Mavzu: yoshlar ma`naviyatini yuksaltirishda prezidentimizning 5 ta muhim tashabbuslarining o`rni


Download 133.82 Kb.
bet2/10
Sana09.06.2023
Hajmi133.82 Kb.
#1466923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
YOSHLAR MA`NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA PREZIDENTIMIZNING 5 TA MUHIM TASHABBUSLARINING O`RNI.

Kurs ishining maqsadi: Ta’limning globallashuvi, innovatsion texnologiyalarning joriy etilayotgani, ayni paytda keng ko‘lamli axborotlar oqimi ta’lim mazmunini muntazam yangilab, takomillashtirib borish
Kurs ishining ob’ekti: pedagoglarga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish vazifasini amalga oshirish
Kurs ishining predmeti: sinfda intizomni mustahamlash metodikasining vazifasini mazmuni,shakli, vosita va metodlari.
Kurs ishining vazifalari:
1. Mavzuga doir tibbiy, pedagogik, psixologik adabiyotlarni taxlil qilish va umumlashtirish.
2. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish, kadrlar tayyorlashda yagona davlat talablari asosida o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, o‘quv-adabiyotlari bilan ta’minlash,
Tadqiqotning metodologik asoslari: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni,
“Oila kodeksi”, “Oila maktab, jamoatchilik hamkorligi Konsepsiyasi”, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7-fevral kungi farmoni bilan 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, Prezidentning malakali kadrlar tayyorlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga doir yondashuvlari, hukumat qarorlari va ilg’or tajribalar.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: tadqiqot jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorlikni ta’minlovchi tadqiqot natijalari tarbiyaviy ishlar metodikasi fanlari bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 3 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, jami sahifani tashkil qiladi.
1. Mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid islohotlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risidagi” farmonida belgilangan ustivor vazifalardan kelib chiqib, yetakchi yoshlar bilan o‘zaro munosabatni yo‘lga qo’yishni rejali tashkil etilmoqda, ya’ni: -yoshlar uchun o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan ba’zi mavjud tushunchalarni barqaror dasturlar orqali tushuntirishni amalga oshirish; -ko‘rgazmali tajribalar, laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulotlar, hozirgi zamon ishlab chiqarish yutuqlari negizida ta’sir etish;-ilmiy texnika yutuqlaridan keng foydalanish;-yoshlarni o‘ylashga, fikrlashga undab, ko‘proq munozaraga tortish;-yoshlarni vaqtni to‘g‘ri taqsimlashga o‘rgatish; -jihozlar, ko‘rsatmalar, texnik vositalardan samarali foydalanishlarga e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi “Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan bir qator tadqiqotlar bevosita yoshlar muammolariga qaratilmoqda.
Ma’lumki, yoshlarning shakllanishida tevarak-atrof, tashqi muhitning ta’siri kuchli bo‘ladi. Tashqi muhitning yoshlarga ta’siri rejalashtirilmagan, tartibsiz norasmiy ta’sir sifatida namoyon bo‘lsa, yetakchilarning yoshlarga ta’siri albatta ongli va rejalashtirilgan rasmiy munosabat tarzida amalga oshiriladi.
Yaqinda “Fermer xo’jaligini yuritish uchun er uchastkalarini berishda tanlov g’olibini aniqlash tartibi to’g’risida”gi nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Unga ko’ra, fermer bo’lish istagidagi yoshlar tender tanlovlarida ishtirok etish jarayonida Yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan qo’shimcha 10 ballga ega boladilar.
Yoshlar ittifoqitizimida “Yoshlar qabulxonasi” tashkil etilib fuqarolarning 38904 ta murojaati 9752ta yozma, 29152ta og’zaki ko’rib chiqildi. “Yosh vatandoshlar festivali” o’tkazilib 18ta davlatda istiqomat qilayotgan 56 nafar yosh vatandoshlar tashrif buyurdi.Xududlarda 281334 nafar yoshlar shuningdek 1480“Fidoiy yoshlar otryadi” tashkil etilib ishlarga jalb qilinib mehnat daftarchasiga ega bo’ldilar.
Yoshlar ittifoqining tashabbusi bilan yoshlarga 84,2mld so’mlik ist’emol va 313,9mld so’mlik ippoteka kreditlari ajratildi.
Yoshlar press klubi” tashkil qilindi 30 yaqin sessiyada yoshlar muammolari bilan bog’liq 100 ortiq masalalar muhokama qilindi.
Hozirgi pedagogika-psixologiya fanida yoshlarga ta’sir etadigan bevosita omillar bilan birgalikda yoshlarga ta’sir etishning jamoa guruhlari asosida yo‘lga qo‘yilishiga katta e’tibor berilmoqda. Yoshlar hayotini o‘rganish, yoshlarning yuqorida ko‘rsatilgan ta’sirlar bilan birga turli jamoa guruhlarida bo‘lishi va bu guruhlarning uning shakllanishiga ta’sir etishi beqiyos ekanligini ko‘rsatmoqda.
Ijtimoiy hamkorlik, hamjihatlik g’oyasi shu boisdan qadimiy ildizlarga va jamiyat hayotida katta ahamiyatga ega. Ushbu g’oyalar ustun bo’lgan jamiyatda tinchlik, totuvlik, mustahkam va barqaror taraqqiyot bo’ladi.
Bugungi kunda yoshlarni qiziqtirayotgan muhum masalalrdan biri bu – Yoshlar ittifoqi a’zosi qanday maqomga ega ekanligidir. Bu masala yoshlarning Yoshlar ittifoqiga mansublik menga nima beradi?” degan savolli bilan bog’liq.
Har bir shaxs farzand sifatida o’z oilasiga, ma’lum bir manzilda istiqomat qiluvchi sifatida o’z mahallasiga, o’quvchi yoki ushchi sifatida o’z korxonasi jamoasiga mansubdir.
Ushbu holatni Xitoy donishmandi; Syun-szi shunday deydi: “Insonlar baquvvatlik borasida ho’kizdan ojizlik qilib, chopqirlikdan otdan ortda qolsa-da, bu jonivorlarning har ikkisini ham o’ziga bo’ysundirib, ishlata biladi. Buning boisi nimada? Chunki insonlar ho’kiz va otdan farqli o’laroq hamjihatlikda yashash iqtidoriga egadirlar” deb o’z fikrlarini ifodalaydi.
Yoshlar qanday ijtimoiy foydali faoliyat bilan shug’ullanishlaridan qat’iy nazar,o’z manfaatlarini himoya qiluvchi, xohish – istaklarini ifodalovchi jamoaga yoki tashkilotga mansub bo’lishni xohlaydilar.
Yoshlar ittifoqi ushbu maqsadlarni o’zining turli xil tadbir va tanlovlari ordali amalga oshirmoqda.Tadbirlar orqali yoshlar hamjihat bo’ladi va shakllanadilar.Yoshlar ittifoqi faoliyatining asosi bo’lgan tadbirlarni qo’yidagi turlarga yoki yo’nalishlarga ajratish mumkin;
-sport musobaqalari; -seminarlar; -ekskursiyalar; -davra suhbatlari; -mavzuviy uchrashuvlar; -sahna ko’rinishlari;-to’garaklar;-viktorinalar; - intellektual o’yinlar; -loyihalar; -ko’rik-tanlovlar; -turli xil aksiyalar;-bayram tadbirlari ,-tantanali marosimlar.

Download 133.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling