Mavzu: yordamchi so‘zlar reja: yordamchi so‘zlarning ta’rifi


Download 139.29 Kb.
bet8/8
Sana16.06.2023
Hajmi139.29 Kb.
#1511452
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
25-taq. Yordamchi so`zlar

ANIQLOV YUKLAMASI

Xuddi, naq, ayni. Bu yuklamalar o`zi mansub bo`lgan so`zning ma’nosini aniqlab ko`rsatish uchun qo`llanadi. Ilm o`rganib, ilmiga amal qilmagan kishi naq yer haydab, uni ekmagan kishiga o`xshaydi. (M.Xasaniy) Hayosi yo`q po`sti shilib olingan yog`och va xuddi yog`i tugagan chiroqqa o`xshaydi. (M.Hasaniy)

GUMON VA INKOR YUKLAMASI

-dir barcha so`z turkumlariga qo`shilib kela oladi va o`zi aloqador bo`lgan so`zga gumon, noaniqlik ma’nosini qo`shadi: - Sizga nimadir va’da bergandir-da? (Isfandiyor)

Inkor yuklamasi na... na uyushiq bo`laklar va qo`shma gap tarkibidagi ayrim gaplar oldidan kelib, ularning mazmunini inkor etadi, bo`lishsizga aylantiradi. Inkor shaklli gap bo`laklari va gaplar oldida kelganda, bo`lishsizlik kuchaytiriladi, ta’kidlanadi. Bu buyruqqa na ona e’tiroz qildi va na qiz (Cho`lpon). Na qor, na yomg`irdan darak bor. (O.)

YUKLAMALARNING YOZILISHI

1) -mi, -oq(-yoq), -gina (-kina,-qina), -dir yuklamalari o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi: Shu bugunoq ota-onasigagina emas, butun mahallaga yеtib bormaydimi?

2) -chi,-ku,-u(-yu), -da, -a(-ya) yuklamalaridan oldin chiziqcha qo‘yiladi: Sеn-chi? Kеldi-ku!

3) faqat, ham, hatto, axir kabi so‘z yuklamalar ayrim yoziladi: Tog‘larda hatto yoz oylarida ham yomg‘ir yog‘adi.

 


UYGA VAZIFA
  • Tegishli adabiyotlardan mavzuni konspektlashtirish.
  • “Ona tilidan jadvalli mashqlar to’plami”dagi tegishli mashqlarni bajarish.
  • LTQdagi mavzuga tegishli qoliplarni to’ldirish.

Download 139.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling