Mavzu: yoshlar ma`naviyatini yuksaltirishda prezidentimizning 5 ta muhim tashabbuslarining o`rni
O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi va Yoshlarga oid davlat siyosati faoliyatining yoshlar tarbiyasiga ta’siri
Download 133.82 Kb.
|
YOSHLAR MA`NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA PREZIDENTIMIZNING 5 TA MUHIM TASHABBUSLARINING O`RNI.
2. O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi va Yoshlarga oid davlat siyosati faoliyatining yoshlar tarbiyasiga ta’siri
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Milliy g’oya birinchi navbatda yosh avlodimizni Vatanparvarlik, el yurtga sadoqat ruhida tarbiyalsh, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo’lishi zarur”.Yuqoridagi fikrdan ko’rinib turibdiki, Vatanparvarlik milliy g’oyamizning eng muhim tamoyillaridan biridir. Yoshlarimizda Vatanparvarlik hissini uyg’otishda eng ta’sirli tadbirlardan biri esa bu, Respublika yoshlarining “Shunqorlar” harbiy – sport musobaqasidir. Shunqorlar harbiy – sport musobaqasining eng ahamiyatli ishlaridan biri, u yoshlarni qo’llab – quvvatlash borasida O’zbekistondagi bir necha davlat va jamoat tashkilotlarini birlashtiradi va hamkorlik qilishga undaydi. Xususan ushbu tashkilotlar; -O’zbekiston Respublikasi “Yoshlar ittifoqi”. -O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi. -O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. -O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi. -O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, -O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi. -O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi. -Mudofaaga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashi. -O’zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi kengashi. -“Nuroniy” jamg’armasi boshqaruvi. “Shunqorlar” harbiy sport musobaqasi o’tkazilishi boshlangan vaqtdan boshlab, har bir o’quv yilida minglab o’quvchi – talabalar Vatanparvar bo’lib tarbiyalanishlari bilan birga o’z so’g’liklarini ttiklamoqdalar va jismoniy, harbiy tayyorgarliklarini ham oshirmoqdalar. Musobaqaning o’tkazilishi bosqichma – bosqich tarzda tashkil etiladi. -birinchi bosqich – maktablar, o’rta maxsus o’quv yurtlarida – dekabr –yanvar oylarida; -ikkinchi bosqich – tuman (shahar) miqyosida – fevral oyida; -uchinchi bosqich – viloyat miqyosida – mart oyida; -to’rtinchi (final) bosqich – Respublika miqyosida – may oyida o’tkaziladi; Yoshlar ittifoqining tuman (shahar) bo’limlari tomonidan manfaatdor tashkilotlarni jalb etgan holda tumandan harbiy xizmatga chaqirilib, Respublikaning boshqa hududlaridagi harbiy qismlarda xizmat burchlarini o’tayotgan askar yigitlar bilan ota-onalar, jamoatchilik vakillari va yoshlarning uchrashhuv – yo’qlov tadbirlari tashkil etilmoqda. 2018 yil 8-18 may kunlari Yoshlar ittifoqining ko’magi asosida mamlakatimiz yosh ijodkorlari Fransiyada o’tkazilgan 71- Kann xalqaro kinofestivalda ishtirok etib unda ilk bor O’zbekiston milliy paviloni tashkil qilindi. Tuman va shaharlarda Yosh targibotchilar guruhlari tuzilib,3530 ta MFY, 2260 ta tashkilotlarda 82ta fermer xo’jaligida, 103ta harbiy qismda, 2,4mingdan ortiq extiyojmand oilalardan xabar olindi.Muloqatlar 2650 dan ortiq muammolar ijrosi ta’minlandi. Download 133.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling