Fonematik prinsip - harflarning (yoki grafemalarning) so‘z tarkibidagi fonemalarga moslab tanlanishidir. Chunonchi, kitob, omad so‘zlarining oxiridagi b va d fonemalari jarangsiz p (kitop) va jarangsiz t (omat) tarzida talaffuz qilinsa-da, fonemaning asosiy ottenkasiga mos ravishda b (kitob) va d (omad) harflari bilan yoziladi.
O‘zbek tilshunosligida “fonematik prinsip” tushunchasi XX asming oxirrog‘ida qo‘llana boshlandi, bungacha u morfologik prinsip bilan bir hodisa sifatida izohlanib kelingan.4
Morfologik prinsip - so‘zlarni qanday talaffuz etilishidan qat’i nazar asliga ko‘ra, qoidaga binoan yozish tamoyilidir. Bu tamoyilga binoan so‘zlarning talaffuzi bilan yozilishi bir-biriga mos kelmaydi. Masalan: maktabga (yozuvda) - maktapka (talaffuzda), aytgan (yozuvda) - aytkan (talaffuzda), ishga (yozuvda) - ishka (talaffuzda) kabi.
Qo‘shma so‘zlar, juft so‘zlar (ko‘m-ko‘k, qip-qizil kabi sifatlar, har vaqt kabi) o‘zbek tili orfografiyasining morfologik tamoyiliga binoan yoziladi.
Tarixiy-an’anaviy prinsip - so‘zlarni yoki so‘z shakllarini qadimdan odat bo‘lib qolgan shaklda yoki an’anaga mos shaklda yozish qoidasidir. Sodda qilib aytganda, bu tamoyilga binoan so‘zlar hozirgi holatiga ko‘ra emas, yozma nutqda an’anaga aylangan qoidalarga asosan yoziladi:
Bas, yetar, cholg‘uvchi, bas qil sozingni.
Bas, yetar ko‘ksimga urmagil hanjar... (A. Oripov)
Bu tamoyilga asosan maqsad ravishdoshi -gani o‘rnida -gali, -g‘ali, -qali, - kali, hozirgi-kelasi zamon sifatdoshi -r, -ar o‘rnida -ur, chiqish kelishigi -dan shakli -din, so‘roq yuklamasi -mi o‘rnida -mu shaklida, sifatdoshning -gan shakli o‘rnida - g‘on, qo‘shimchalari qo‘llaniladi.
Shakliy-an’anaviy (grafik) prinsip. Bu tamoyil o‘zlashma so‘zlarning asosiy shakliga (u tilda qanday bo‘lsa, o‘zbek tilida ham shunday yozilishi) muvofiq yozilishini nazarda tutadi. Ma’lumki, sof o‘zbekcha so‘z boshida ikki undosh tovush, so‘z o‘rtasida ikki unli tovush qator qo‘llanmagan. O‘zlashgan so‘zlarda bunday hol ko‘p uchraydi: shturm, drama, stol, prokuror, traktor, zoologiya, biologiya, fikr, zikr, aql, mashq kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |