Mavzu: yoshlar ma`naviyatini yuksaltirishda prezidentimizning 5 ta muhim tashabbuslarining o`rni


Sport musobaqalarni tashkil etish


Download 133.82 Kb.
bet3/10
Sana09.06.2023
Hajmi133.82 Kb.
#1466923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
YOSHLAR MA`NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA PREZIDENTIMIZNING 5 TA MUHIM TASHABBUSLARINING O`RNI.

Sport musobaqalarni tashkil etish.
Sport musobaqalari – yosh avlodni jismonan sog’lomlashtirish, irodasini mustahkamlash, jamoada ijobiy, mustahkam psixologik muhitni yaratish hamda ularni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash shaklidir.
Sport musobaqalarining turlari:
-jamoaviy sport turlari (futbol, voleybol, basketbol va h.k.);
-yakka tartibdagi kurash turlari (boks, milliy kurash, karate va h.k.);
-aqliy sport turlari (shahmat, shashka va h.k.);
-harbiy sport turlari (“Shunqorlar”, “Jiddiy o’yin” va h.k.);
Sport musobaqalarini tashkil etish tartibi:
-yoshlarni sport turlariga jalb qilish uchun,qiziqishlarini aniqlash bo’yicha so’rovnoma o’tkazish;
-jamoadagi yoshlarni qiziqishlari asosida sport turlarini belgilash;
-har bir sport turi bo’yicha jamoalarni tuzish va murabbiylar yordami bilan shakllantirib borish;
-hakamlarni belgilash; -musobaqalarini sport anjomlari bilan ta’minlash; -homiylarni jalb qilish;
Ushbu sport musobaqalari qo’’yidagi samarali usullar bilan tashkil etiladi;
-amaliy mashg’ulotlar; -trenirovkalar;
Sport musobaqalarni yoshlar ittifoqi odatda qo’yidagi mavzular orqali tashkil etmoqda;
-“Quvnoq startlar”; -“Shunqorlar” va hokazo.
Shunqorlar” harbiy – sport musobaqasi. Yoshlarni harbiy-Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy g’oyalarni yanada mustahkamlash, o’quvchi yoshlarni harbiy-xizmatga tayyorlash maqsadida mamlakatimizning barcha umumta’lim maktablari yuqori sinf o’quvchilari, kasb-hunar kollejlari o’quvchi, talabalari o’rtasida har yili “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqalari o’tkazilib,o’rtacha 180-250 mingdan ortiq o’smirlar ishtirok etishmoqda.
O’zbekiston yoshlarining Respublika “Shunqorlar” harbiy – sport musobaqasi chaqiruv mavsumigacha bo’lgan asosiy va zarur ommaviy – mudofaa ishlari qatoriga kirib, umumiy ta’lim o’rta maktablari, gimnaziya, kasb-hunar ta’limi o’quv yurtlari o’quvchi, talabalarining jismoniy tayyorgarliklarini yaxshilashga va harbiy Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi:
-o’zbekiston yoshlarini Vatanparvarlik ruhida tarbiyalsh, o’smirlarni Respublika Qurolli Kuchlari safida xizmatga va harbiy bilim yurtlariga kirishiga tayyorlash;
-o’quvchi – talabalar tomonidan O’zbekiston xalqining va Qurolli Kuchlarining shakli, tarixini o’rganish, ajdodlar boy an’analari ruhida tarbiyalash;
-yoshlarimizda mardlik, qat’iyatlik, kuch – g’ayrat, intizom, jamoatchilikka tayanish tuyg’ularini shkllantirish; -jismonan baqquvat, chidamli, sog’lom avlodni tarbiyalash;



Download 133.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling