MAVZU: YOSHLAR MA`NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA PREZIDENTIMIZNING 5 TA MUHIM TASHABBUSLARINING O`RNI.
KIRISH:
ASOSIY QISM:
1. Mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid islohotlar
2. Yoshlar ma`naviyatini yuksaltirishda prezidentimizning 5 ta muhim tashabbuslarining o`rni.
3. Bugungi kunda mafkuraviy tahdidlar va yoshlar ma’naviyatiga ta’sir qiluvchi omillarga qarshi kurashish.
II. UMUMIY XULOSALAR
III. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
KIRISH
Mamlakatimizda har tomonlama rivojlangan komil shaxsni tarbiyalash muammosi jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy–madaniy rivojlanishi sohasidagi eng muhim masalalarning asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash jamiyat va davlat oldida doimo muhim masala bo‘lib kelgan. Barqaror rivojlanish bosqichiga yotgan iqtisodiyotimiz muammolari bilan birga yoshlarni ma’naviy tarbiyalash masalasiga davlatimiz tamonidan alohida etibor berib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar ittifoqini qo‘llab quvatlash va uning faoliyat samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor vazifa ekanligidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lini tanlagan va amalga oshirib kelmoqda. Respublikamizdagi amalga oshirilayotgan qayta qurishdan asosiy maqsad va uning harakatlantiravchi kuchi inson, shaxsning har tomonlama rivojlanishi va farovonligi hisoblanadi. Mamlakatimiz taraqqiyotining muhim sharti kadrlarni tayyorlash tizimining mukammal bo‘lishi, zamonaviy iqtisod, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalar asosida rivojlanishi hisoblanadi.
Shaxs ta’lim jarayonining ishlab chiqaruvchisi sifatida ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmatlar sohasi faoliyatida bilish va tajribalarni berishda ishtirok yetadi. Respublikamizda shaxsga o‘zining ijodiy imkoniyatlarini amalga oshirish uchun professional ta’lim dasturini tanlash huquqini bergan. Jamiyatning har tomonlama ravnaq topishi, taraqqiy etishi ta’limning rivojlanishiga va mazmunan takomillashib borishiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |