Mavzu: yoshlar ma`naviyatini yuksaltirishda prezidentimizning 5 ta muhim tashabbuslarining o`rni


Bugungi kunda mafkuraviy tahdidlar va yoshlar ma’naviyatiga ta’sir qiluvchi omillarga qarshi kurashish


Download 133.82 Kb.
bet9/10
Sana09.06.2023
Hajmi133.82 Kb.
#1466923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
YOSHLAR MA`NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA PREZIDENTIMIZNING 5 TA MUHIM TASHABBUSLARINING O`RNI.

3. Bugungi kunda mafkuraviy tahdidlar va yoshlar ma’naviyatiga ta’sir qiluvchi omillarga qarshi kurashish.
Bugungi kunda yoshlar o‘zining ezgu niyatini baholashga jamoada o‘z o‘rnini belgilash nuqtai nazaridan yondoshadi, “O‘zim tanlagan mutaxassislikka yaroqlimanmi?” “Jonajon Respublikam,ota-onamga munosib farzand bo‘la olamanmi?, “Jamiyatning taraqqiyotiga o‘z ulushimni qo‘sha olamanmi?”degan savollarga javob qidiradi. O‘qituvchi unga juda ustalik, ziyraklik bilan yordam berishi, har bir mulohazasida pedagogik psixologik nazokatga rioya qilishi kerak, shunda o‘spirin yigit- qizlarda o‘z kuchiga va imkoniyatiga ishonch hissi paydo bo‘ladi.

As the driving force behind the social development of the human person needs the influence of objective factors, the ordinary people, the biological and physical (material) needs, the higher (spiritual) needs opportunities to meet their needs, as well as a set of relations between the states. Needs or create reasons for this activity. People looking for means and resources to meet their own needs. There are options to meet the needs of people happy. Otherwise, he will be unhappy to learn that the driving force. If moral education, and social development. Moral education and faulty human social breakdown and social benefit (theft, extremism, lies, fraud, etc.) face.Moral education to meet the needs of people looking for ways to communicate with people and to improve the quality of social.
These mutual influences aimed at the efficient use of power leading educational interaction to be successful in the.

Odam ijtimoiy rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch deb, kishi ehtiyojlari ta’sirida yuz beradigan ob’ektiv omillarni, odamlarning oddiy, biologik va jismoniy (moddiy) ehtiyojlaridan boshlab, oliy (ma’naviy va ruhiy) ehtiyojlariga qadar bo‘lgan ehtiyojlar majmui hamda ularni qondirish imkoniyatlari orasidagi munosabatlarga aytiladi.
Ehtiyojlar u yoki bu faoliyatning sabablarini vujudga keltiradi. O‘zining ehtiyojlarini qondirish uchun kishi vosita va manbalar qidiradi. Ehtiyojni qondirish imkoniyatlari mavjud bo‘lganda, kishi o‘zini baxtiyor his etadi.
Agar odamning axloqiy tarbiyasi to‘g‘ri bo‘lsa, u ijtimoiy rivojlanadi. Axloqiy tarbiyasi nosoz odamning ijtimoiy sifatlari nuray boshlaydi va ijtimoiy illat (o‘g‘rilik, nashavandlik, yolg‘on so‘z, firibgarlik va hokazo) larga duchor bo‘ladi. Axloqiy tarbiyasi yaxshi odam ehtiyojini qondirishning to‘g‘ri yo‘llarini izlaydi hamda odamlar bilan muloqotda bo‘lib, yaxshi ijtimoiy sifatlari takomillashib boradi.
Bunday o‘zaro ta’sirlardan paydo bo‘lgan kuchdan samarali foydalanish uchun yo‘naltirilgan tarbiyaviy ta’sirning muvaffaqiyatli bo‘lishi etakchi o‘rinni egallaydi.1



O‘smir o‘quvchida o‘zini anglash negizida o‘zini o‘zi tarbiyalash murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon hissi, o‘z qadr –qimmatini e’zozlash, sezish va fahmlashga moyillik istagi tug‘iladi va bu ishning vositalarini topish, ularni kundalik turmushga tadbiq qilish ehtiyoji vujudga keladi. Lekin o‘zlarining o‘zini o‘zi tarbiyalash psixologiyasidagi mavjud nuqsonlarga barham berishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Mafkuraviy tahdidlar va yoshlar ma’naviyatiga keyingi vaqtlarda salbiy ta’sir etayotgan illatlar va ularning kelib chiqishini o‘rganish maqsadida yoshlar ittifoqi tizimlari tomonidan muntazam ravishda reydlar, o‘rganishlar tashkil etilmoqda. Ushbu reydlar davomida yoshlar uchun zararli bo‘lgan turli oqimlar, qarashlar va ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilib chiqilmoqda. Bu esa ushbu illatlarga qarshi kurashishning aniq usullarini ishlab chiqish imkonini beryapti.
Bu borada O’zbekiston Respublikasida “Yoshlarga oid davlat dasturi”ning amalga oshirilishi ustuvor masalalardan biridir. Yoshlar va aholi,shuningdek uyushmagan yoshlar o’rtasida salbiy illatlarning oldini olish bo’yicha bir qator vazifalar amalga oshirilmoqda.
Yot g‘oyalarning kirib kelishi bitta qolipga sig‘maydigan, klassifikatsiyalab bo‘lmaydigan tahdid sanaladi. Aynan shu jihati bilan ham u boshqa usullarga nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi. Agar bugungi kunda kirib kelayotgan yot g‘oyalarni tahlil qiladigan bo‘lsak, ularning bir nechta qiyofasi mavjud ekanligiga guvoh bo‘lamiz.
Yoshlarning ma’naviy immunitetini kuchaytirishda ekskursiyalar va sayohatlarning o‘rni katta. Bu tajriba “Yoslar ittifoqi” faollari tomonidan bir necha yildan buyon muntazam ravishda qo‘llanib kelinmoqda.
Sayohatlar jarayonida yoshlar boy tariximiz, ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy meros bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi. Bizning galdagi vazifamiz, ushbu tizimni takomillashtirish, unda ishtirok etayotgan yoshlar ko‘lamini kengaytirishdan iborat bo‘lishi kerak. Bunda birinchi navbatda, hududning o‘zidagi qadamjolarga yoshlarning ekskursiyalarini tashkil etishga e’tibor qaratish kerak. Ekskursiyalar jarayonida qadamjo tarixi bilan yaxshi tanish bo‘lgan keksalar, mutaxassislar ishtirokida ochiq mashg‘ulotlar, suhbatlar tashkil etishda e’tibor qaratsak, bu sayohatlarning samarasi yuqori bo‘lad deb ishonamiz.
So‘nggi paytlarda yoshlar orasida narkobiznes, delekventlik, daydilik, ommaviy madaniyat,buzuqlik, tanalariga chizma, rasmlar solish, kabi salbiy holatlarni,g‘oyalarni ommalashtirishga bo‘lgan yoshlar ham uchraaydi. Bu g‘oyalarning ommalashishi millat genofondini buzish, sog‘lom avlodni voyaga etkazish jarayonini izdan chiqarishga olib kelishi hech kimga sir emas. Bu g‘oyalarning targ‘ib etilishida tadbirkorlik faoliyati olib borish maqsadida tashkil etilgan tungi klublar va restoranlar muhim o‘rin tutayotganligi achinarlidir. Yoshlar ittifoqi tomonidan Toshkent shahri va viloyatlarda bunday klublarni aniqlash yuzasidan reydlar o‘tkazildi. Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan 59 ta tungi klublar faoliyati o‘rganilganda, ularning 50 tasi tungi 22.00 dan tonggi 05.00 gacha ishlashi aniqlandi. O‘rganilgan muassasalardan ba’zilarida yopiq kechalar, klubning doimiy mijozlari uchun mo‘ljallangan bazmlar o‘tkazilishi aniqlandi.
“Yoshlar ittifoqi” markaziy kengashi tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida ajdodlarimizdan qolgan ma’naviy merosimizni keng targ‘ib etish, yoshlarimizni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularning milliy g‘oya ruhida Vatanga muhabbat, el-yurtga sadoqatli bo‘lib tarbiya topishlariga ko‘maklashish va ijtimoiy faolligini oshirish hamda chekka qishloqdagi yoshlar hayoti bilan yaqindan tanishish, ular faoliyatini tengdoshlariga ibrat qilib ko‘rsatish maqsadida “Biz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam bo‘lmaymiz ham” mavzuidagi yoshlar marafoni tashkil etilgan.
Mamlakatimizning 14 ta hududi bo‘ylab tashkil etilgan loyiha doirasida 150 ga yaqin sermazmun dasturlar, amaliy muloqotlar, davra suhbatlari, uchrashuv va madaniy tadbirlar tashkil etildi. Yoshlar marafoniga soha mutaxassislari, pedagog-psixologlar, yosh islomshunoslar, tarixchi va geograf olimlar jalb qilindi. Marafon yakunlari yuzasidan yoshlarimizning Vatanga bo‘lgan muhabbatlarini, o‘lkamiz tarixini, o‘zlikni anglash, hayotning qadriga etish, milliy qadriyat va an’analarimizni asrab avaylash borasidagi fikr va mulohazalarini, ularning orzu-o‘ylarini aks ettirgan 20 qismli maxsus film tayyorlanib, “O‘zbekiston” teleradiokanali orqali namoyish etildi.
Yoshlarning tarbiyasiga salbiy ta’sir solayotgan tahdidlar orasida din bilan bog‘liq bo‘lgan g‘oyalar alohida o‘rin tutadi. Bunday illatlarning oldini olish maqsadida yoshlar ittifoqi tizimlari tomonidan “Islom dini nima?”,“Islomda hijob”,“Siz nima deysiz?”,“Islomiy qarashlar”,“Diniy tasavvurlar”,“Aqidaparastlik nima?”,“E’tiqod va imondan adashmaylik” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda. Tadbirlar jarayonida yoshlarning bevosita shu soha mutaxassislari, ulamolar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga katta ahamiyat qaratyapmiz. Shuningdek, bu jarayonda Toshkent Islom universiteti talabalari kuchidan keng foydalanilmoqda.
XULOSA
Yoshlar o‘rtasida ekstremizm va missionerlikni oldini olish, shuningdek, Yoshlar ittifoqining ma’naviy-ma’rifiy sohadagi faoliyati samaradorligini oshirish hamda “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asari, “Ozbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati”ni, 2017-2020-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yonalishi bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”ni amalda ,ayniqsa yoshlar va uyushmagan yoshlar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida Yoshlar ittifoqining mahalliy va hududiy bo‘limi kengashlari tomonidan turli o‘quv seminarlari, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, Navoiy davlat pedagogika institutida “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarda Navoiy viloyatining tuman, shahar bo‘limi kengashlari, boshlang‘ich tashkilot etakchilari, Yoshlar ittifoqi faollari, madaniyat va sport ishlari bo‘limi boshliqlari, tuman milliy madaniyat markazi vakillari jami 350 nafardani ortiq ishtirokchilar qatnashdi..
Yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlarimizni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida targ‘ibotchilar uchun “Xalq bilan muloqat inson manfaatlari yili: mazmun va mohiyat” o’rganilmoqda.
Andijon davlat universiteti Pedagogika kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan amalga oshirilayotgan turli tadbirlar, uchrashuvlar va davra suhbatlari aynan shu illatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini yoshlar orasida tushuntirishga yo‘naltirilgan, “Diniy ekstremizm va terrorizm — tinchlik va taraqqiyot dushmani”, “Ogohlik davr talabi” va boshqa mavzularda davra suhbatlari o‘tkazildi. “Urf-odat va yoshlar” festivali” loyihasida yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlar yoshlarning barcha qatlamlarini qamrab oladi va “Milliy o‘yinlar” festivali, “Mahallam tarixini o‘rganaman”, “Tarixiy qadamjolarga sayohat”, “Eng yosh faol ma’naviyat targ‘ibotchisi”, “Uch avlod uchrashuvi”, “Qadriyat, urf-odat va an’ana”, “Biz siz bilan”, “Har bir yoshga bir nihol”, “Yozni “Kamalak” bilan” kabi yoshlar marafoni kabi loyihalar doirasida amalga oshiriladi.
Ushbu loyihalar yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, o‘zlarini mamlakat va jamiyatning ajralmas qismi sifatida his etishlariga xizmat qilishga qaratilgan.
2017-2018 yillar davomida ushbu yo‘nalishda 9 mingga yaqin tadbirlar tashkil qilindi, 330 ga yaqin metodik qo‘llanmalar, bukletlar, plakatlar tayyorlandi, mavzuga oid 850 ga yaqin maqolalar chop etildi. Shuningdek, respublika “Ma’naviyat targ‘ibot markazi” bilan hamkorlikda yoshlarni mafkuraviy xurujlardan asrash muammolari va echimlariga yo‘naltirilgan, yoshlar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish masalalariga bag‘ishlangan 5 ta kitob nashr etildi. O’tgan bir yil mobaynida yoshlar masalasiga oid 26ta qonun va qonun ostixujjat qabul qilindi.O’zbekiston Respublikasining 2ta qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2ta farmoni,4ta qarori,1ta farmoyishi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 14ta qarori va 3ta farmoyishi imzolandi.
Yoshlar ittifoqi tizimlari tomonidan tashkil etilgan “Harbiy sport oromgohi” loyihasi voyaga etmaganlar bilan olib boriladigan ishlar orasida katta ahamiyatga ega. Ushbu loyiha jarayonida barcha viloyatlarda suningdek Andijon viliyatida ham,IIB profilaktika hisobda turuvchi voyaga etmaganlar uchun maxsus oromgohlar tashkil etildi. Oromgohga jalb etilgan har bir voyaga etmagan yoshlar ittifoqi faollari va sardorlari nazoratiga biriktirildi. Ushbu oromgohlarga Andijon viloyati yoshlar ittifoqi kengashi a’zolari hamda Andijon davlat universiteti pedagogika kafedrasi katta o’qituvchisi F.Komilovalar oromgoh ishtirokchilari uchun reja asosida turli o‘quv mashg‘ulotlari, ma’naviy-ma’rifiy mashg’ulot vatadbirlar davra suhbatlari olibbordilar.Loyiha yakunida o‘zining ijobiy jihatlarini namoyon eta olgan 300 nafar voyaga etmagan bolalar IIB profilaktika hisobdan chiqarishga tavsiya etildi.
Binobarin, o‘quvchilarning didini, ma’naviy-ma’rifiy darajasini yuksaltirishga bugun nafaqat o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, turli badiiy kitoblar, markaziy nashrlarimiz, ommmaviy axborot vositalari ham birdek mas’uldirlar.
Yuqoridagilardan xulosa qilib o‘quvchilar uyushmasiga pedagogik rahbarlik, yuqorida qayd etilganidek, aksariyat holatlarda sinf rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli sinf rahbari guruhning umumiy hamda har bir a’zosining individual xususiyatlarini bilishi, ularni inobatga olgan holda jamoaga yondashishi zarur. Sinf rahbarining norasmiy liderlar va ularning shaxsi haqida to‘laqonli ma’lumotlarga ega bo‘lishi pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga yordam beradi.


Download 133.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling