Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 0.58 Mb.
bet15/84
Sana15.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679082
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84
Bog'liq
Mavzu yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari r-fayllar.org (1)

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosi qachon qabul qilindi?


  2. Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvining imlo qoidalari qachon tasdiqlandi?


  3. Asos va qo‘shimchalar imlosida nimalarga e’tibor qaratilgan?


  4. Qo‘shib va ajratib yozish imlosi haqida ma’lumot bering.


  5. Bo‘g‘in ko‘chirish imlosida nimalarga e’tibor qaratilgan?


  6. Chiziqcha bilan yozish qoidalarida nimalarga e’tibor qaratilgan?


  7. Bosh harflar imlosi haqida ma’lumot bering.




4-MA’RUZA
YOZMA NUTQ VA ORFOGRAFIYA TAMOYILLARI
Reja:
  1. Orfografiya va uning o‘rganish obyekti.


  2. Fonetik prinsip


  3. Fonematik prinsip


  4. Morfologik prinsip


  5. Tarixiy-an’anaviy prinsip


  6. Grafik prinsip


  7. Differensiatsiya prinsipi (simvolik prinsip).


8.Shakliy-an’anaviy va semantik-uslubiy prinsiplar.


Tayanch tushunchalar: Orfografiya, orfoepiya, tamoyil, fonetik tamoyil, morfologik tamoyil, tarixiy-an’anaviy tamoyil, differensiallash tamoyili, etimologik (grafik yoki shakliy) tamoyil
Orfografiya so‘zi yunon (grek) tilidan olingan bo‘lib, “to‘g‘ri yozish” degan ma’noni anglatadi. Orfografiya atamasi zamonaviy tilshunoslikda ikki ma’noda qo‘llaniladi: 1. Yozuvda so‘z va so‘z qismlarining to‘g‘ri yozilishini ta’minlaydigan qoidalar tizimi. 2. Tilshunoslikning yozma nutq qoidalari tizimini orgatuvchi bo‘lim.
O‘zbek tilshunosligida orfografiyaning dastlabki tadqiqi M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asariga borib taqaladi. M. Koshg‘ariydan keyin ulug‘ shoir va mutafakkir bobomiz A.Navoiy o‘zining “Muhokamatul-lug‘atayn” asarida bu sohaga oid nodir fikrlarni bayon etgan. Imlo masalalari qadimda qisman husnixat, til va adabiyot darslarida o‘rgatilgan bo‘lsa-da, bu borada qat’iy qoidalar tizimi, tamoyillar ishlab chiqilmagan. Bu soha bilan ko‘proq shoirlar, xattotlar va hujjatlar tayyorlovchi mirzolar yo‘l-yo‘lakay shug‘ullanganlar.
Imlo qoidalariga talab kitoblarini ko‘plab nashr etish, gazeta va jurnallarning paydo bo‘lishi bilan kuchaydi. O‘zbek tili orfografiyasi XIX asr oxiri XX asrning boshlariga kelib avval arab alifbosi, keyinroq lotin alifbosi va yana keyinroq kirill yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi bilan bo‘gliq imlo qoidalarining ishlab chiqilishi bilan takomillashib bordi.
Ma’lumki, tilda mavjud tovushlar bilan alifbodagi harflar miqdor va sifat jihatidan teng emas. Mana shu hol talaffuz va yozuvda o‘zgachalik bo‘lishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida orfografiya - imlo qoidalariga katta ehtiyoj tug‘diradi. Marhum professor X.D.Doniyorov o‘z vaqtida o‘zbek tili orfografiyasi to‘g‘risida shunday yozgan edi: “...o‘zbek orfografiyasida hali anchagina kamchiliklar va ba’zi chalkashliklar uchraydi. Bularga sabab bir tomondan, o‘zbek alfavitida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘lsa, ikkinchidan, orfografiyaning o‘z prinsiplarining, xususan, uning fonetik prinsipining va qo‘shma so‘zlar imlosining bo‘sh ishlanganligidadir. Orfoepiyaning ishlanmaganligi ham o‘z navbatida orfografiyada aks etadi”3.
Orfografiya adabiy tilining yozma shakli uchun xos bo‘lib, so‘zning asosi, unga qo‘shiladigan qo‘shimchalar, sodda, qo‘shma, juft, takroriy so‘zlarning qaytarzda yozilishi, kichik va bosh harflar, ularning ishlatilish o‘rinlari, so‘zlarning bo‘g‘inlarga bo‘linishi va ko‘chirilishi, qisqartma va ularning yozilish kabi qoidalarini o‘rganadi.
Orfografiya orfoepiya bilan ham uzviy bo‘gliqdir. Chunki nutq og‘zaki va yozma turlarga bo‘linadi. Og‘zaki nutq ba’zan yozma nutq bilan mos kelsa, ko‘pgina hollarda farq qiladi. Mana shu umumiylik va farqli jihatlarni yaxshi o‘zlashtirgan kishi adabiy til imkoniyatlaridan keng foydalanib, yozma nutqida imloviy, uslubiy va ishoraviy xatoliklarga imkon qadar yo‘l qo‘ymaydi. Masalan: talaffuzda ayttir va yozuvda ham shunday, talaffuzda ishtan, ammo yozuvda ishdan, talaffuzda kurakka va yozuvda ham shunday, talaffuzda borayapman, ammo yozuvda boryapman va h.k. So‘zlarning mana shunday talaffuz etilishi va turlicha yozilishi tilshunoslikda ma’lum tamoyillar va qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Orfografiya prinsiplari imlo qoidalarining tuzilishiga asos bo‘lgan tamoyillardir. Orfografiyaning fonetik, fonematik, morfologik, tarixiy-an’anaviy, differensiatsiya, shakliy-an’anaviy kabi tamoyillariga tayanilgan holda so‘zlar va so‘z shakllarini to‘g‘ri yozish qoidalashtiriladi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling