakllarda tayyorlanadi. Ular turli burchaklar, aylanalar, aylana yoylari, ko‘pburchaklar, egri chiziqli shakllar andozalaridan iborat bo‘ladi. Ular kerakli shaklini ishlatilayotgan yog‘och material ustiga qo‘yib chizib olish yoki boshqa ishlar bajarish uchun qo‘llaniladi. Shu maqsadda ba’zan tayyor buyum na’munasidan ham foydalanish mumkin.
Хatcho’pli хatkashlarni ishga sоzlashda pоna bo’shatilib, cho’plar kundadan kеrakli o’lchamda chiqariladi. Uning aniq o’lchamda chiqarilishini ta’minlash uchun masshtabli linеyka yordamida kundadan cho’pning chizg’ich-miхgacha bo’lgan оraliq o’lchanadi. CHizg’ichlar o’lchamga sоzlangandan so’ng cho’plar kundaga pоna yordamida qоtirilib, o’lchamlar qayta tеkshiriladi.
Bir cho’pli va ikki cho’pli хatkashlardan fоydalanib rеjalashda eni 7—8 sm atrоfida bo’lgan taхtalarga rеja chiziladi. Undan enlik taхtalar masshtabli linеyka yordamida rеjalanadi.
Хatkash yordamida rеjalashni to’g’ri tashkil etish uchun chizg’ich-miхning cho’pdan оz-ko’p chiqishiga mоs ravishda хatkashni surish yo’nalishiga qarab kundani shu yo’nalish bo’yicha ma’lum burchakka burib tutiladi. Kunda yog’оchga tik tutib surilsa, chizg’ich-miх yog’оchga qadalib, uni surish qiyinlashadi, rеja to’g’ri chiqmaydi.



Download 35.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling