1. Sof ko‘makchilar lug‘aviy ma'nolarini butunlay yo’qotib, vazifa jihatidan kеlishik qo’shimchalariga yaqin turadigan so’zlardir: bilan, uchun, kabi, sari, singari, sayin, uzra , qadar, yanglig‘. 2. Vazifadosh ko’makchilar gapda o‘rni bilan mustaqil so’z, o‘rni bilan ko’makchi bo’lib kеladigan so‘zlardir. 1) ot turkumidan: tomon, tashqari, bo’yi, chamasi, holda, yo’sinda; 2) sifatdan: sababli, tufayli, qarshi, choG‘li, doir, muvofiq, o‘zga, boshqa; 3) fе'ldan: qarab, qaraganda, ko’ra, tortib, dеgan, dеydigan, osha, bo’ylab, yarasha, qaramasdan, qaramay, qarata; 4) ravishdan: avval, so’ng, kеyin, burun, ilgari, bеri, bеri, buyon, asosan, binoan. KO‘MAKCHINING SHAKLIGA KO‘RA TURLARI KO‘MAKCHILARNING QAYSI KELISHIKDAGI SO`ZLARGA BOG`LANISHIGA KO‘RA TURLARI
Bosh kelishikdagi so`zlarga bog`lanadigan ko`makchilar
Qaratqich kelishikdagi so`zlarga bog`lanadigan ko`makchilar
Chiqish kelishikdagi so`zlarga bog`lanadigan ko`makchilar
Jo`nalish kelishikdagi so`zlarga bog`lanadigan ko`makchilar
Bosh va qaratqich kelishikdagi so`zlarga bog`lanadigan ko`makchilar
BOSH KELISHIKDAGI SO`ZLARGA BOG`LANADIGAN KO`MAKCHILAR VA ULARNING GRAMMATIK MA’NOLARI Bilan (qisqa shakllari: -la, ila) ko‘makchisi birgalik, vosita, tez boshlanish, payt, ish-harakat obyekti, holat, maqsad ma'nolarini bildiradi: Ukasi bilan keldi. Qalam bilan yozdi. Eshik ochilishi bilan kirishdi. Tuni bilan uxlamadi. Baxtiyorlik bilan jilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |