Mehnat bozori. Ijtimoiy boshqaruv obyekti Reja: Mehnat bozori Ijtimoiy boshqaruv obyekti


Download 92 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi92 Kb.
#1521036
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5415677722707899114


Mehnat bozori.Ijtimoiy boshqaruv obyekti
Reja:
1.Mehnat bozori
2. Ijtimoiy boshqaruv obyekti.
3.Jamoaning ijtimoiy rivojlanishi.
4.Jamoa ijtimoiy rivojlanishini boshqarish.
5.Inson xulqi omillari tizimi.


1. Mehnat bozori
Mehnat bozori — ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Ish kuchining oldi-sotdisi bevosita haridor bilan sotuvchi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin. Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldi-sotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi. Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni oluvchi oʻrtasida mehnatning kelishilgan narxi — ish haqidir.
Mehnatga talab uning narxi boʻlmish ish haqi miqdoriga nisbatan teskari mutanosiblikda, yaʼni ish haqi oshsa mehnatga talab qisqaradi, agar u pasaysa, mehnatga talab oshadi. Mehnat bozoridagi mehnat taklifi ish haqiga nisbatan toʻgʻri mutanosiblikda boʻladi. Moddiy muhtojlik sharoitida koʻp ishlab, koʻp pul topishga intilish mehnat taklifini oshiradi.
Mehnat bozorida mehnatga talab taklifdan oshib ketsa ish kuchi taqchilligi, mehnat taklifi talabdan koʻp boʻlsa ishsizlik paydo boʻladi. Mehnat bozorining turlarga ajralishi uning harakteri va koʻlamiga bogʻliq. Mehnat bozori oshkora va yashirin harakterda faoliyat koʻrsatishi mumkin.


Oʻz koʻlamiga qarab mehnat bozori mahalliy-hududiy, milliy va jahon bozorlaridan iborat. Globalizatsiya sharoitida moddiy resurslarni mamlakatlararo taqsimlanishiga mos ravishda mehnat resurslari ham taqsimlangani sababli jahon mehnat bozori tez rivojlanadi. Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlar milliy mehnat bozorida kelgindilar mehnati taklifi tez oʻsadi, narxi arzonligidan unga talab ham ortadi. 2000-yilda yer yuzida oʻzi tugʻilgan yurtida ishlamaydiganlar soni 80 mln. nafardan ziyod boʻldi. Xalqaro Mehnat bozori kengayishi rivojlangan mamlakatlarda oʻzga millat diasporasi oʻsishiga olib keladi (mas, 2002-yil AQShdagi xitoyliklar 15 mln. nafardan ortiq boʻlgan).
Bozor sotuvchilar bilan xaridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan o’zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir. Umuman olganda, bozor besh funktsiya (vazifa)ni bajaradi: 1.Ishlab chiqarish bilan iste’molni bog’lash funktsiyasi. Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanib, iste’mol bilan tugallanadi. Masalan, vertolyot zavodi uchish apparatini chiqaradi, ammo o’z ishchilari uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy yaratmaydi, stanoklar, vertolyot uchun metall plasmassa, bo’yoq elektr qismlarini ham tayyorlamaydi. Zavod vertolyotini bozordr sotib, pulni ishchilarga maosh qilib beradi, ular iste’mol bozoridan tirikchilik tovarlarini sotib oladilar. Zavod ishlab chiqarish uchun zarur narsalarni ham sotib oladi. Demak, bozor orqali har xil iste’mol qondiriladi. 2.Qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantirish funktsiyasi. Tovarni ishlab chiqarish uchun mehnat sarflanadi, ishlab chiqarish uchun mehnat sarflanadi, shu mehnat qiyomatni shakllantiradi.
Qiymat ish kuchi va moddiy resurslar sarfidan iborat. Tovar bozorga chiqishiga qadar mehnat moddiy shaklda (masalan, ovqat, kiyim, stanok, yoqilg’i va hokazo) bo’ladi, bozorda sotilgan, undagi mehnat ma’lum miqdordagi pulga aylanadi, ya’ni tovar o’zining pul ekvivalentini topadi (ekvivalent-miqdoriy tenglik) va qiymat pul shakliga kiradi. 3.Ishlab chiqarishni yangilashga shart-sharoit hozirlash funktsiyasi. Korxonalar bozordan o’zlariga kerakli resurslar topadilar, stanoklar, xom ashe, yoqilg’i, har xil materiallar xarid etadilar. Ular mehnat (ish kuchi) bozoridan ishchilarni yollab ishlatadilar, bozordan kerakli axborot va har xil ishlab chiqarish uchun zarur xizmatlarni ham topadilar. Bu resurslarning iste’moli esa ishlab chiqarishning yangidan boshlanishini bildiradi. 4.Iqtisodiyotni tartiblash funktsiyasi. Bu vazifani bozor imexanizmi bajaradi. «Nimani qancha ishlab chiqarish kerak?» degan savolga bozor javob beradi. Tovarlarni bozorda chaqqon o’tishi yoki kasodligi, tovarning qimmatlashuvi yoki arzonlashuvi, ularning qanchalik kerakli yoki zarur emasligini ko’rsatadi. Bozor barometr singari iqtisodiyotdagi «ob-havodan» darak beradi. Tovar o’tmasa, demak, u kerak emas, uni ishlab chiqarish to’xtatiladi. Tovarchaqqon sotilsa va yaxshi foyda olinsa, uni ishlab chiqarish o’sadi. Tovar mo’ljallangan narxdan arzonroq narxda, lekin yaxshi sotilsa, bu tovarga ketgan sarf-harajatlarni kamaytirish zarurligini anglatadi. Bozor mexanizmi bamisoli qo’l singari iqtisodiyotni u yoki bu tomonga burib turadi.
Mamlakatlar, xalqlar o’rtasida iqtisodiy hamkorlik o’rnatish funktsiyasi. Bu vazifani davlatlararo yoki jahon bozori bajaradi. Bozor iqtisodiy hamkorlikning kengayib borishini talab qiladi.
Bozor o’ziga xos strukturaga ega bo’lgan murakkab tizimdir. Shunga ko’ra, u xilma-xil turlarga bo’linadi.
Ayirboshlash o’byektining moddiy shakl jihatidan bozorning quyidagi turlari mavjud: 1.Iste’mol tovarlari va xizmatlar bozori (bu bozor aholi iste’moli uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlarni ayirboshlash uchun xizmat qiladi. Unga davlat, kooperativ, tijorat savdosi, dehqon bozori, chayqov bozori kabilar kiradi. Iste’mol bozori o’zining holatiga qarab itkki xil bo’ladi: a) «to’yingan bozor» ya’ni tovarlar talabiga yetarli bo’lgan bozor; b) «taqchil yoki och bozor», ya’ni tovarlar surunkali yetishmay qolib, talabga javob bera olmaydigan bozor). 2.Ishlab chiqarish vositalari bozori (mehnat qurollari, hamda, xom-ashyo, yoqilg’i va metallarning oldi-sotdi bozoridir). 3.Moliya bozori (bu jamiyatdagi moliya xizmatlari bozoridir. Moliya bozori tarkibiga quyidagilar kiradi:-pul bozori;-qimmatli qog’ozlar bozori;-valyuta bozori; -investitsiya bozori;-ssuda kapitali bozori;-sug’urta bozori. Moliya bozorida ikki guruhdan iborat sub’yektlar pul bilan munosabat qiladilar.
Birinchisi-pul egalari yoki uni saqlab turuvchilar.Bunga aholi, firma, kompaniya va davlat muassasalari kiradi. Ikkinchisi-pulga muhtoj bo’lgan sub’yektlardir. Qimmatli qog’ozlar bozori-u daromad keltiruvchi qimmatli qog’ozlar: aktsiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit, sertifikatlarning oldi-sotdi qilinishidir. Bu bozor fond birjasi, deb yuritilib, u yerda yirik korporatsiyalarning markaziy va mahalliy davlat mahkamalarining qimmatli qog’ozlari sotildai va sotib olinadi). 4.Valyuta bozori (bu yerda turli mamlakatlar valyuta oldi-sotdi qilinadi. Valyutani oldi-sotdi qilish operatsiyalari bilan O’zbekistonda respublika Markaziy banki, respublika tashqi iqtisodiy Milliy banki va ish faoliyat uchun ruxsat berilgan banklar shug’ullanadi. Valyuta bozorida muomalalar naqd yetkazib berish (spot) bilan yoki valyutani kelishilgan vaqtdagi kurs bo’yicha ma’lum muddatda (1-3 oy va undan keyin) yetkazib berish (forvard) shaklida amalga oshiriladi. Valyuta muomalalari, asosan, AQSH dollarida olib boriladi). 5.Mehnat bozori (bu ish kuchini oldi-sotdi) 5.Mehnat bozoro (bu ishchi kuchini oldi-sotdi qilish munosabatini bildiradi. Bu yerda tovar bozoridan farqi o’laroq, insonning o’zi emas, balki uning mehnat qilish qobiliyati oldi-sotdi shartnomasini tuzish asosida, malum muddatga sotiladi).6. Intellektual tovarlar bozori (bu bozorning maxsuz turi bo’lib, aqLiy mehnat mahsuli bo’lmish tovarlar va xizmatlarning ayir-boshlanishini bildiradi. Bu bozorda sotuvchilar va xaridorlar maxsuz tovar hisoblangan ilmiy g’oyalar, texnikaviy yangiliklar,sanat va adabiyot asarlari, xilma-xil axbarotlar oldi-sotdi yuzasidan o’zaro munosabatda bo’ladilar. Intellektual bozor turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Jumladan:-ilmiy texnik ishlanmalar bozori;-tasviriy sanat bozori;-musiqa bozori;-antikvar buyumlar bozori;-kino bozori;-axbarot bozori va hokazo).7.Shou-biznes(madaniy) bozor (bu bozor yordamida har xil pullik tomoshalar ko’rsatish yo’li bilan baromad topiladi. Shou-biznes bozori bilan maxsuz firmalar, madaniy-musiqiy uyushmalar yoki ayrim biznesmenlar shug’ullanadi.
Shou-biznesdan tushadigan daromad aholidan olinadigan tomosha haqi, firmalardan tushadigan reklama puli, tomoshabinlarga savdo-maishiy xizmat ko’rsatish haqi va boshqalardan shakllanadi). Ayirboshlash miqiyosi jihatidan bozor quyidagi turlarga bo’linadi:1.Mahalliy bozor (bu muayyan mamlakatning davlat chegaralari doirasi bilan cheklangan shahar, tuman, viloyat hududlaridagi bozorlar hisoblanib, ulardagi tovarlar ko’lami va xilma-xilligi, eng avvalo, mahalliy qishloq xo’jaligi va sanoatning rivoji, hamda yo’nalishi Bilan belgilanadi. SHuning uchun bu bozrolardagi tovarlar asosan, oziq-ovqat, keng istemol, sanoat mollari, xo’jalik va uy-joy, qurilish buyumlaridan iborat bo’ladi). 2.Regional bozor (regional bozor deganda bir mamlakat doirasidagi regional o’rtasida yoki bir necha chegaradosh davlatlar o’rtasida tashkil etilgan bozor tushuniladi. Bu bozorning mahalliy bozorga nisbatan imkoniyatlari ko’p bo’lib, mol turlari ancha keng va mehnat taqsimoti chuqurligi sababli tovar almashinish ko’lami ham kengdir, chunki bu yerda bir necha regionlar qatnashadi). 3.Jahon bozori (bu bozor regional bozordan farq qilgan holda, ishlab chiqarishning mamalkatlararo ixtisoslashuviga va uning shunga ko’ra bir-biriga tovar yetkazib berish zarurligiga asoslanadi. Bu bozorda turli mamlakatlar ishlab chiqaradigan tovarlarning hammasi emas, balki mamlakatlararo ayirboshlashi zarur bo’lgan turlarigina sotiladi. Binobarin, jahon bozorining tovar assortimenti cheklangan bo’ladi. Ular, asosan, asbob-uskuna, neft, ko’mir, metall, paxta, don,choy, kofe, jun, yog’och kabi tovarlar kiradi.

Download 92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling