Mavzu: “Yorug’lik xodisalari” mavzusini o’qitish metodikasi
“Yorug’likning tarqalishi va qaytishi” mavzusidagi bir soatlik dars
Download 140.93 Kb. Pdf ko'rish
|
1674641084 MAMADALIYEVA GULCHEXRA
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Dars jixozi
- Darsning blok-chizmasi
4.“Yorug’likning tarqalishi va qaytishi” mavzusidagi bir soatlik dars
ishlanma Mavzu : Yorug’likning tarqalishi va qaytishi I. Darsning maqsadi: - o'quvchilarda yorug'lik tezligi tabiatda uchraydigan eng katta tezlik ekanligi haqida tushuncha hosil qilish; - yorug'likning qaytish va sinish hodisalarini, qonuniyatlarini o'rganish. II. Dars jixozi: 1. Fizika darsligi. 2. Yorug’likning qaytishi va sinishini ko’rsatadigan namoyish asboblari. 16 3. Stakanda suv, shisha tayoqcha. III. Asosiy tushuncha va atamalar: - yorug'lik tezligi; - yorug'likning qaytishi; - yorug'likning sinishi; - tushish burchagi, qaytish burchagi, sinish burchagi. Darsning blok-chizmasi № Dars bosqichlari Vaqti 1 Tashkiliy qism 2 minut 2 O`tilganlarni mavzuni takrorlash. 8 minut 3 Tajriba namoyish qilish 10 minut 4 Yangi mavzu mazmuni ustida ishlash 18 minut 5 Darsni mustahkamlash va uyga topshiriqlar 7 minut IV. Darsning borishi: Yorug'lik tezligi mavzusi o'quvchilar uchun qiyin hisoblanadi. Chunki tezlik deganda vaqt birligi ichida bosib o'tilgan yo'l tushunilganidan, yorug'likni ham oddiy tushunchadan kelib chiqib tezligi o'lchansa kerak degan fikrga boradilar. Shu sababli doskaga yorug'likning vakuumda (havoda)gi tezligi v = 300000 km/sek deb yozib qo'yilib "bunday ulkan tezlikni qanday qilib o'lchasa bo 'ladi?" degan savolni qo'yishdan boshlash mumkin. Shunga ko’ra Aristoteldek buyuk olim ham bu vazifani uddalay olmaganligini tushuntirish mumkin bo'ladi. Yorug'lik tezligini о’lchash usullari haqida 9-sinfda gap borishi eslatiladi. Yorug'likning qaytishi haqida o'quvchilar birmuncha tasavvurga ega. Buni ko'zgu misolida ko'rishgan. Undan qaytgan yorug'likni bir-biriga tushirib 17 o'ynaganlar. Shu sababli qaytish qonunini o'rganish qiyin kechmaydi. Uni darslikda keltirilgan tajriba-namoyishdan ko’rsatish mumkin. Yorug'likning sinishini stakandagi suvga tushirilgan shisha tayoqchaning singanga o'xshab ko'rinishi namoyish qilinganidan so’ng tushuntiriladi. Bunda yorug'likning sinish mexanizmi tushuntirilishi shart emas. U sinfda o'rgatiladi. Sinish hilan bog'liq ko’pgina hodisalar misol qilib keltiriladi. Kinolarda daryoda nayza yordamida baliq ovlayotgan "hindu"larga o'xshab, suv tagidan nishonga tayoq otib ko'rishni uyga topshiriq sifatida berish mumkin. Tushgan, qaytgan, singan nurlar bir tekislikda yotishini ham tushuntirish qiyinroq bo'lganligidan, faqat tajribada optik diskda ko'rsatib ketish mumkin. . Aristotel, yorug'lik nuri bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga bir zumda boradi, deb hisoblagan edi. Yorug'lik tezligini tajribada aniqlashga Galiley uringan. Bir-biridan bir necha kilometr uzoqlikda joylashtirilgan ikkita odamning biriga fonus berilgan. Fonusni bir daqiqaga berkitib ochgan odam vaqtni belgilagan. Ikkinchi kuzatuvchi ko'rgan vaqtini belgilagan. Lekin tajriba muvaffaqiyatsiz tugallangan. Yorug'lik tezligini birinchi bor 1676-yilda daniyalik astronom Olaf Ryomer o'lchashga muvaffaq bo'ldi. Shundan so'ng boshqa olimlar ham yorug'lik tezligini turlicha usulda o'lchadilar. Yorug'lik tezligi juda katta bo'lib, vakuumda v = 300000 km/s ga teng. Yani 1sekundda yorug’lik nuri 300 000 000 m masofani bosib o’tadi. Tabiatdagi boshqa hech qanday jism yoki zarracha bunday tezlikka erisha olmaydi. Yorug'lik bir muhitdan ikkinchisiga o'tganda tezligi o'zgaradi. Masalan, suvda uning tezligi 18 225 000 km/s bo'lsa, shishada 200 000 km/s ga teng. Shunday katta tezlik bilan harakatlangan Quyosh nuri Yerga taxminan 8,3 minutda yetib keladi. Yorug'lik havodan suvga tushganda uning bir qismi qaytadi, bir qismi suv ichiga o'tadi. Yorug'likning qaytishini o'rganish uchun quyidagi qurilmadan foydalaniladi (1-rasm). Optik disk o'rtasiga yassi ko'zgu qo'yib, unga «nurli ko'rsatkich» (lazer) nurini yuboraylik. Shunda ko'zgudan nur qaytganini ko'ramiz. Nurning tushish burchagini o'zgartirib ko'rsak, burchagi ham unga mos ravishda o'zgarar ekan. Tushish burchagi deb, tushgan nur bilan, nur tushgan nuqtaga o'tkazilgan perpendikulyar orasidagi burchak (α)ga aytiladi. Qaytish burchagi sifatida qaytgan nur bilan, shu nuqtaga o'tkazilgan perpendikulyar orasidagi burchak (γ) olinadi. Tajribalar ko'rsatadiki, qaytish burchagi har doim tushish Download 140.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling